1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-jadval  Iste’molchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan usullarning afzallik va



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

4.5-jadval 
Iste’molchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan usullarning afzallik va 
kamchiliklari
Promo-
aksiya 
turlari 
Maqsadi 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
Kupon 
Talabni rag‘batlash 
Chakana savdo 
faoliyatini 
rag‘batlantiradi va 
hamkorlikni ta’minlaydi 
Iste’molchilar tovar 
harid qilishni rad etishi 
mumkin 
Narx 
chegirmalari 
Sinov tariqasidagi 
haridlar miqdorini 
oshiradi va raqiblardan 
o‘zib ketishga imkon 
yaratadi. 
Iste’molchilarning 
notanish bo‘lgan tovarga 
ortiqcha sarf-harajat 
qilish lari bilan bog‘liq 
tavakkalchilikni 
kamaytiradi 
Iste’molchilar tovar 
haridini rad etishi 
mumkin, bunda 
tovarning qadrliligi va 
nufuzi pasayadi 
Mukofotlar 
Tovarga ijobiy 
munosabat shakllanadi 
Iste’molchilar berul tovar 
harid qilishni yoki sovg‘a 
olishni yoqtiradilar 
Iste’molchilar 
tovarlarni faqatgina 
mukofot uchun harid 
qiladilar 
Konkurs 
Tovar haridi miqdorini 
oshiradi 
Maqsadli auditoriyaning 
tovarga bo‘lgan 
qiziqishini oshiradi 
Iste’molchilardan 
muayyan bilim va 
malakalar talab qiladi 
Lotereya 
o‘yinlari 
Iste’molchilarning 
tovarga sodiqligining 
ortishiga olib keladi 
Iste’molchilar tovarlarni 
tez-tez yoki katta 
miqdorda harid qiladi 
Lotereya o‘yinlari 
yakunlangaya, talab 
pasayib ketadi 


113 
4.5-jadval (davomi) 
Sempling 
Yangi tovarni sinab 
ko‘rish(tatib 
ko‘rish)ni 
rag‘batlash 
Iste’molchilarning notanish 
bo‘lgan tovarga ortiqcha sarf-
harajat qilish lari bilan 
bog‘liq tavakkalchilikni 
kamaytiradi 
Ma’lum miqdorda 
oriqcha harajatlarni 
talab qiladi 
Sodiqlik 
dasturlari 
Takroriy haridlarni 
rag‘batlantirish 
Iste’molchilarning savdo 
belgisiga yoki tovar brendiga 
moyilligini oshiradi 
Ma’lum miqdorda 
oriqcha harajatlarni 
talab qiladi 
Savdo 
summasini 
qaytarib 
berish 
Haridni rag‘batlash 
va sotuvning 
pasayishini bartaraf 
etish 
Talabni samarali 
rag‘batlantiradi 
Raqiblar tomonidan 
tezda o‘zlashtirib 
olinishi mumkin, shu 
bois tovarning 
qadrliligi va nufuzi 
pasayadi 
Promoushn-aksiyalarning samaradorligi quyidagi uch omilga bog‘liq: 
1. Insonlar. Samarali promoushn – aksiya uni kim o‘tkazishiga bog‘liq. 
Ko‘pchilik xollarda mashhur reklama agentliklarida tajribasiz va insofsiz xodimlar 
faoliyat yuritadilar. Shu bois firmalar reklamaga agentliklariga murojaat qilishda 
sohani yaxshi tushunadigan tanishlar orttirishi foydadan holi bo‘lmaydi. 
2. G‘oyalar. Samarali promo-aksiyalar mukammal g‘oya va puxta ishlangan 
promoushn-aksiya strategiyasiga bog‘liq. Promo-aksiya uchun taklif ishlab chiqarish 
ma’lum vaqt talab etadi. Mijozlarga ushbu taklifni namoyish qilishga tayyorgarlik 
ishlari kamida 2 - 3 kundan 2-3 hafta vaqt talab etadi. 
3. Ijro. Promoushn-aksiyalarning samaradorligi promouterlar va uni nazorat 
qilishga bog‘liq. 
Promouterlar (ingliz tilida promote “siljitish, jadallashtirish, muvaffaqiyat 
qozonishi uchun yordam ko‘rsatmoq”) – tovarlar reklamasi bilan shug‘ullanuvchi 
doimiy shaxs yoki guruh.
Promouterlar – firmaning reklama yoki maxsus tabirlarini o‘tkazishda 
moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qiluvchi va firma reytingini oshirishga 
ko‘maklashuvchi shaxs. 
Promouterlar – turli tadbir va bayram kechalarini o‘tkazuvchi va ushbu tadbir 
tashkilotchilarini reklama qiluvchi shaxslar. 
Nazariy jihatdan olib qaraganda har qanday shaxs promouterlik bilan 
shug‘ullanishi mumkin. Ammo jamoatchilik, notiqlik va marketing sohasiga oid 
bilim va malakaga ega shaxslar bugungi kunda promouterlikka eng ko‘p talab 
qilinadigan kishilardir. 
Amaliyotda promouterlarni Promo-girl – sotishni rag‘batlantirish tadbirlariga 
jalb etiladigan qizlar va promouter yigit(Promo-men)larga ajratishimiz mumkin. 
Promouter qizlar (Promo-girl) xorijiy mamlakatlarda ko‘proq jalb etilib, ularning 
faoliyati har bir soat uchun 10-50 AQSH dollarini tashkil etadi. Promouter 
yigitlar(Promo-men)lar qizlarga qaraganda ham ko‘proq maoshga ega bo‘lgan 
shaxslar hisoblanib, aksariyat sport musobaqalari, qimmatbaho kosmetika tovarlari va 


114 
kiyim-kechaklar modellarini namoyish qilishga jalb qilinadi. Ularning aksariyati 
talabalardan iborat. Ammo ayrim kompaniyalar sotishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq 
tadbirlarga soha mutaxassislarini masalan, stomatologlar, veterinarlar, diyetologlar, 
geograflar, maishiy texnika buyumlari bo‘yicha maslahatchilar, dizayner va 
boshqalarni ham jalb etishadi. 
Har bir promouterning o‘z ixtisosligi va maoshi mavjud. Promo- aksiyalarni 
tayyorlash davomida ularni qaysi promouter o‘tkazishi aniq belgilab olinadi. 
Umumiy olganda barcha promouterlarni quyidagi toifalarga bo‘lish mumkin: 

 

varaqa tarqatuvchilar”
– eng ko‘p va eng arzon promouterlardir. Ularni 
chorrahalarda, bekatlarda va yirik magazinlarda uchratish mumkin. 

 

chorlovchilar”
– oldindan tayyorlangan ssenariy bo‘yicha ishlovchi, 
tovarlar haqida shu zahotiyoq xabar beruvchi promouterlar. Ular tovarlarni tomosha 
qilish, tekshirib ko‘rish va sotib olishga qo‘yarda-qo‘ymay (zo‘rlab) chaqirib 
keladilar. 
“Chorlovchi promouterlarni asosan ko‘chma aksiyalarda va 
harakatlanuvchi vositalarda uchratishimiz mumkin; 

 
“xabarchi”
– iste’molchilar bilan ishlashga maxsus tayyorlangan, 
tovarlarning iste’mol xususiyati, funksional, texnik, estetik va erganomik xossalarini 
yaxshi ajrata oladigan malakali promouterlardir. Ularning asosiy maqsadi 
iste’molchilarni tovarlarning mukammal tijorat taklifi bilan tanishtirish (masalan, 
Lipton mevali choyi sovutilgan holda ichishga eng maqbul tanlov va boshqalar.); 

 
“doimiy promouterlar” –ma’lum firma yoki brendning harakatdagi guruhi 
a’zosi hisoblanadi. Ular universal va yuqori maosh oluvchi promouterlar bo‘lib, 
doimiy maosh va turli mukofotlar oladi. 
Promouterlarga qo‘yiladigan talablar 
1.
Ishni o‘z vaqtida boshlashi va tugallashi. 
2.
Namoyish qilayotgan tovarning tarkibi, xususiyati, fizik, estetik, texnik va 
funksional xossalarini yaxshi bilishligi. 
3.
Iste’molchiga degustatsiya uchun mo‘ljallangan mahsulot to‘g‘risida 
ishonchli va to‘la-to‘kis ma’lumot berish. 
4.
Iste’molchiga tatib ko‘rilayotgan mahsulotning ma’lum afzalliklarga ega 
ekanligiga ishontira olish. 
5.
O‘z mahsulotini namoyish qilish chog‘ida raqib tovar bilan o‘zaro umumiy 
bo‘lgan afzallik va ayrim kamchiliklarni keltirib o‘tishi. 
6.
Iste’molchilar bilan muloqot chog‘ida juda ehtiyotkor bo‘lish. 
7.
Turli reklama materiallari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim (displey, 
varaqalar, voblerlar, bayroqchalar, marjonlar). 
8.
Marketing tadqiqotlari uchun har bir iste’molchidan anketa to‘ldirib borish. 
9.
O‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni firma marketing 
bo‘limiga taqdim qilib borish. 
10.
Savdo nuqtalari va magazin vitrinalarida tovarlarning doimiy mavjud 
bo‘lishini nazorat qilib turish. 
11.
Tadbirlar o‘tkazilishi davomida ish qurollari va jihozlarini toza va 
buzilmagan holda saqlanishini ta’minlash. 
12.
Ish joyi va kiyimlarni toza saqlash. 


115 
13.
Degustatsiya va sempling o‘tkazish chog‘ida tovar namunalarini kesish, 
quyish va tarqatishda qat’iy tejamkorlikka amal qilish. 
 
Degustatorga qo‘yiladigan talablar 
1.
Degustator nazofat bilan kiyinishi kerak. 
2.
Ust kiyimlar yorqin rangli, pastki kiyimlar to‘q rangda bo‘lishi kerak. 
3.
Qo‘llar toza va tirnoqlar oddiy bezatilgan bo‘lishi kerak. 
4.
Sochlar bosh kiyim bilan berkitilishi yoki bo‘lmasligi maqsadga muvofiq. 
Degustatsiya vaqtida albatta maxsus kiyimda bo‘lish kerak (fartuk, kepka va ro‘mol). 
5.
Ish joyida tik turgan holatda saqich chaynash, ichimlik ichish va 
ovqatlanish ta’qiqlanadi. 
6.
O‘zi bilan chalg‘ituvchi buyumlar (pleer, o‘yinchoqlar, taqinchoqlar, kitob 
va boshqalar). 
7.
O‘z sheriklari bilan ishga taalluqli bo‘lmagan narsalar haqida 
suhbatlashmaslik kerak. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish