1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Reklamaning turlari va vositalari. Reklama vositalarini tanlash



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

3.2. Reklamaning turlari va vositalari. Reklama vositalarini tanlash 
Zamonaviy reklamaning juda ko‘p shakllari, turlari, maqsadi, vazifalari, 
funksiyalari, usullari va vositalari mavjud. 
Reklama tashabbuschilarining turiga ko‘ra 
quyidagi reklama turlari ajratib 
ko‘rsatiladi: 

 
ishlab chiqaruvchi tomonidan reklama – ishlab chiqaruvchining o‘z 
mahsulotlari sotilishini ko‘zda tutuvchi reklama bo‘lib odatda tijorat harakteriga ega 
bo‘ladi; 

 
chakana va ulgurji savdo firmalari nomidan reklama – savdo faoliyatini 
jadallashtirishga qaratilgan bo‘lib, tijorat harakteriga ega bo‘ladi; 

 
alohida shaxslar nomidan reklama – odatda firmalar o‘rtasida vositachilik 
bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga xos bo‘lib, oldi-sotdi jarayonini jadallashtirishga 
qaratilgan bo‘ladi; 

 
hukumat, jamoatchilik organlari va guruhlari nomidan reklama (ijtimoiy 
reklama) – bu reklama notijorat harakteriga ega bo‘lib, jamiyat hayotidagi umumiy 
maqsadlarga erishish, siyosiy tadbirlarda jamoatchilik bilan aloqalarni va targ‘ibot-
tashviqotni ko‘zda tutadi. masalan, xalqaro tashkilotlarining reklamasi yoki notijorat 
sport tashkilotlarining murojaatlari, tabiatni asrash, kambag‘allikka qarshi kurash, 
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, hayvonlarni muhofaza qilish va shu 
kabilar.
Reklama predmetiga ko‘ra: 

 
tovar reklamasi– ma’lum tovar va mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot berishga 
qaratilgan bo‘ladi; 

 
korxona reklamasi – tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarni reklama qilishga 
qaratiladi. 
OAV turlariga ko‘ra


 
gazeta reklamasi; 

 
jurnal reklamasi; 

 
kitob reklamasi; 

 
televizion reklama; 

 
radioreklama; 

 
kino reklama; 

 
kompyuter reklama; 

 
internet orqali reklama; 

 
tashqi reklama. 
Tarqalish ko‘lamiga ko‘ra: 

 
global (tarmoqli, butunjahon); 


56 

 
multimilliy; 

 
umummilliy; 

 
mintaqaviy; 

 
shahar; 

 
mahalliy [9,16]. 
Inson tomonidan his etilishiga ko‘ra


 
vizual(peshlavhalar, chiroqli, bosma reklama); 

 
og‘zaki (radioreklama, telefon bo‘yicha reklama); 

 
hid sezishga oid (bo‘y taratuvchi varaqalar; 

 
ta’m bilishga oid; 

 
seziluvchan va boshq (tele, kino va videoreklama). 
Mo‘ljaldagi auditoriya tipiga ko‘ra: 
Biznes sohasiga mo‘ljallangan reklama – reklama qilinayotgan tovarlar dan 
butlovchi mahsulotlar sifatida foydalanayotgan ishlab chiqarish iste’molchilari 
uchun; sotish vositachilari va vositachilarning boshqa turlari uchun va h.k.; 
Yakka tartibdagi iste’molchi uchun reklama. 
Haridorlarga ta’sir etishiga ko‘ra: 
Ratsional – potensial haridorlar va iste’molchilarni ma’lum bir ishonchli 
dalillar va asoslar keltirish orqali xabar beradi. 
Emotsional – bunday reklama kishilarda xotiralarni uyg‘otadi. Bunday reklama 
kishilarning his-tuyg‘ulariga, hissiyotlariga beixtiyor ta’sir ko‘rsatadigan rasm, rang-
tasvir va musiqalarni o‘z ichiga oladi. 
Auditoriyaga ta’siri xususiyatiga ko‘ra: 
Qo‘pol reklama – xususiyatiga ko‘ra sotishni rag‘batlantirish vositalariga yaqin 
bo‘lib, ular bilan birga qo‘llaniladi. Shakli bo‘yicha haridorni reklama qilinayotgan 
tovarni sotib olishga majbur qilish maqsadida unga tajovuzkor tazyiq o‘tkazish, 
baland ovozda qichqirish, chorlash kabilar kiradi. 
Yengil reklama – faqat tovar haqida xabar berib qolmasdan, balki uning 
atrofida ijobiy muhit shakllantiradi. Yumshoq reklama haridorlarning hissiyotiga 
ta’sir ko‘rsatish orqali tovarlarning sotilishini ko‘zda tutadi. 
Asosiy maqsad va vazifalariga ko‘ra

Imidj reklama – tovar yoki firmaning qo‘lay imidjini yaratish, raqiblar va 
hamkor firmalar o‘rtasida o‘zini tanitishga qaratilgan reklama. Shuningdek bunday 
reklama aynan shu tovar yoki firma to‘g‘risida ijobiy fikr uyg‘otishga xizmat qiladi. 
Rag‘batlantiruvchi reklama – firma tovarlarini harid qiluvchilarni 
rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda tovarning analog tovarga nisbatan muhim 
jihatlari keltiriladi. 
Barqarorlashtiruvchi reklama – firma yoki tovarning bozorda yuqori mavqega 
ega ekanligini targ‘ib qilish va uning barqaror faoliyati to‘g‘risida xabardor etadi. 
Bunday reklamalar iste’molchilarning doimiy mijozga aylanishlarini maqsad qilgan 
bo‘ladi. 
Ichki reklama– firma xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni sodiqlikka 
va firmaga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Buning asosiy vositalari 
firma gazetalari, joriy qilingan ijtimoiy qulayliklardir. 


57 
Sotishni kengaytirishga qaratilgan reklama – tovarlar sotilishini jadallashtirish 
maqsadida qo‘llaniladigan reklama. 
Pand-nasihat qiluvchi reklama – iste’molchilarning aynan shu tovarlarni yoki 
aynan shu firma tovarlarini harid qilishlari uchun turli ko‘rsatma, nasihat va 
tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi. 
Taqqoslama reklama – odatda analog tovarlarni o‘zaro taqqoslashga qaratilgan 
bo‘lib tovarning afzalliklarini ko‘rsatishga harakat qiladi. 
Eslatuvchi reklama – haridorlarga bozorda xuddi shunday yangi yoki sifatli 
tovar mavjudligi haqida tez-tez eslatib turadigan murojaatlardan iborat bo’ladi. 
Axborot beruvchi reklama – tovarlar, ishlab chiqaruvchi firmalar haqida 
doimiy axborot berib turadi. 
Ortiqcha harajatli reklama – juda katta harajat talab qiluvchi o‘ziga xos 
reklamalar bo‘lib, raqiblarning mavqeini tushirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Mustahkamlovchi reklama – eslatuvchi reklamaning turi bo‘lib iste’molchilarni 
va haridorlarni to‘g‘ri qaror qilganliklari to‘g‘risida eslatib turadi va bu bilan doimiy 
mijozlarni shakllantirib munosabatlarni mustahkamlashni ko‘da tutadi [9,21]. 
Teskari aloqa imkoniyati mavjudligiga ko‘ra: 
Teskari aloqa mavjud reklama – reklama adresati bilan kelgusida aloqa 
o‘rnatish bilan izohlanadigan reklama. Masalan, pochta orqali katalog jo‘natish. 
Teskari aloqa mavjud bo‘lmagan reklama – bu OAV vositalari, elektron va 
barcha turdagi tashqi reklamalardir. 
Reklama vaqtiga ko‘ra:
Davriy reklama – yil davomida berib boriladigan reklamalarga aytiladi. 
Masalan, dorilar, oziq-ovqatlar mahsulotlari, atir-upalar, davolanish maskanlari va 
hokazolar to‘g‘risidagi reklamalar bunga misol bo‘lishi mumkin.
Mavsumiy reklama
 
esa yilning fasliga, davriga qarab berib boriladi. Masalan, 
yangi yil sovg‘alari, mavsumiy kiyimlar, yozgi dam olish oromgohlari, o‘quv 
yurtlariga qabul ishlari va boshqalar. Reklamalarning berilish vaqti ham katta 
ahamiyatga ega. Bularni kishilar dam olayotgan vaqtda haddan tashqari ko‘p berilishi 
inson ruhiyatiga salbiy ta’sir eitishi mumkin. Ayniqsa, reklama roliklarining qayta-
qayta, tez-tez takrorlanishi inson asabini taranglatadi. Teleko‘rsatuvdan doimiy berib 
boriladigan seriallarda ham reklamalarning uzoq vaqt takror-takror berilishini ijobiy 
deb bo‘lmaydi. 
Reklama vositalari reklamani tarqatuvchi va zarur reklama samarasiga 
erishishga xizmat qiluvchi turli moddiy vositalardir. 
Reklama vositalari yordamida reklama tashabbuskorlari yoki reklama 
beruvchilar reklama ob’ekt to‘g‘risida xabar berish, iste’molchilarning harid xulqiga 
ta’sir ko‘rsatish va ularning harid qilishiga erishish ko‘zda tutiladi. 
Reklama faoliyatining rivojlanishi, uning turlari reklama vositalarining ham 
ko‘payishiga olib keldi. Reklama vositalarini ma’lum bir tasniflash tizimi mavjud 
bo‘lmasada, iqtisodiy adabiyotlarda turlicha tasniflanadi. Ushbu adabiyotlar asosida 
reklama vositalarining quyidagi tasniflarini keltirib o‘tishimiz maqsadga muvofiqdir 
(3.5-jadval). 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish