1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Media-rejalashtirish (inglizcha “media planning”)



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Media-rejalashtirish (inglizcha “media planning”)
– axborot kampaniyasi 
rejasini tuzish, materialni joylashtirish uchun OAV va boshqa media-maydonlarni 
tanlashdir. To‘g‘ri media-rejalashtirish xabarning kerakli auditoriyaga yetib borishi 
uchun imkoniyat yaratadi. media-maydonni va namoyish vaqtini oqilona tanlash 
xabar qanday auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lsa, aynan shu auditoriya uni ko‘rishi va 


234 
eshitishi uchun garov bo‘ladi. Media-rejalashtirish OAVni tanlash, axborot 
kampaniyasi bosqichlarini vaqt nuqtai nazaridan rejalashtirishni o‘z ichiga oladi. 
Odatda, media-reja jadval ko‘rinishida tuziladi. Jadvalda media-maydon, xabarning 
turi (maqola, audio-video rolik, banner va hokazo), chiqarilish kuni, necha marta 
chiqarilishi, xronometraj (teleradio xabarlari uchun), betlar soni (gazeta, jurnallar 
uchun) ko‘rsatiladi. Bunday jadval shakli ehtiyojdan kelib chiqqan holda ishlab 
chiqilishi mumkin. Shunday qilib, media-rejalashtirishda asosiy negizlari sifatida 
maqsadlarni shakllantirish, faoliyat strategiyasi va taktikasini tanlashni ko‘rsatish 
mumkin. 
Qo‘yilgan maqsadlarning turiga qarab, strategik, taktik va tezkor media-rejani 
ishlab chiqiladi. 
Reklama amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, taktik va tezkor media-rejani amalga 
oshirishi, ya’ni o‘z oldiga o‘rta muddatli (bir yilga) va qisqa muddatli (hafta, oy, 
chorak) maqsadlarni qo‘yishi mumkin. 
Media-rejalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

media- kampaniyasining maqsad va vazifalarini aniqlab olish; 

maqsadli auditoriyani belgilash; 

axborot tarqatishning eng maqbul kanallari va usullarini izlash, shu 
jumladan, OAV reytingini tahlil qilish: umumiy qamrov, ko‘zlangan auditoriyani 
keng qamrab olish; 

media-rejani tuzish; 

media-reja byudjetini tuzish va asoslab berish; 

media-reja samaradorligini hisoblab chiqish. 
Media-rejalashtirish media-kanallarni tadqiq etish orqali amalga oshadi. 
Media-tadqiqotlar sotsiologik tadqiqotlar orqali amalga oshiriladi va bunda so‘rov 
o‘tkazish va ularning tanlov ehtimoli muhim ahamiyatga ega.
Media- tadqiqotlar quyidagicha tasniflanadi: 
Davriyligiga ko‘ra: 
– bir marotabalik 
(media- tadqiqotlar rejalashtirilgan davrda bir marotaba 
o‘tkaziladi);

davriy
(media- tadqiqotlar davriy ravishda, yoki ba’zi hollarda bir marotaba 
yoki bir necha marotaba o‘tkaziladi); 

uzluksiz 
(media- tadqiqotlar rejalashtirilgan davr mobaynida doimiy ravishda 
o‘tkazilib boriladi. Bu bir necha oydan bir necha yilgacha cho‘zilishi mumkin). 
Ma’lumot to‘plash shakliga ko‘ra


so‘rov orqali
(respondentlardan intervyu, anketa, 
so‘rovlar 
o‘tkazish orqali 
o‘tkaziladi. Bunda tadqiqot o‘tkazuvchi sifatida intervyu oluvchi qatnashadi);

apparatli
(intervyu oluvchi
 
ishtirokisiz respondentlardan zarur ma’lumotlar 
olinadi).
Davomiyliliga ko‘ra

– 
panel tadqiqotlar 
(doimiy respondentlardan ma’lum davr mobaynida 
muntazam ravishda so‘rovlar o‘tkazib turiladi);
– 
tanaffusli tadqiqotlar
(so‘rovlarda har safar yangi respondentlar ishtirok 
etadilar). 



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish