1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 
 


123 
5- BOB. MARKETING KOMMUNIKATSIYASIDA SHAXSIY SOTISH 
Reja 
5.1. Shaxsiy sotish marketing kommunikatsiyasi dastagi sifatida 
5.2 Shaxsiy sotish jarayoni va turlari 
5.3. Firmada shaxsiy sotishni tashkil qilish 
5.4. Turizm industriyasida shaxsiy sotishning o‘ziga xos tamoyillari 
5.1. Shaxsiy sotish marketing kommunikatsiyasi dastagi sifatida 
XXI asr marketing kommunikatsiyasida yangi yo‘nalishlar va ularning nazariy-
amaliy jihatlari keng yoritilishi bilan diqqatga sazovor. Bu yo‘nalishlardan asosiysi
integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari deb nomlanib, D. Shuls, S. 
Tannenbaum va R. Lauterborn tomonidan amaliyotga kiritildi [15,36].
An’anaviy marketing kommunikatsiyasi tizimi reklama, jamoatchilik bilan 
aloqalar yoki “public relations” (PR), direkt-marketing (“direct marketing”), shaxsiy 
sotish yoki “personal selling” (PS), sotishni rag‘batlantirish yoki sales promotion 
(SP)dan iborat. Ayrim marketologlar ular safini yana siljitishning kompleks shakllari 
(ko‘rgazma, yarmarka, sotuvchilarni o‘qitish, homiylik, qadoqlash) bilan 
kengaytirishni taklif qiladilar.
An’anaviy 
siljitish 
tizimida 
yuqorida 
sanab 
o‘tilgan 
marketing 
kommunikatsiyasi elementlari bir-biridan alohida harakat qiladi. Ammo bugungi 
kunda, integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyasi tizimi ularning bir-birini 
to‘ldirishini va ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirilishini ko‘zda tutadi. 
Shu bilan birga, marketingda tovar va xizmatlarni siljitishning samarali dastagi 
mavjud bo‘lib, firma foydasini oshirish maqsadida iste’molchilar bilan yuzma-yuz 
aloqa o‘rnatish hisoblanadi.
Marketing kommunikatsiyasida yuzma-yuz aloqa o‘rnatishning ahamiyati 
kundan-kunga oshib bormoqda. Ilgari bunday usul odatda sanoat tovarlarini 
siljitishda ko‘proq qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda aksariyat tovar va 
xizmatlarning sotuv jarayoni aynan yakuniy iste’molchi bilan yuzma-yuz amalga 
oshirilmoqda [8,237]. 
Bugungi kunda iste’molchilar, ularning harid qobiliyati va xususiyati bilan 
bog‘liq barcha axborotga o‘z vaqtida ega bo‘lish firmalarning tezda vaziyatga 
moslashishini ta’minlaydi. Direkt-marketing tovarlarni turli vositalar, ya’ni pochta, 
telefon, faks, matbuot elektron pochta, Internet orqali sotishga asoslangan. Direkt-
marketing usullari axborot uzatishning bir qancha usullarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, 
bir vaqtning o‘zida tovarlarni tarqatish kanali hamdir. 
Shaxsiy sotish – marketing kommunikatsiyasi elementi bo‘lib, reklamadan 
farqli ravishda dialog orqali amalga oshadi va harid chog‘ida ro‘y beradi. Bu esa 
uning direkt-marketing qatori o‘ziga xos jihat va afzalliklarga ega ekanligidan dalolat 
beradi.


124 
Shaxsiy sotishning ko‘plab ta’riflari mavjud bo‘lib, quyida ularning ayrimlari 
keltirilgan: 
­
shaxsiy sotish – marketing kommunikatsiyasi siyosatining muhim elementi 
hisoblanib, suhbat jarayonida amalga oshiriladi va harid chog‘ida ro‘y beradi. 
­
shaxsiy sotish – siljitishning zamonaviy turi bo‘lib, sotuvchilarning 
iste’molchilar bilan yuzma-yuz aloqa o‘rnatishini ko‘zda tutadi. Bunda sotuvchi 
tovarning iste’mol xossalari to‘g‘risida iste’molchiga og‘zaki nutq orqali ma’lumot 
beradi va birgalikda harid, oldi-sotdi to‘g‘risidagi qaror qabul qilishni amalga 
oshiradi; 
­
shaxsiy sotish – tovarni sotish maqsadida bir yoki bir nechta potensial 
haridorlar bilan shaxsiy aloqa o‘rnatishdir; 
­
shaxsiy sotish – tovar va xizmatlarni siljitishning ma’lum qismi hisoblanib, 
bevosita harid chog‘ida amalga oshadi va tovarning sotilishi, shuningdek 
iste’molchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatishni ta’minlaydi; 
­
shaxsiy sotish – firma yoki kompaniya vakilining tovar yoki xizmatlarni 
potensial haridorlarga bevosita namoyish qilishidir.
Yuqoridagi ta’riflar shaxsiy sotishning boshqa marketing kommunikatsiya 
vositalaridan farqli jihatlarini namoyon etadi. Shaxsiy sotish bevosita aloqa o‘rnatishi 
bilan direkt-marketingdan farq qiladi. Shaxsiy sotish jarayonida axborotlar shaxsan 
yetkazilganligi bois, teskari aloqa o‘sha zahoti ro‘y beradi. Tegishli o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar esa bevosita muloqot jarayonida amalga oshadi. 
Shaxsiy sotish jarayonida barcha axborotlar shaxsiy xususiyatga ega bo‘ladi. 
Shaxsiy sotish marketing kommunikatsiyasining boshqa elementlaridan ikki jihati 
bilan farq qiladi. Birinchidan, sotish bilan bog‘liq barcha muammo va amalga 
oshiriladigan vazifalar. Sotish jarayonida sotuvchi va haridor o‘rtasidagi munosabatni 
shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Masalan, reklamada asosiy vazifa reklama 
murojaatini yaratish hisoblanadi. Ikkinchidan, marketing bo‘limi va bo‘linmalariga 
ega yirik firmalarda ham sotuvchilar firmaning boshqa marketing kommunikatsiya 
sohasidan ajralgan xolda faoliyat yuritadi. 
Shaxsiy sotishning eng muhim elementlari professionalizm, suhbatlarni olib 
borish va hamkorlik munosabatlari o‘rnatishdir. 
Harid jarayonining ayrim bosqichlarida, ayniqsa haridorlarni ishontirish va 
tovarning afzalligini ko‘rsata olish, shuningdek, oldi-sotdi jarayonida shaxsiy sotish 
eng samarali usul hisoblanadi. 



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish