1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 
WOM
 
ko‘pincha turistik sayohatga chiqqan, qiziqarli marshrutlar bilan tanish bo‘lgan, 
turistik mamlakatning madaniyati, tarixi, tabiati, gastronomiyasini yaxshi bilgan 
kishilar orqali amalga oshadi. Bunday kishilar o‘z yaqinlariga, do‘stlariga, 
hamkasblariga o‘zining taassurotlari haqida so‘zlab beradi va ularni ham turistik 
firmaning xizmatlaridan foydalanishga undaydi. Bunday kishilar o‘ziga xos ekspert-
iste’molchi (hyperconsumer) hisoblanishadi. Kishilar ham davriy nashrlardan ko‘ra, 
ko‘proq ekspertlarga ishonishadi. Masalan, vegetarian restoranlar, balneologik 
kurortlar juda kam sonli turistlar uchun ma’lum bo‘lib, turistik firmalar ham ular 
to‘g‘risidagi yetarli ma’lumotlarni bermasligi mumkin. Ammo, u yerga tashrif 
buyurgan kishilar yetarli ma’lumotlarni yetkaza oladi. Turizmda WOMning asosiy 
tashuvchilari jamoatchilik a’zolari, turli xalqaro konferensiya ishtirokchilari, 
sportchilar, muxbirlar bo‘lishi mumkin [31,320-322]. 
WOMning turizm va mehmonxona biznesidagi ahamiyati quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi: 
1.
 
Bevosita mijozlarga yo‘naltirilganligi. 
WOM bir shaxs ikkinchi shaxsga 
qachon, qaysi paytda va nima haqida gapirish lozimligini ongli ravishda anglaganligi 
sababli barcha iste’molchilar uchun mo‘ljallangan.
 
2.
 
Tajribaga asoslanganligi.


112 
3.
O‘z-o‘zidan ko‘payuvchanligi. 
Bir shaxsning o‘z tajribasi va taassurotlarini 
bir nechta shaxs o‘rtasida ma’lum qilishi, kelgusida ushbu ma’lumotning eshitganlar 
tomonidan qayta yetkazilishi mumkin. Masalan, Samarqand shahri haqida gid-
tarjimonning 10 kishilik guruhga tanishtirishi, kelgusida har bir kishi kamida 5 
kishidan 50 kishiga Samarqand to‘g‘risida ma’lumot yetib borishini ta’minlaydi. 
“Hamma shunday deyishmoqda”, “eshitdingizmi?” kabi jumlalar mish-mish tarqatish 
elementi hisoblanadi.
4.
 
Ekspert-iste’molchi (hyperconsumer) fikrining ustuvorligi. 
turistik ob’ektlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har qanday kishi davriy nashrlar, turfirma xodimidan 
olgan ma’lumotlardan ko‘ra borib ko‘rgan ekspert-iste’molchidan olishni afzal biladi.
 
5.
 
Vaqt va mablag‘ni tejashi. 
WOM og‘izdan-og‘izga ko‘chuvchi xabar 
bo‘lganligi uchun vaqt va mablag‘ni tejashda juda samarali hisoblanadi.
 
6.
 
Illyuziya samarasi.
Og‘izdan
-
og‘izga
ko‘chib
yuruvchi xabarlar
voqelikni 
noto‘g‘ri
idrok qilinishiga, kishilarda 
ob’ektlar
haqida hayoliy va soxta tushuncha, 
tasavvur paydo qiladi. 
 
7.
 
Xolisligi.
WOM og‘izdan-og‘izga o‘tishi bilan unda bo‘rttirib ko‘rsatish, 
reklama yoki pochta jo‘natmalaridagi bo‘rttirib ko‘rsatishga qaraganda xolis va 
ishonchliroq qabul qilinadi.
 
Iste’molchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan usullarning afzallik va 
kamchiliklari 4.5-jadvalda keltirilgan. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish