1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-rasm. Televizion reklama uzatish jarayoni



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

3.1-rasm. Televizion reklama uzatish jarayoni 
Televizion reklama ham bir qator afzalliklar va kamchiliklarga ega (3.10-
jadval). 
 
 
Televizion reklama 
Video tasvir uzatish qatori 
Audio uzatish qatori 
Harakatlanuvchi tasvirlar 
Qo‘zg‘almas tasvirlar 
Nutq ovozlari 
Funksional tovush va shovqinlar 


68 
3.10-jadval 
Televizion reklamaning afzalliklari va kamchiliklari 
Afzalliklari 
Kamchiliklari
Maqsadli auditoriyani yalpi qamrab olishi: 
teleko‘rsatuvni deyarli barcha ko‘radi, shu bois 
gazeta va radioga nisbatan samarali 
Qimmatligi. Telereklama qimmat 
hisoblanib undan barcha ishlab 
chiqaruvchilar ham foydalana olmaydi. 
O‘tkazilgan tadqiqotlar samarasi o‘laroq, 
reklama beruvchilar o‘z iste’molchilarining qaysi 
telekanallarni tomosha qilishlari, kunning qaysi 
vaqtida tomosha qilishlari va necha marta 
tomosha qilishlarini aniq aytib bera oladilar. Bu 
esa reklamani aynan shu vaqtda uzatish imkonini 
beradi 
Telereklama qimmat bo‘lishiga 
qaramasdan ko‘pchilik firmalar o‘z 
reklamalarini muntazam teleko‘rsatuv 
orqal uzatib boradi. Bu ayrim paytlarda 
tomoshabinlar jig‘iga tegishi va tovar 
haqida salbiy fikr paydo bo‘lishiga olib 
keladi 
Vizualligi, harakatliligi va ovozliligi bois tovar 
va xizmatlar to‘g‘risida iste’molchilarda tezda 
eslab qolish holati ro‘y beradi. 
Qisqa muddatliligi. Telereklama atigi 
yarim daqiqa uzatiladi, shu bois 
iste’molchilar uni bir ko‘rishdayoq eslab 
qolmaydi. 
Teleko‘rsatuvning interaktiv imkoniyatlari bir 
vaqtda telefon orqali ulanish, xabar jo‘natish 
imkonini beruvchi teleroliklar tayyorlashga 
imkon beradi. 
Joylashtirish imkoniyatining 
cheklanganligi. Odatda reklama 
beruvchilar o‘rtasidagi kuchli raqobat 
telereklamalarni istalgan vaqtda yoki 
firma uchun foydali bo‘lgan vaqtlarda 
uzatilishiga to‘sqinlik qiladi 
Televizion reklama nufuzli bo‘lib firmaning 
imidjini ham belgilab beradi 
Televizion reklamaning eng ko‘p tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi: 
– 
televizion reklama roliklari
– davomiyligi 2-3 bo‘lgan tele- va video 
ko‘rsatuvlar bo‘lib turli badiiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarga oid ko‘rsatuvlardan 
iborat bo‘ladi. Reklama roliklari qisqa muddatli (15-20 sek), blits-roliklar (15-20 sek) 
va yoyilma shakldagi roliklar (30 sekundan uzoq) bo‘ladi. Blits-roliklar firma logotip 
(savdo markasi yoki tovar belgisi), firma nomi va manzilini aks ettiradi. Blits-
rolikning vazifasi firma va uning tovarlari haqida eslatib turishdir. 
Yoyilma roliklar tovar haqida ma’lumot, uning tavsifi, yetkazib berish tartibi 
va foydalanish tartibi to‘g‘risida axborotlarni o‘z ichiga oladi. Mavzusiga ko‘ra tele 
reklama roliklari quyidagi turlarga bo‘linadi: 

 
tavsifiy yoki axborot beruvchi: ular tovarlar haqida ma’lumot beradi yoki 
ularning aniq tavsifin keltiradi; 

 
hayojonga soluvchi roliklar: odatda standart reklama bo‘lib, xorijiy 
tovarlarni yoki xorij andozasida yaratilgan tovarlar va ularning milliy bozordagi 
ahamiyatini reklama qilishni ko‘zda tutadi; 

 
paradoksal roliklar: odatda antireklamalar vazifasini bajarib, hazil-mutoyiba, 
mubolag‘a, latifa va masharabozlikni o‘z ichiga oladi; 

 
shok rolik: reklama qilinayotgan tovar yoki xizmatsiz falokatlar va 
baxtsizliklar sodir bo‘lishi, ushbu tovar esa bunday ofatlardan qutilish chorasi sifatida 


69 
tasvirlanadi; 

 
televizion 
reklama 
e’lonlari 
– teleboshlovchi tomonidan o‘qib 
eshittiriladigan e’lonlar; 

 
ko‘rsatuvlar o‘rtasida uzatiladigan reklama lavhalari
– boshlovchi nutqi 
bilan birgalikda uzatiladigan, turli rasm va fotosuratlarni o‘z ichiga olgan qisqa 
muddatli rolikdir. odatda bu rolik kompyuter grafikasidan iborat bo‘lishi ham 
mumkin; 

 
reklama telereportaj va teleko‘rsatuvlar
– shou, viktorina, reportaji, 
intervyular orqali amalga oshirilib, tovarlar va xizmatlar reklamasini ham bir vaqtda 
ta’minlab beradi. 
Televizion reklama murojaatlarining quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatishimiz 
mumkin: 
1.
Bevosita sotish. Teleboshlovchi o‘zi tovarni ko‘z-ko‘z qiladi va kichik 
matnni o‘qish orqali tovarni reklama qiladi. Odatda estrada tok-shoulari, teleo‘yinlar 
va sport reportajlarida keng foydalaniladi. 
2.
Firma nomidan murojaat qilish. Ushbu usul firmaga aloqador bo‘lgan shaxs 
orqali ommaga murojaat qilishga asoslangan bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
iste’molchilarga murojaat qiladi va tovarning afzallik jihatlarini reklama qiladi. 
3.
Mutaxassislar va mashhurlar tavsiyasi. Ushbu usul estrada yulduzlari, taniqli 
aktyorlar, sportchilar va boshqa shaxslar yordamida tovarlar reklama qilinadi. 
4.
Haridordan intervyu olish. Reklamaning bu turi kam qo‘llanili, bunda 
mashhur kishilar emas, balki kundalik turmushida ushbu tovardan foydalanuvchi 
oddiy fuqarolar ishtirok etishadi. Intervyu orqali ulardan tovarning afzalliklari va 
ularning boshqa analoglaridan farqli jihatlari so‘raladi. 
5.
Namoyish qilish. namoyish qilishning bir nechta ko‘rinishlari mavjud: 

 
“foydalanishning 
xilma-xilligi”: 
tomoshabinlarga 
tovarning 
yangi 
xususiyatlari va jihatlari namoyish qilinadi; 

 
“tovardan foydalanish”: ushbu tovardan qanday foydalanish mumkinligi, 
qanday ishlarni bajara olishligi namoyish qilinadi; 

 
“oldin va keyin”:tovardan foydalanish natijalari namoyish qilinadi; 

 
“zarurat”: tovarning xususiyatlaridan noqulay va ekstremal sharoitlarda 
foydalanish imkoniyatlari namoyish qilinadi; 

 
“saralash musobaqa testi”: qaysi tovar yaxshi. 
6.
Tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslanishini namoyish qilish. 
7.
Sahnalashtirish, dramalashtirish: 30 yoki 60-sekund davomida namoyish 
qilinadigan mini-drama namoyishi. 
8.
Musiqali reklama. Ma’lum bir musiqa yoki saundtrek tovarning afzalliklarini 
namoyish qiladi, videolavha esa tez-tez o‘zgarib turadigan qator sahnalardan iborat 
bo‘ladi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish