1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


partiyasi, 1000-chi haridor va boshqalar) kiradi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI


partiyasi, 1000-chi haridor va boshqalar) kiradi. 
Bosma nashrlar reklama eng ko‘p qo‘llaniladigan reklama turi va vositasi 
hisoblanib, butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Odatda unga gazeta va jurnallardagi 
reklamalar kiritiladi. 
Gazeta reklamasi. 
Gazetalar milliy axborot vositasidir. Bugungi kunda 
gazetalar ko‘plab OAVlar maqsadli aditoriya ulushi uchun raqobatlashmoqdalar. 
Reklama beruvchilar yoki reklama agentliklari endilikda gazetalar orasidan sotish 
joyi, vositalarini tanlab olish imkoniyatiga egadirlar. Maqsadli auditoriya ham 
yangiliklar to‘g‘risida televizor yoki radioda tez xabar topishi mumkin [8,17]. 
Yanada aniqroq ma’lumotlarni esa raqamli va kabelli kanallar orqali batafsil oladilar. 
Buning natijasida kundan-kunga gazta o‘quvchilar soni kamayib bormoqda. 
Ma’lmotlarga ko‘ra bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha kundalik gazetalar soni 
XIX asrga nisbatan to‘rt marta kamaygan. 
Dastlab kompterlarning kirib kelishi, ofset usulda chop etish, elektron 
kutubxonalar va keyingi paytlardagi sun’iy yo‘ldosh orqali xabarlarni tarqatish 
gazetalarning ixtisoslashuviga olib keldi. Nihoyat gazetani chop etish va tarqatish 
bilan bog‘liq harajatlarning ortib borishi gazetalarning ma’lum tarmoqqa aylanishini 
tezlashtirdi. Shu bois bugungi kunda gazetalar soni qisqarishi bilan nashriyotlar soni 
ko‘payib bormoqda.
Shunga qaramasdan gazetalar demografik talablar bo‘yicha bugungi kunda eng 
ulug‘vor va puxta ishlangan reklama vositasidir. OAVdan bugungi kunda daromadi, 
ma’lumoti, yoshi, jinsi, millati va boshqa xususiyatlariga ko‘ra farqlanuvchi, yirik 
shaharlar, shahar atrofi, chekka qishloq, kurort va mehmonxonalarda yashaydigan 
barcha kishilar foydalanadilar. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyo aholisining 2/3 qismi dam olish kunlari 


62 
gazeta o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Oyning oxirgi yakshanbasiga kelib gazeta 
o‘quvchilar soni 88 %ga oshadi va o‘rtacha hisobda har bir gazeta o‘quvchi dam olish 
kunlari 62 minut vaqtini gazeta o‘qishga sarflaydi. Erkaklar kundalik dolzarb 
axborotlarni o‘qishni yoqtiradilar va ko‘proq sport, siyosiy va moliyaviy bo‘limlarga 
ko‘proq qiziqadilar. 35 yoshdan oshgan ayollar doimiy ravishda yangiliklarni o‘qiydi, 
30 yoshgacha bo‘lgan ayollar esa turli komiks, televizion bukletlar, moda va 
kosmetik bo‘limlarni o‘qiydilar. 
Gazetalarni o‘qish aholining ma’lumot darajasiga ham bog‘liq. Yer yuzida 18 
yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan aholilar umumiy aholining 27% tashkil qiladi va ular 
gazetalarni kam mutolaa qiladi, 25 yoshda 34 yoshgacha aholi 17 % tashkil etgan 
holda ular tez-tez gazeta o‘qiydi, 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan aholi 17 % 
tashkil etib, haftaning dam olish kunlari gazeta o‘qish bilan mashg‘uldirlar. 45 
yoshdan 64 yoshgacha aholi 29% ni tashkil etadi va muntazam ravishda gazeta o‘qish 
bilan mashg‘ul. 
Gazetalarda quyidagi reklama turlari mavjud bo‘ladi: 
1.
Sarlavhali reklama. Deyarli barcha gazetalarda mavjud bo‘lib, gazetalarning 
am’lum bir sahifasi ularga bag‘ishlangan bo‘ladi. B sahifa gazeta o‘quvchilarga 
qiziqarli bo‘lgan barcha turdagi reklama murojaatlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, 
“Sotiladi”, “Ko‘chmas mulk auksionlari”, “Avtomobillar”, sarlavhali reklamalar 
ularni joylashtirish bilan bog‘liq daromadning 40 % tashkil qiladi. Doimiy sarlavha 
reklamalar odatda asosiy sarlavhada va ma’lum bir sahifada joylashtiriladi yoki 
qo‘shimcha sahifa sifatida kiritiladi. 
2.
Maket reklama. Maket reklama har qanday gazetada har qanday joyda 
joylashtirilishi mumkin. Maket reklamalar milliy va xalqaro reklamalarni o‘z ichiga 
olib odatda kichik hajmni egallaydi. Maket reklamaning afzallik jihat uning narxining 
differensiallashuvi yoki narx diskriminatsiyasining mavjudligidir. AQShda maket 
reklama berish boshqa gazeta reklamalariga qaraganda 75% ko‘proq va ularning 95% 
tiraji 250000 dan ko‘p bo‘lgan gazetalarda chop etiladi. 
3.
Ilovalar. Mahalliy rang-barang reklama ko‘rgazmasi bo‘lib, bunday 
reklamalar gazetaning davriyligiga qarab kelgusi oy, yoki haftada chiqariladigan 
tovarlarni reklama qiladi. 
Har qanday gazeta gazetxonlar xati, teleko‘rsatuv va radioeshittiruvlar dasturi, 
kundalik munajjimlar bashoratini o‘z ichiga olishi ularni yanada jozibador qilib 
ko‘rsatadi. Agarda gazeta reklama qilinayotgan tovar yoki firma haqidagi maqolani 
ham chop etsa reklama beruvchilar uchun bu yanada foydali bo‘ladi. 
Gazetaning reklama vositasi sifatida afzalliklari bilan bir qatorda ayrim 
kamchiliklari ham mavjud (3.7-jadval) 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish