1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


  haridorlar ularni tovarisiz sotib olish imkoni yo‘q).  Internet



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

78 
haridorlar ularni tovarisiz sotib olish imkoni yo‘q). 
Internet 
reklamasi. 
Internet 
tarmog‘ining paydo bo‘lishi axborot 
texnologiyalarining 
kommunikatsiya 
jarayonida, 
shu 
jumladan 
marketing 
kommunikatsiyasida keng qo‘llanilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Dunyo tan 
olgan reklama agentliklari xalqaro axborot tarmog‘ini reklamani tarqatishning yangi 
kanali sifatida baholashmoqda. Agarda reklamaning radio orqali tarqatilishiga 38 yil, 
televideniya orqali 13 yil, kabelli teleko‘rsatuvlar orqali tarqatilishiga 10 yil o‘tgan 
bo‘lsa, internet paydo bo‘lishi bilan 5 yil ichida reklama tarqatuvchi asosiy 
kanallardan biriga aylandi [29,283]. “Maykrosoft”, EyTi end Ti(At & T), IBM, 
“Djeneral Motorz”(General Motors) va boshqa yirik korporatsiyalar Internetni 
o‘zlarining bozor strategiyalarini amalga oshirishlarida muhim element sifatida 
ta’kidlashmoqdalar. 1996 yilda Internetda tovar va xizmatlar reklamasi uchun 200 
mln dollar mablag‘ sarflangan bo‘lsa 2000 yilda bu summa 5 mlrd dollar, 2014 yilda 
$31,5 mlrd dollarni tashkil etdi. 
Internet bugungi kunda dunyo aholisining 43% ini qamrab olgan. 2015 yil 
yakuniga ko‘ra dunyoning 3,2 mlrd aholisi internet xizmatlari bilan qamrab olingan. 
Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 82,2%, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 
35,3%ni tashkil etmoqda [https://www.lawmix.ru]. Internet an’anaviy OAV o‘rnini 
to‘ldirish bilan bir vaqtda ularga zamonaviy tus bergan holda o‘rnini egallamoqda. 
Internet ayniqsa, PR-tadbirlari, reklama va axborot berish tadbirlarida juda qulaydir. 
Internet va uning zamonaviy World Wide Web texnologiyasi reklama tarqatish kanali 
sifatida marketingning elektron gipermarketing konsepsiyasini ishlab chiqilishga 
turtki bermoqda. 
Elektron reklama bozorining ishtirokchilari reklama beruvchilar, reklama 
maydonlari ta’minotchilari, ya’ni zamonaviy qidiruv tizimlari, kataloklar, virtual 
savdo markazlari, yirik nashriyotlarning elektron analoglari, turli reklama 
agentliklarining rasmiy saytlari hisoblanishadi. 
Kompyuter tarmoqlari ilgari ko‘zda tutilmagan imkoniyatlarni ochib beradi. 
Jumladan, matn va multimediali fayllar bilan ishlash, muayyan vaqt oralig‘ida 
dunyoning istalgan nuqtasida ma’lumotlar olish. 
Bugungi kunda Internetga, asosan WWW-serverlariga yirik korporatsiyalar
banklar, turistik korxonalar, agentliklar, davlat va nodavlat OAV, sanoat korxonalari 
o‘z saytlarini joylashtirmoqdalar. AQSH, va ayrim Yevropa Itifoqi davlatlarida 
Internet ko‘ngil ochar vositadan zamonaviy biznes vositasiga aylangan. 
Internet tarmoqlari foydalanuvchilarga o‘zaro muloqot qilishi bilan bir qatorda, 
o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlar va audio-video kontentlarini almashish, 
konferensiyalar tashkil etish, ma’lum ijtimoiy guruhlar tuzib, unda umumiy qiziqish 
va maqsadlarga ega foydalanuvchilarni bir joyga birlashtirish imkonini bermoqda. 
Aynan mana shu ijtimoiy guruhlar reklama beruvchilar uchun keng imkoniyatlar 
eshigini ochmoqda. Boshqa Internet-reklama tarqatish vositalari bilan solishtirganda 
ular quyidagi afzalliklarga ega: 

 
reklama beruvchilarni targeting muammolaridan xalos qiladi. 

 
foydalanuvchi reklama bilan batafsil tanishish vaqtida o‘z bosh sahifasini 
tark etmaydi. 


79 

 
ijtimoiy guruhning har bir a’zosi boshqa a’zolarning reklamaga bo‘lgan 
munosabatini “ko‘rib” turadi. 

 
foydalanuvchilar reklamani boshqalarga tavsiya etish, o‘z fikr- muloxazalari 
bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega, ya’ni foydalanuvchining o‘zi bevosita reklama 
tarqatuvchiga aylana oladi. 
Bugungi kunda eng kup murojaat kilinadigan Internet resurslari quyidagilar: 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish