1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/91
Sana23.05.2022
Hajmi1,54 Mb.
#608330
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Bog'liq
amir tenur pdf

-92- 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Аmir Temur jahon tarixida. T., 2010.
2. Аhmedov B. Tarixdan saboqlar. T: O‘qituvchi, 1994.
3. Sharafiddin Аli Yazdiy. Zafarnoma. T., 1997.
4. Saidqulov T.S. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar. 
T: O‘qituvchi, 1993.
 
Botirov Davrbek To‘ymurodovich 
Olot tuman 31-IDUMI o‘qituvchisi 
AMIR TEMUR TARIXINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK 
YONDASHUVLAR 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada tarix darslarini o‘qitishda yangi pedagogik 
yondashuvlar, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalar va 
interfaol usullarnini qo‘llab o‘rganish borasida tavsiyalar keltirilgan. Hozirgi vaqtda 
ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. 
O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori 
samaradorlikka erishishga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarix fani 
o‘qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi 
ko‘ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni qo‘llash esa yaxshi 
samara berishi haqida fikrlar aytib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: 
milliy davlatchilik, Amir Temur va temuriylar davri tarixi, 
ta’lim tizimi, darsliklar, an’anaviy ta’lim, zamonaviy darslar. 
«Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya – har qaysi davlat 
va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal 
qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir» 
Shavkat Mirziyoyev 


-93- 
Mustaqil O‘zbekiston milliy davlatchilikning tiklanishi xalqimiz taqdirida 
mislsiz ahamiyat kasb etdi. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat 
avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug‘ allomalarining mamlakat, 
qolaversa, jahon tarixida tutgan o‘rni, xizmatlarini e'zozlashni o‘rniga qo‘yadi, 
boshqalarga ham uni e'tirof ettiradi 
Ana shunday bemisl, betakror, butun dunyo e'tirofiga sazovor bo‘lgan buyuk 
siyosiy va harbiy arbob, fan-madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur hayotini 
chuqur o‘rganish juda muhimdir. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal o‘rgansalar, 
undan shunchalik saboq oladilar. O‘zbekistonning sobitqadam, jasur, aql-idrokli, Ona 
Vatan qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilishga qodir va xos fidoiy farzandlari bo‘lib 
yetishadilar. 
Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan mavzularni zamonaviy 
pedagogik va axborot-kommunikativ texnologiyalar yordamida o‘rganish nihoyatda 
muhimdir. Chunki bugungi kunda maktab, akademik litsey va boshqa ta’lim 
dargohlarida 
yangi 
pedagogik 
yondashuvlar 
va 
axborot 
kommunikativ 
texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etilishiga katta ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston tarixini o‘qitishda va o‘rganish jarayonida fan dasturlarida Amir 
Temur va temuriylar davri tarixiga muhim o‘rinlardan biri ajratiladi. Bu mavzu o‘z 
ichiga bir qator mavzularni qamrab olgan bo‘lib, ularni o‘quvchi va o‘quvchilar 
yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi 
Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishdek murakkab 
jarayonni boshidan kechirmoqda ulardan ko‘zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini 
demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoiyillarini rivojlantirish, bu vazifalarning 
muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi 
tajribalariga munosabatni tubdan o‘zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o‘zi 
ko‘rsatmoqda. 
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali ta’limda xato va 
yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o‘zimizni saqlashimizdan tashqari ta’lim-


-94- 
tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari 
va uslublaridan tezroq xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda 
qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. 
Tarix fani o‘qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham 
oshirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni 
qo‘llash yaxshi samara berayotganligi o‘tkazilayotgan tajribalardan ham ko‘rinib 
turibdi. 
Bugun endi tarix fani ustozlari oldida ish faoliyatimizda keng qo‘llashimiz va 
o‘z o‘rnida yangi pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanishimiz hamda tarix 
darslari samaradorligini yanada oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishdek vazifalar 
turibdi. 
Mazkur mavzu zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ta’lim 
sohasida ham islohotlar, yangiliklar qilishni taqozo etmoqda. Endi o‘quvchi va 
o‘quvchilarni an’anaviy ta’lim metodlari bilangina o‘qitish yetarli bo‘lmay 
qolmoqda. Shu bois ta’limga yangicha yondashish kunning dolzarb masalasiga 
aylandi. Zero: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunga zamonning 
o‘zi ham yo‘l qo‘ymaydi”.
 
Ko‘p hollarda o‘qituvchilar o‘qitish usullarini tanlashda dars va darsdan 
tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya‘ni ularni oqitish 
ta’limini bir tomonini ko‘zda tutib o‘quvchilarning o‘rganishi, ta‘limning ikkinchi 
muhim tomonlarini uyushtirish unga rahbarlik qilish, bilim, malaka va qobiliyatlarini 
sistemali ravishda o‘stirib borish kabi muhim jihatlarini e‘tibordan chetda 
qoldiradilar. 
Shuningdek 
o‘qitishning usul va usullarini tanlash o‘quv 
materiallarining mazmunidagi o‘ziga xosliklarni, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini 
o‘quvchilarning bilimi, malakasini etiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy 
kamchiliklar jumlasidan edi.Bu hol ma‘lum darajada o‘quvchilarning tarix faniga 
qiziqishlari pasayishga umumiy ta‘lim-tarbiya ishlarini natijasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. 
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi (yoki o‘quvchi) larni faqat tayyor 
bilimlarni egalashga o‘rgatib kelingandi. Bunday usul o‘quvchi (yoki o‘quvchi)larda 


-95- 
mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Endi o‘quv 
jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy 
darslar asosida tashkil etish davri keldi. 
Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga 
ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, 
ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib 
olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib 
bormoqda. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish