1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik korxonaning kommunikatsion siyosati



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Turistik korxonaning kommunikatsion siyosati
– korxonaga bozordan kelib 
tushayotgan axborotlarni qayta ishlash va zaruriy axborotlarni shakllantirishdan 
iborat. Kommunikatsiya dasturi siljitish majmuidan iborat bo‘lib, reklama, shaxsiy 
sotish, sotishni rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalarni o‘z ichiga oladi (9.1-
rasm). 
 
9.1-rasm.
 
Turistik korxonaning kommunikatsiya kompleksi elementlari 
Turistik korxonaning kommunikatsiya kompleksi axborotlarni uzatish, qabul 
qilish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu axborotlar kelgusida iste’molchilar, 
vositachilar va ta’minotchilar bilan uzviy aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi. 
Turistik korxonaning kommunikatsiya siyosati reklama, shaxsiy sotish, 
jamoatchilik bilan aloqalar va sotishni rag‘batlantirishning o‘ziga xos majmuini 
tashkil etadi. Ushbu kommunikatsiya kompleksi kelgusida turistik korxonaning 
reklama va marketing maqsadlariga erishishga qaratiladi. 
Kommunikatsiya siyosatining asosiy maqsadi– kommunikatsiyani amalga 
oshirish usullari va uslublarini ishlab chiqish, amaliyotda naniq va ishonchsiz bo‘lgan 
kommunikatsiya kanallarini aniqlash va ulardan voz kechish orqali korxonaning 
maqsadga erishishiga ko‘maklashishdir. 
Turistik korxonaning kommunikativ siyosati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Turistik korxonaning kommunikatsiya kompleksi
Shaxsiy 
kommunikatsiya
to‘g‘ridan-
to‘g‘ri 
marketing
Shaxsiy bo‘lmagan 
kommunikatsiya
PR
Reklama
Sotishni rag‘batlantirish, 
merchendayzing, va shaxsiy 
sotish


230 

kommunikatsiyani amalga oshirish uchun maqsadli auditoriyani aniqlash va 
tahlili qilish; 

samarali va muhim afzalliklarga ega hisoblangan kommunikatsiya vositalari 
va usullarini tanlash; 

kommunikatsiya kanallarini aniqlash; 

har bir kommunikatsiya vositalarining xususiyatlarini aniqlash; 

kommunikatsiya strategiyasini rejalashtirish; 

kommunikatsiya byudjetini aniqlash (qat’iy foiz usuli, foydadan ulush, 
kelgusi davr harajatlariga kiritish va boshqalar). 
Kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish uzoq vaqt va katta hajmdagi 
ishdan iborat bo‘lsada, “strategiyasiz erishilgan natija”ga nisbatan qator afzalliklarga 
ega: 

kommunikatsiya strategiyasini qo‘llash natijasida taktik vazifalarning 
aniqligi ortadi va umumiy kommunikatsiya imkoniyati ortadi. natijada taktik 
vazifalar doimiy ravishda maqsadli amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. 

sotuvlar to‘g‘risida aniq axborotlar to‘plash mumkin bo‘ladi. Ushbu 
axborotlardan harid jarayonining turli bosqichlarida maqsadli auditoriga ta’sir 
ko‘rsatish mumkin; 

taktik rejalashtirish va kommunikatsiya vositalarining qo‘llanilish va 
tezkorligini ta’minlaydi; 

marketing 
kommunikatsiyalarining 
integratsiyalashuvini 
ta’minlaydi, 
natijada vaqt va pul mablag‘lari, ortiqcha mehnatdan xalos etadi; 

tovar va xizmatlarni birgalikda siljitish va sotish bo‘yicha hamkorlik qilish 
imkoniyati yaratiladi; 

integratsiyalashgan marketing tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Kommunikatsiya 
strategiyasining 
asosiy 
komponentlari 
mahsulot, 
bozor(iste’molchilar), raqobat ustunligi, faoliyat ko‘lami, strategik maqsad, resurslar 
va vaqtni o‘z ichiga oladi. 
Kommunikatsiya strategiyasining asosiy komponentlari turli tadqiqotchilar 
tomonidan turlicha tariflanadi va ularning o‘rtasida bugungi kunga qadar ham 
ziddiyatlar 
mavjud. 
An’anaviy 
kommunikatsiya 
strategiyasining 
asosiy 
komponentlari aosiy kommunikatsiya vositalari bo‘lmish reklama, PR, sotishni 
rag‘batlantirishdan iborat. Ammo, strategik menejment va marketing nuqtai 
nazaridan olib qaraganimizda har qanday strategiyaning asosiy elementlari kelgusida 
iste’molchilarga differensiallashgan naflikni ta’minlashga xizmat qilishi kerak. 
Shuning uchun iste’molchilar nafliligi yuqoridagi kommunikatsiya vositalari bilan bir 
qatorda integratsiya, ijtimoiy naflilik, vaqtga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Turizm marketingida kommunikatsiya strategiyasining asosiy tarkibi 9.1-
jadvalda keltirilgan. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish