3
АННОТАЦИЯ
Учебное пособие,
которое предлагается читателю, содержит образцы
наиболее значимых документов, оформляемых кадровой службой. В
настоящее время объем работы этой службы значительно возрос. Это
связано с необходимостью заключения трудового договора в письменной
форме, подготовкой приказов на всех стадиях трудового отношения,
начиная с приема на работу и заканчивая увольнением. На
практике нет
общего мнения, как лучше оформлять совмещение профессий
(должностей), изменения трудового договора в форме постоянного и
временного перевода на другую работу. Следует также различать
положения, которые являются неотъемлемой частью трудового договора, и
соглашения, имеющие самостоятельное значение. На
эти и многие другие
вопросы отвечает настоящая книга.
Данное учебное пособие предназначено для студентов направления
обучения «Кадровый менежмент» -
5231700
.
4
Kirish
Har qanday korxona, tashkilot va muassasaning erishgan yutuqlari, mavqei,
eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan xodimlar salohiyati va malakasi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Bunda bevosita xodimlarni ishga qabul qilish, boshqarish,
o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish, mehnat intizomiga rioya etishni ta‘minlash va
nazorat
qilib borish, qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini
tuzish yoki bekor qilish kabi muhim masalalarni amalga oshiruvchi Kadrlar
xizmatining o‘rni beqiyosdir.
Aksariyat tashkilot, korxona va muassasalarda Kadrlar xizmati bo‘limi
mustaqil bo‘lim sifatida faoliyat yuritib, unga rahbar tomonidan tayinlangan bo‘lim
boshlig‘i rahbarlik qiladi. Bo‘limning asosiy vazifasi tashkilot xodimlari
faoliyatiga oid
hujjatlarni rasmiylashtirish, asosiy shtat lavozimida ishlayotgan
xodimlar attestastiyasini tashkil etishda ko‘maklashish, ularni davlat, vazirlik va
tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash uchun hujjatlarini taqdim etish,
xodimlarni
shaxsiy hujjatlarini yuritish va saqlovini ta‘minlash, belgilangan tartibda tashkilot
nomidan mehnat faoliyatiga doir ma‘lumotlar, buyruqdan ko‘chirmalarni
rasmiylashtirish, tegishli davlat organlaridan kelib tushgan so‘rovnomalar hamda
fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida javob yo‘llashni tashkil etishdan iboratdir.
Bugungi kunda biron-bir tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatini
hujjatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazmunan va shaklan turli-tuman bo‘lgan
ushbu hujjatlar kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan.
Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa bo‘lmay, kishilik jamiyati
shakllanishi bilanoq, jamiyat a‘zolari o‘zaro munosabatlaridagi
muhim holatlarni
muntazam ravishda qayd etib borishgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat
tashkilotlari, muassasalari hamda korxonalari, xususan, kadrlar xizmatida ish
yuritishni sifatli yo‘lga qo‘yish mustaqil davlatimiz taraqqiyoti uchun zarur
bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Shu sababli, o‘quv qo‘llanmada
respublikamiz tashkilotlarda kadrlarga oid ish yuritish asoslari, hujjatlarning
turlari, ularni tuzish tartibi, shakli, mazmuni, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda
ijrosini nazorat qilish borasida ilmiy bilim va fikr-mulohazalar yuritilgan.
5
Shuningdek, ―Kadrlar xizmatida ish yuritish‖
fanining dolzarb masalalari
sirasiga tashklotlarda xodimlarni boshqarish, ularga ta‘lluqli ish yuritishni tashkil
etish haqidagi bilimlarni mustahkamlash, tegishli huquqiy-me‘yoriy hujjatlar,
ilmiy
adabiyotlar, sohaga oid olib borilayotgan yangi ilmiy-tadqiqot ishlari, fan
bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida mutaxassis kadrlarlarga qo‘yilayotgan
talablarni o‘rganish kabilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: