1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 
Jurnal reklamalari. 
Jurnal – ommabop axborot vositasi hisoblanib, vizualligi 
bilan gazetadan ajralib turadi. Shu bois uni ko‘pchilik gazetxonlar birinchi navbatda 
tanlashadi. 
Jurnal reklamasida rasmlarga nisbatan fotosuratlardan keng foydalaniladi. 
Jurnallar imidj-reklamalar uchun eng maqbul yechim hisoblanib, nafaqat sotishni 
rag‘batlantiradi, balki imidjni shakllantiradi, iste’molchilarni o‘ziga ishontiradi. 
Jurnallarda reklama qilish uchun uning quyidagi xususiyatlarini alohida 
e’tiborga olish zarur: 
1.
Formati. Agarda jurnal reklamasi bir sahifa uchun mo‘ljallangan bo‘lsa 
va uni ikki sahifaga kengaytirish kishilar diqqatini 30 % oshiradi. Ushbu reklamani 
ma’lum bir qo‘shimcha sahifaga joylashtirish esa 60 % jalb qiladi. Jurnallardagi 
yarim sahifalar yoki kichik maket reklamalarga kishilar diqqat-e’tibori to‘liq sahifaga 
nisbatan 30 % kamroq bo‘ladi. 
2.
Rang. Bugungi kunda jurnallarning rang-barangligi juda ommalashib 
ketdi, rangli tasvirlar kishilarning diqqat-e’tiborini 30 %ga oshiradi. 
3.
Jurnaldagi joy. Jurnallarning asosiy xususiyatlaridan biri uning muqovasi 
hisoblanadi. Jurnal muqovasi va muqovaning ichki sahifalari kishilar diqqat-e’tiborini 
20%ga oshiradi. 


64 
4.
Illyustratsiya. Jurnal reklamasining muhim elementi illyustratsiya (rangli 
suratlar)dir. Jurnallardagi har bir e’lon uchun inson 1,65 sekund vaqt sarflar ekan. 
Bunda 70% diqqat-e’tibor illyustratsiyalarga, qolgan vaqt esa sarlavha yoki logotipga 
qaratiladi. Illyustratsiya formati qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik ko‘p kishilarni 
o‘ziga tortadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kishilarni firma tovarlaridan yoki aynan 
bir tovardan foydalanadigan mashhur kishilar va tovarlarning fotosuratlari ko‘proq 
o‘ziga tortar ekan. Kishilarning mashhurligi diqqat-e’tiborni 26%ga, uning 
mazmunini o‘qishga bo‘lgan qiziqishni 20% oshirar ekan. 
5.
Sarlavhaning nomi. Agarda 49 % kishilar illyustratsiyaga e’tibor 
qaratsalar, 30 % eng avval sarlavhasini o‘qib ko‘radi. Shu bois sarlavha qisqa 
so‘zlardan iborat bo‘lishi zarur. Agarda oddiy tovarlar reklama qilinadigan bo‘lsa 8 
tagacha so‘zdan, mashhur tovarlar reklama qilinganda esa 5 tagacha so‘zdan iborat 
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari sarlavha ikki qatordan oshmasligi ham 
muhim element hisoblanadi. Sarlavhalarda qisqa, lo‘nda jumlalardan foydalanish, 
jumlaning ot, sifat va kishilik olmoshlari so‘z turkumidan iborat bo‘lishi ham juda 
muhim. Fe’lning qo‘llanilishi sarlavhaning e’tiborni jalb qilinishini pasaytirib 
yuboradi. 
Jurnallardagi reklamaga shuningdek, sarlavhalarning tasdiq va rad ma’nosiga 
yaqin jumlalardan foydalanish ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Oddiy tasdiqlovchi 
ma’noni anglatuvchi sarlavhalar 50 % diqqatni oshiradi. Rad ma’nosini anglatuvchi 
sarlavhalar esa aksincha 37% ga kishilar diqqatini pasaytiradi. 
6.
Matn. Jurnallardagi reklama matni qisqa va uzun bo‘lishi mumkin. Qisqa 
matnlar odatda 50 tagacha so‘zni, uzun matnlar esa 250 tagacha so‘zni o‘z ichiga 
oladi. Qisqa matnlarni uzun matnga qaraganda 40 % ko‘p iste’molchilar o‘qiydi. 
Ammo matndagi so‘zning 50 tadan oshishi uni o‘qiydiganlar sonining pasayishiga 
olib kelmaydi. Bundan tashqari qisqa matnlar kam harajat talab etiganligi bois ham 
muhim ahamiyatga ega.
7.
Marka nomi va logotip. Agarda jurnallardagi reklama iste’molchilar 
tomonidan kam diqqatni tortsa, u holda tovarning markasi va firma logotipidan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Tovar markasi yoki firma logotipini jurnalning qaysi 
qismiga joylashtirishning ahamiyati yo‘q. Agarda ularni sarlavhada joylashtiradigan 
bo‘lsak, iste’molchilar uni yanadi aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun matndan 
izlay boshlaydi. Logotipning iste’molchilar tomonidan identifikatsiya qilinishi 
sahifaning quyi o‘ng burchakda joylashuvida 86 %, markazda 92 %ni tashkil qiladi. 
Ammo logotipni boshq tomonlarga joylashtirilganda ham bu ko‘rsatkich 88% ni 
tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, iste’molchilar har qanday yo‘l bilan ham 
tovar markasi yoki firmaning logotipini topishga harakat qilisharkan. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish