1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 
3.11-jadval 
Tashqi reklamaning afzalliklari va kamchiliklari 
 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
Hajmi va o‘lchamining kattaligi bois tezda 
ko‘zga tashlanadi 
Katta qiymat talab etishi, sarflangan 
harajatlar kamida bir yilda qayta 
o‘zlashtiriladi 
Iste’molchilar odatda yirik plakatlar va 
reklama qurilmalari oldida to‘planadi, 
mo‘ljal oladi. Shu bois uning ta’siri yanada 
kuchayadi 
Atmosfera ta’siri (yomg‘ir, qor, shamol, 
quyosh nuri va shu kabilar)da sifati 
buzilishi, ayrim hollarda ko‘cha 
bezorilari tomonidan shikastlanishi 
mumkin 
Bir marta o‘rnatilishi uning doimiy, yil 
davomida ko‘p marta foydalanilishini 
ta’minlaydi 
Tashqi reklama odatda aholining 
daromadli qatlamlariga tez tarqaladi. 
Masalan shahar ko‘chalaridagi shitlar 
avtomashina haydovchilariga birinchi 
bo‘lib taniladi 
Tovar yoki firma haqidagi ma’lumotlarni 
tezda yetkazadi va hajmi firma mavqeini 
belgilab berishi mumkin 
 
Transport (tranzit) reklama. 
Tashqi reklamaning turi hisoblanib transport 
vositalari orqali tarqatiladi.. Transport reklamasi quyidagilarga joylashtiriladi: 
a) transport vositalarida (avtobus, poyezd, yuk mashinalari, vagonlar); 
b) transport vositalarining ichki salonida; 
v) vokzallar, perronlar, dengiz portlari, pristanlar, aeroport, shahar transport 
bekatlarida. 
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni(1998 yil 25 
dekabrdagi 723-I-son, 21-modda)da Reklama transport vositalarida, shu jumladan 
metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda 
xavfsizlik talablari va yo‘l harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkinligi 
ta’kidlangan. 
Bunday reklama tasvir yoki yozuv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Transport reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi. 
Reklamani transport vositalarida quyidagi holatlarda joylashtiriladi: 

reklamani transport vositalarida joylashtirish faqat ularning egalari bilan 
kelishilgan holda, ruxsatnoma hujjatlarining mavjudligi haqida xavfsizlikka 


75 
qo‘yilayotgan talablar va yo‘l harakati qoidalariga mos kelgan taqdirda amalga 
oshiriladi; 

transport 
vositalarida 
reklamani 
joylashtirish 
bo‘yicha ruxsatnoma 
hujjatlarini rasmiylashtirish tegishli mahalliy hokimiyatning tashki reklama va 
transport vositalarida reklamani joylashtirish bo‘yicha Komissiyasining vakil organi 
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin; 

jismoniy va yuridik shaxslardan avtotransport vositalarida reklamani 
joylashtirish uchun to‘lov quyidagi vaziyatlarda olinmaydi: 

agar reklama beruvchi reklama joylashtirilgan avtotransport vositasining 
bevosita egasi bo‘lsa; 

agar reklama ijtimoiy sohaga tegishli yoki bayram tabrigi bo‘lsa; 

agar mahalliy hokimlikning tashqi reklama va transport vositalarida 
reklamani joylashtirish buyicha Komissiyasi tomonidan imtiyozlar berish to‘g‘risida 
maxsus qaror qabul qilingan bo‘lsa. 
Davlat jamoat transport vositalarida joylashtiriladigan reklamaning umumiy 
xajmidan 20 foizi ijtimoiy yo‘nalishdagi reklama bo‘lishligi zarur. 
Avtomototransport 
vositalarida 
reklama 
faqatgina 
quyidagi 
joylarga 
joylashtiriladi: 

 
avtobus kuzovining yon tomonlariga oyna chizig‘igacha bo‘lgan joylarga; 

 
furgonlar, yuk mashinalari tirkama va yarimtirkamalar kuzovining yon 
qismiga; 

 
mototsikllarning yoqilg‘i baki va asboblar uchun mo‘ljallangan yashikning 
qopqog‘iga; 

 
engil avtomobillar va mikroavtobuslarning yon qismiga (orqa qismi va 
eshiklaridan tashqari. 
Transport vositalariga joylashtiriladigan reklama tushunarli, aniq yozilgan va 
imkon qadar kichik bo‘lishi kerak. 
Transport vositalarining salon qismida kichik hajmdagi reklama plakatlari – 
sinkellar va yopishtiriladigan reklama qog‘ozlari – stakerlardan foydalaniladi. Sinkel 
va stakerlar foydalanish uchun qulay, kam joy talab qiladi va ularni yaqin masofadan 
yaxshi o‘qish va tushunish oson. Shuningdek ular transport saloni bilan uyg‘unlashib 
ketadi. 
Transport vositalarining saloniga joylashtirilgan reklama salonning ichki 
qiyofasi va shinamligiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. 
Transport vositalariga o‘rnatilgan reklama, ayniqsa salonga o‘rnatilgan reklama 
yo‘lovchilarning ijtimoiy-demografik xususiyatlarini e’tiborga olgan bo‘lishi kerak. 
Masalan, biznes-klass va kupe tipidagi poyezd vagonlarida qimmat tovarlarni 
reklama qilish, umumiy va platskart vagonlarda ommaviy iste’mol tovarlari 
reklamasi joylashtirilishi maqsadga muvofiq. 
Metropolitenlarga reklama joylashtirish transport reklamasining eng samarali 
turidir. 
Metropolitenlarda 
yo‘lovchilarning katta oqimi vagonlarda yoki 
eskalatorlarda ma’lum muddat “passiv” holatda bo‘ladi. Bu esa reklama axborotini 
tarqatish uchun juda qulaydir. 
Metroda reklama metro bekatiga kirish-chiqish joylarida, vestibyullarda, 


76 
bekatlarga o‘tish yo‘laklarida, eskalator tonnellarida va vagonlarda joylashtiriladi. 
Yer usti transportidan farqli ravishda metro vagonlarida yo‘lovchilar tashqi 
tabiat bilan chalg‘imaydi. Bu esa salon ichidagi stakerlarda aks etgan reklamalarni 
diqqat bilan tanishishga imkon beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, metro 
yo‘lovchilarining 83%i kamida bir marotaba stakerlarda ko‘rsatilgan manzillarga va 
tovarlarga murojaat qilisharkan. 
Transport vositalarining tashqi kuzoviga joylashtirilgan reklamalar hajman 
katta va yozuvlar ham yirik bosma harflarda yozilishi lozim. Bu ularning harakat 
vaqtida ham tez o‘qilishini ta’minlaydi. 
Transport reklamasi samaradorligi bo‘yicha teleko‘rsatuv va matbuotdan keyin 
uchinchi o‘rinda turadi. Transport reklamasining qulayliklari va afzalliklari bilan bir 
qatorda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud (3.12-jadval).

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish