Tinish belgilari
Tinish belgilari
- muayyan
tilda
yozma
nutqni
toʻgʻri, ifodali,
mantiqli
bayon qilishda, uni
ixchamlashda, yozma nutq qismlari (
ran boʻlaklari
)ning oʻzaro mantiqiygrammatik
munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari
markaziy, asosiy belgilar tizimiga (
harflar
va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha,
yordamchi belgilar tizimidan (
raqamlar
,
turli
fanlarga
oid
ilmiy
belgilar,
bosmaxona
belgilari)
maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning
yozuvda
qoʻllanishi oʻziga xos tizimga
ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi —
punktuatsiyani
vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar,
diakritik
belgilar
) xamda til birliklari (
soʻzlar
,
morfemalar
) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha
fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib,
yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning
asosiy vazifasi nutqning
mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish,
shuningdek, uning
sintaktik
tuzilishi va
intonatsion
jihatini
aniqlashga yordam berishdir.
Hozirgi
oʻzbek yozuvida
Tinish belgilari soni 10 ta:
nuqta
,
soʻroq belgisi
undov belgisi
,
vergul
,
qavs
,
tire
,
koʻp nuqta
,
nuqtali vergul
,
qoʻshtirnoq
. Ularning aksariyati
19-asr
2yarmida ayrim
gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan.
Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan
sintaktik tuzilmaning yoki umuman
gapning
chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini
intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan
shaxs
yoki
predmet
nomi
qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan
sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona
qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish
belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va
ergash
gaplar
, bogʻlangan va
bogʻlovchisiz
qoʻshma gaplarning
predikativ
qismlari)ni, gapning
uyushgan boʻlaklarini
,
birgalik
ergashishli
qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning
boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq
va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul,
ikki
nuqta
, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini
namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish
belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz
navbatida, 2
elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta)
va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari
3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov
belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul)
va aralash, yaʼni gapning turli
oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta).
Tinish belgilari ning qoʻllanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik,
uslubiy
va
differensiatsiya
(farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.
[1]
Abdurahmonov Gʻ., Punktuatsiya oʻqitish metodikasi, T., 1968; Nazarov K., Oʻzbek tili
punktuatsiyasi, T., 1976.
1.
Abduvahob Madvaliyev, Neʼmat Mahkamov.
O`zME
, 2000-2005
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tinish_b
elgilari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Manbalar