Vatanimiz ta`limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda



Download 16,66 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi16,66 Kb.
#384718
Bog'liq
epik asar


Vatanimiz ta`limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir.Yangilangan ta’lim to’la ma’noda yangicha tafakkur, sog’lom fikr demakdir. Hozirgi davrda ta’limning qadr -qimmati, obro va nufuziga teng darajada unnig ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo’lmogi zarur. Ta’limdagi muvvafaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo’ladi. Dadil harakat, shijoat tufaylifdir. Shijoatni esa insonga, o’zbek milliy pedagogikasining mumtoz namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm- ma’rifat baxsh eta oladi. Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan.Bilimdon kishilar esa el- yurt ardog’ida bo’lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz xizmati yo’lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir.Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalari o’rganishdir. Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o’z dolzarbligini yo’qotb borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ega bo’lamiz. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta zamin bo’lmoqda. Umumiy o’rta ta’lim sifati ilg’or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda. Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta’lim maskanlari tashkil etildi.Ularda xalqaro tajribalar yo’lga qo’yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi. 2019-yil 26- noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, , Zamonaviy maktab” larni tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida“gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarnng kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi 2030- yilga qadar esa 50 foizini, , zamonaviy maktab” larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi. Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomada maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini takidladi. Maktablarda moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o’quv tarbiya jarayonida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash bo’yicha vazifalarini belgilab berdi. Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg’ulotga ajratilgan.Rivojlantirilgan davlatlarda bu ko`rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi. Shu bois xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikat-siyalarini rivojlantirish vazirligiga o’quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashgu’lotlar ko`lamini oshirish vazifasi qo’yildi. Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo’ldagi say harakatlari bilan o’lchanadi. Bugungi kunda ta`lim mazmuniga bo’lgan e’tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart –sharoitlarga yetib bormoqda...Buning isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta’lim tizimini tahlil qilib o’tamiz.

Pedagogik yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlari adabiy ta’limi ja-rayonini integratsiyalashni quyidagi tizimda ko’rish mumkin:



  1. o’quv, ilmiy va maktab amaliyoti kompleksi integratsiyasi;

  2. oliy o’quv yurti va maktab tizimi integratsiyasi;

  3. adabiyot o’qitish metodikasi kafedrasi va maktab o’quv-metodik birlashmalari integratsiyasi;



  1. ilmiy-o’quv va amaliy markazlar integratsiyasi;

  2. talabalarni ma’lum yo’nalishlarga individual tayyorlash in-tegratsiyasi;



  1. mutaxassislar va talabalarning ijodiy jamoasi integratsiyasi va hk.18.

Adabiy ta’limni integratsiyalash bo’yicha taqdim etilgan bu shakllarning har biri alohida ta’lim muassasalari va turli shart-sharoitlarda o’z xususiyatiga ega, albatta. Ayni zamonda, ta’lim amaliyotini integratsiyalashning bu shakllarida ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan jihatlar ham mavjuona tili darslari

Masalan, «o’quv, ilmiy va maktab amaliyoti kompleksi integratsiyasi»da bo’lajak adabiyot o’qituvchisining adabiyot vaona tili o’qitish metodikasi, adabiyotshunoslik, pedagogika, tarix va hk. fanlar orqali o’zlashtirgan bilimlarini maktab amaliyotida, badiiy asarlar tahlili jarayonida umumlashtirgan holda qo’llay bili-shi nazarda tutiladi. Shu maqsadda oliy pedagogik ta’limda peda-gogik amaliyotlar tashkil etilgan.

Oliy o’quv yurtining faoliyati maktab bilan hamkorliksiz sa-marali bo’lmaydi. Shu ma’noda oliy o’quv yurti va maktab tizimi integratsiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Garchi maktab ham, oliy o’quv yurti ham uzluksiz ta’limning turli bosqichlari bo’lsa-da, bo’lajak o’qituvchini tayyorlashda ularning integratsiyasi taqozo etiladi.

Oliy o’quv yurtlari filologiya fakultetlari adabiyot o’qitish metodikasi kafedralari maktablardagi ona tili va adabiyot bo’yicha o’quv-metodik birlashmalari bilan hamkorlik qilishi, bir-birini zaru-riy ilmiy yangiliklar, nazariy bilimlar va amaliyotdagi o’zgarishlar bilan tanishtirib borishi zarurdir.

Bo’lajak adabiyot o’qituvchilari ham ta’lim markazlarining ish faoliyati, dastur, darslik va boshqa didaktik ashyolarning yaratilish jarayoni, ularga qo’yilayotgan talablar haqida tasavvurga ega bo’lishlari o’ta foydalidir. Oliy o’quv yurtlari filologiya fakultet-lari talabalarini «ma’lum yo’nalishlarga individual tayyorlash in-tegratsiyasi» shakli ham kompetentli o’qituvchilarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, har bir inson o’ziga yarasha qobiliyat, iqtidor va imkoniyatlarga ega. Oliy ta’lim tizimida ta-labalarga xos individual xususiyatlarni ilg’ab, ularni ma’lum so-halarga yo’naltirishlari uchun bunday integratsiya katta ahamiyat kasb etadi.

Bo’lajak adabiyot o’qituvchilarini maktablarda ish olib borayotgan tajribali o’qituvchilar, olimlar, shoir va yozuvchilar bilan hamkorlik qilishi, bu sohalarning xususiyatlaridan xabardor bo’lishi «mutaxassislar va talabalarning ijodiy jamoasi integratsiyasi»ni yuzaga keltiradi.

Davr bo’lajak adabiyot o’qituvchilarining oldiga yangicha ta-lablar qo’ymoqda. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliligi ularning ilmiy salohiyati bilan o’lchanadi. Zamonaviy adabiyot o’qituvchisi o’z maqsad va vazifalarini o’quvchilarning maqsad va vazifalariga moslashtira bilishi taqozo etiladi.

Kelajakda adabiyot o’qitish ishi bilan shug’ullanadigan talabalarning adabiy ta’lim bo’yicha olgan bilimlari o’qitish amaliyotida ona tili, adabiyotshunoslik, tarix, pedagogika, san’atshunoslik fan-lari bo’yicha bilimlari bilan bevosita, ruhshunoslik, tabiatshunos-lik, biologiya va boshqa bir qator fanlar bilan esa bilvosita inte-gratsiyalashadi.



Masalan, Shayxzodaning 5-sinf «Adabiyot» darsligidan o’rin olgan «Iskandar Zulqarnayn» dostonini o’tishda tarix fani; O’. Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasini o’rganishda ruhshunoslik fani; Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasini o’rganishda geografiya; Janni Rodarining 6-sinf «Adabiyot» dars-ligidan o’rin olgan «Hurishni eplolmagan kuchukcha» hikoyasini o’rganishda zoologiya; Abdulla Qahhorning «Bemor», Odil Yo-qubovning «Muzqaymoq» hikoyalari, erkin Vohidovning «Nido» dostonlarini o’rganishda tarix; Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari, Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasi singari adabiy materiallarning mohiyatiga kirishda zoologiya fanlariaro aloqa-dorlikka tayanish, ya’ni shu o’quv fanlarini o’rganish jarayonida o’zlashtirilgan bilimlarni integratsiyalagan holda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Xulosa qilib aytganda, adabiy ta’limni tashkil etishda o’qituvchi va o’quvchilarning boshqa o’quv fanlarini o’zlashtirishda olgan bilimlari ham ma’lum darajada asqotadi.
Download 16,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish