1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Tashqi reklamaning an’anaviy vositalari quyidagilar



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Tashqi reklamaning an’anaviy vositalari quyidagilar: 
1. 
Reklama shit(qalqon)lari
– ma’lumotlarni joylashtirish uchun maxsus karkas 
va axborot maydoniga ega qurilma bo‘lib odatda yirik hajmga ega bo‘ladi. (kamida 
3x4, 3x6 m o‘lchamli); shahar reklama shitlari (ko‘pi bilan 1, 8x1, 2 m). 
2. 
Bilbord
– bir tomonlama va ikkitomonlama reklama shit. Mamlakatimizda 
va samarqand shahrida asosan 3x2 va 6x3 m shitlar keng tarqalgan. Ularning tutib 
turuvchi metall konstruksiyalari odatda T-, P- va G-shaklga ega bo‘ladi. Ko‘pincha 
bilbordlar ko‘cha yoritish moslamalari bilan yoritiladi; 
3. 
Poster (plakat)
– hajmi 1, 2x1, 8 m, ko‘cha konstruksiyalarida oyna ostiga 
joylashtirilgan va ichki yoritish tizimiga ega qurilma bo‘lib, avtobus bekatlari, 
piyodalar yo‘lakchalari, kutish zallariga joylashtiriladi. Posterlar asosan ommaviy 
talab mavjud bo‘lgan tovarlarga qo‘llaniladi; 
4. 
Panel-kronshteyn
– posterning ko‘rinishi bo‘lib, undan farqli ravishda yerga 
yoki ko‘cha yoritish ustunlariga o‘rnatiladi; 
5. 
Supersayt 
– yirik o‘lchamdagi reklama shitlari bo‘lib reklama maydoni 15x5 
m, tayanchdan balandligi 12 25 m bo‘ladi. Supersaytlardan barcha turdagi tovar va 
xizmatlarni reklama qilish uchun foydalaniladi. 
6. 
Bayroqli kompozitsiyalar va soyabonlar
–tashqi reklama vositasi bo‘lib, bir 
nechta qatlamlardan iborat bo‘ladi. Bayroqli kompozitsiya — asos va bir yoki bir 
nechta flagshtok (ustuncha) hamda yumshoq matodan iborat reklama konstruksiyasi 
bo‘lib bayroqning axborot yuzasi maydoni matoning ikkala tomoni yuzasi bilan, 
soyabonning axborot yuzasi maydoni uning bitta tomoni yuzasi bilan belgilanadi. 
7. 
Ko‘cha transparantlari
- 1x10 m ko‘cha reklama lentalari. 
8. 
Yer usti panolari
– bino va inshootlarning devorlari yoki yo‘llarga 
tushirilgan reklama tasvirlari. Devor panolar binolarning devor qismiga yirik hajmli 
karkaslarga o‘rnatiladi. Devorga mahkamlanuvchi qismlarga ega devoriy pannolar 
uchun foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida majburiy tartibda 
konstruksiyani mahkamlash loyihasi ishlab chiqiladi va axborot yuzasining maydoni 
axborot yuzasi karkasining kattaligi bilan belgilanadi. Binolarning old devorlarida 
ularning katta qismini, vitrina va derazalarning oynalarini to‘sib qo‘yuvchi yirik 


72 
o‘lchamli qalqonli reklama va bannerli reklama tashuvchilarni o‘rnatishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
9. 
Brandmauer
- shitli reklama mahkamlangan binoning berk devori bo‘lib, 
unga panno teriladi yoki shtukaturaga tasvirlar solinadi. Odat bo‘yicha 
brandmauerdagi reklama juda katta o‘lchamlarda bo‘ladi; 
10. 
“yopma reklamalar”
– yirik hajmli tekis sirtga tushirilgan reklama 
konstruksiyasi bo‘lib, odatda ko‘p qavatli uylarning tom yopmasiga tushiriladi. Bino 
tomining karnizidan to‘liq yoki qisman balandda joylashtiriladigan ushbu (hajmiy 
yoki yassi) reklama konstruksiyalari mahkamlovchi elementlar (konstruksiyaning 
ishlab chiqilgan loyihasi Komissiya bilan kelishiladi) hamda konstruksiya va axborot 
qurilmasining ko‘tarib turuvchi qismidan iborat bo‘ladi. Yopma reklama vositalari 
elektr ta’minoti tarmog‘idan avariyaviy uzilish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi, 
reklama konstruksiyasining egasi to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan yerdan 
ko‘rinuvchi tabloga ega bo‘lishi lozim. Binolarda o‘rnatilgan tomusti qurilmalari 
axborot yuzasining maydoni to‘lov summasini hisoblashda butun konstruksiyaning 
tashqi gabarit o‘lchamlari bo‘yicha aniqlanadi. 
11. 
Proyeksion qurilmalar
— yer va devor yuzalarida, fazoda tasvirlarni 
namoyish qilishga mo‘ljallangan reklama konstruksiyalaridir. 
Proyeksion qurilmalarning konstruksiyalari proyeksiyalovchi qurilma va axborot 
tasviri shakllanadigan yuza (ekran) yoki hajmdan iborat. Ular yassi tasvirlar uchun 
axborot yuzasining maydoni proyeksiya tushayotgan yuzaning kattaligi, hajmiy 
tasvirlar uchun esa hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. 
12.
Elektron ekranlar (elektron tablolar) – 
yorug‘lik diodlari, lampalar, 
yorug‘likning boshqa manbalari yoki yorug‘likni akslantiruvchi elementlarning nur 
tarqatishi hisobiga ekran yuzasida tasvir hosil qilishga mo‘ljallangan reklama 
konstruksiyalaridir. Ularning axborot yuzasining maydoni nur tarqatuvchi yuzaning 
kattaligi bilan belgilanadi. Bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish 
qoidalariga alohida turgan qalqonli qurilmalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar ularga 
doir qismida amal qiladi. Reklama-axborot — roliklarining mazmuni reklama 
tashuvchining egasi bo‘lgan tashkilotning tahrir hay’ati tomonidan tasdiqlanadi. 
Tashqi reklama tasviri elementlarining yorug‘ligi ichki va tashqi yoritishda yo‘l 
belgilarining belgilangan DSTlar bo‘yicha fotometrik harakteristikalaridan ortib 
ketmasligi kerak. Reklama elementlari yorug‘ligi, ilingan balandligi, o‘chib-yonish 
davriyligi bo‘yicha belgilangan talablar yoki DSTlarga muvofiq bo‘lishi kerak. 
13. 
Vitrajlar – 
deraza yoki eshik bo‘shliqlarida, binolarning toqida 
o‘rnatiladigan reklama konstruksiyalaridir. Konstruktiv jihatdan vitrajlar asos, karkas 
va shaffof yuzadan iborat. Reklama axboroti vitraj oynasining ichki tomonidan yoki 
o‘zi yelimlanadigan plyonka ishlatilsa tashqi tomonidan joylashtiriladi. Xizmat 
ko‘rsatish sohasi korxonalarining vitrajlarida korxonaning faoliyat yo‘nalishiga mos 
bo‘lmagan reklama bezaklarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ushbu bezaklar 
vitraj maydonining ko‘pi bilan 20 foizini egallashi mumkin; Reklama bezaklari 20 
foizdan ko‘p bo‘lgan taqdirda bu reklama deb hisoblanadi va o‘rnatilgan tartibda 
pasportlashtirilishi shart. Vitraj axborot yuzasining maydoni vitrinaning shaffof 
yuzasiga tushirilgan tasvirlarning kattaligi, shuningdek, vitrina ichida joylashtirilgan 


73 
hajmli konstruksiyalarning kattaligi bilan belgilanadi. 
14. 
Markizlar 
— reklama axboroti tushirilgan yoysimon va soyabon 
ko‘rinishida ishlangan va vitrinalar, bino va inshootlarga kirish joyi yoki teshiklari 
ustida o‘rnatilgan reklama konstruksiyalar. Markizlar binoga mahkamlash 
elementlari, karkas hamda yumshoq yoki qattiq asosda ishlangan axborot 
maydonidan iborat. Markizning axborot maydoni yuzasi tasvir tushirilgan qismining 
kattaligi bilan aniqlanadi. 
15. Tirkama konstruksiyalar (shtenderlar)
shaharda korxonalarning ish 
soatlarida joylashtiradigan tashqi reklama va axborotning vaqtinchalik ob’ektlari, 
jismoniy shaxslar tomonidan texnikaviy vositalarni ishlatmasdan ko‘chiriladi. 
Shtenderlar ikki tomonli bo‘lishi va o‘z yoritgichiga ega bo‘lmasligi lozim. Uning 
umumiy yuzasi 2 kv. m., bunda shtenderning balandligi 1 m. dan oshmasligi, reklama 
qilinayotgan ob’ekt joylashgan binoning old devoridan 1, 5 m. gacha masofada 
joylashtirilib, yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymasligi 
ko‘zda tutiladi. Shtenderlarni yo‘lovchilar yo‘lagida, shuningdek yo‘lning harakat 
qismidan kamida 3, 0 m. uzoqlikda joylashtiriladi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish