1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 
Nazorat uchun savollar 
1.
Brend deganda nimani tushunasiz? 
2.
Brendlarning tasniflanishini tushuntirib bering 
3.
Brend tuzilmasini ishlab chiqish qanday amalga oshiriladi? 
4.
Brend-neyming va uning bosqichlari qaysilar? 
5.
Brending texnologiyasi qanday bosqichlardan iborat? 
6.
Marketing amaliyotida brend qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi? 
7.
Brendni yaratish bosqichlarini aytib bering 
8.
Brendning marketing kommunikatsiyasi sifatida asosiy vazifalari 
nimalardan iborat? 
9.
Turistik brend nima? 
10.
Turistik brendingning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
11.
Samarali brending qanday omillarga bog‘liq? 
12.
Brendingning 
marketing 
kommunikatsiyasini 
shakllantirishdagi 
ahamiyatini tushuntiring. 
 


228 
9- BOB. TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYASINING 
KOMPLEKS STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH 
Reja: 
9.1. Turizm industriyasida kommunikatsion siyosatni shakllantirish 
9.2. Media-rejalashtirish 
9.3. Kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish bosqichlari 
9.4. Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish, baholash va 
boshqarish 
 
 
 
 
9.1. Turizm industriyasida kommunikatsion siyosatni shakllantirish 
Turistik 
korxonalarning 
kommunikatsiya 
siyosati 
iste’molchilarga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, uning muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Marketing 
konsepsiyasining zaminida turistik korxonalarning maqsadli bozor ehtiyoj va 
zaruratlarini 
to‘liq qondirishga erishish va raqobat kurashida o‘zining 
raqobatbardoshligini saqlab qolishga qaratilgan tadbirlar yotadi. 
Zamonaviy marketing konsepsiyasi raqobat qobiliyatini saqlab qolish eng 
avvalo kommunikatsion siyosatni shakllantirish zarurligini ko‘rsatib bermoqda. 
Bugungi kunda turistik korxonalarning yagona kommunikatsion siyosatining 
shakllantirilmaganligi iste’molchilar va vositachilar bilan o‘rnatiladigan o‘zaro 
aloqalarning noaniqligiga olib keladi. 
Turistik korxonalarda kommunikatsiya siyosatini shakllantirish bilan bog‘liq 
ilmiy izlanishlar mamlakatimiz va ko‘plab xorij olimlari tomonidan keng tadqiq 
qilingan. Ushbu olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, turistik korxonalar 
bugungi kunda zamonaviy marketing konsepsiyasi asosida faoliyat olib borishlari 
zarur. Ularda kommunikatsiya faoliyatining samarasiz yakunlanayotganligi sababi 
aynan kommunikatsion siyosatning to‘g‘ri shakllantirilmaganligi, mijozlar va 
vositachilar bilan uzviy aloqalarning o‘rnatilmaganligidir. Shu bois, nafaqat turistik 
korxonalar, 
balki 
mehmonxonalarda 
ham 
kommunikatsion 
siyosatni 
shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish, shu asosda ularning 
kommunikatsiya siyosatini shakllantirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Kommunikatsion 
siyosat 
marketing 
kommunikatsiyasi 
vositalaridan 
muvofiqlashgan holda foydalanish rejasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi tovar va 
xizmatlar harakati va ularni siljitishdir. Zamonaviy turistik korxonalarda murakkab 
aloqalar majmui mavjud bo‘lib, vositachilar, ta’minotchilar, iste’molchilar, 
turagentlar, ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha sub’ektlarini qamrab oladi. 
Ularning har biri boshqa sub’ektlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, teskari aloqa tamoyili 
asosida muayyan guruhlarni shakllantiradi. 
Turistik korxonaning kommunikatsiya siyosati maqsadga yo‘naltirilganligiga 
qarab ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

turistik mahsulotni yaratish, takomillashtirish va unga nisbatan bozorning 
reaksiyasini 
aniqlashga 
qaratilgan 
kommunikatsiya 
siyosati. 
Bu 
turdagi 


229 
kommunikatsiya siyosati birinchi navbatda mavjud talabdan oqilona foydalanishni 
ko‘zda tutuvchi turistik korxonalar uchun zarur bo‘lib, barcha ishtirokchilarning 
samarali aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi. 

turistik mahsulotni hayotiylik davrining qaysi bosqichdaligidan qat’iy nazar 
siljitishga qaratilgan kommunikatsiya siyosati. bunday siyosat birinchi navbatda 
turistik korxona ixtiyorida mavjud bo‘lgan va bozorda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan turistik mahsulotni siljitishga qaratiladi. Bunda asosiy e’tibor potensial 
mijozlarni imkon qadar ushlab turish, ularga tovar haqida tez-tez eslatib turish va 
takroriy harid qilishga undashga qaratiladi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish