48
11. Mamuriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko’ra
•
tashkiliy hujjatlar;
•
farmoyish hujjatlari;
•
ma‘lumotsimon axborot hujjatlari;
•
hizmat yozishmalari.
Ichki hujjatlar. Ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida
foydalaniladigan hujjatlardir.
Tashqi hujjatlar - muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim
shaxslardan keladigan hujjatlardir.
Sodda hujjatlar - muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi.
Murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi
hususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy
tarkib mavjud bo‘lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi.
Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘lik,
bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni
o‘z ichiga oladi.
Qolipli hujjatlar odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish kog‘ozlariga
yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi. Yangi o‘zgarmas va
o‘zgaruvchi axborotlar shuning uchun bu turdagi hujjatlarga nisbatan ko‘pincha
«yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki,
hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish ish yuritishni
takomillashtirishdagi
istiqbolli yo‘llaridan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir xillikka
olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina
tejash imkoniyatini beradi.
Qolipli hujjatlarga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi malumotnomalar,
ayrim
dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko‘plab
hujjatlarni kiritish mumkin.
Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga
tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib ularning xizmat
49
faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘lik masalalarga
tegishli bo‘ladi.
Asl nusxa xar qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl
nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusha deb yuritiladi, odatda nusxaning
o‘ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga nusha degan belgi qo‘yiladi.
Hujjatchilikda shuningdek aynan va erkin nusxalar xam farqlanadi. Aynan asl
nusxaning barcha xususiyatlarini hujjat zaruriy kismlarining joylashishi mavjud
shakliy
belgilar matndagi bosma, yozma xarf shakllari va shu kabilarni aniq va
to‘liq aks ettiradi. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to‘laligicha ifodalansada,
bu nusxa tashqi xususiyatlari jihatidan bevosita muvofiq kelmaydi, ya‘ni erkin
nusxada asl nusxadagi muhr o‘rniga «muhr» deb, imzo o‘rniga «imzo» deb, gerb
o‘rniga «gerb» deb yozib qo‘yiladi. Ba‘zan muayyan hujjatga to‘lasiga emas, balki
uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday
hollarda hujjatdan nusxa emas, balki
ko‘chirma olinadi. Asl nusha yuqolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi
beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huqukiy
maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa
ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar
bilan aloqalarning xuquqiy
tomonlari kabi masalalarini aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari,
shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar jumlasiga kiradi.
Ma‘lumotsimon axborot hujjatlari ancha katta guruxni tashkil qiladi, bunday
hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh
dalolatnoma, ma‘lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot,
ishonchnoma,
tavsifnoma kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: