12.3.Kadrlar xizmatida zamonaviy axborotlashtirilgan tizimlar
Bugungi
kun
amaliyotida
personalni
boshqarishning
zamonaviy
avtomatlashtirilgan tizimi odatda 3 ta: „Shtatlar jadvali‖, „Xodimlarni hisobga
213
olish‖, „Ish haqini hisoblab chiqish‖ modullaridan iboratdir. So‘nggi vaqtda esa
ular nomzodlarni tanlash va xodim-larni attestastiya qilish, kadrlar bo‘yicha
qarorlar qabul qilish, personalni boshqarishni axborot-taxliliy qo‘llab-quvvatlash
tizimlari bilan to‘ldirmoqda.
1
Mazkur tizimlardan foydalanilgan holda quyidagi natijalarga erishish
mumkin;
—buyruklar hamda personalga oid hujjatlar aylanmasini qo‘llab-quvvatlash
asosida oqilona kadrlar siyosatini o‘tkazish;
—har qanday korxona va tashkilot tarkibini modellashtirish, shu jumladan
balans birliklarini ajratib hisoblash;
—xodimlarni tezkor hisobga olish, barcha funkdiyalari ijrosini ta‘minlash;
—kadrlar resurslarini rejalashtirish va belgilangan rejalarni (kadrlar zaxirasi
bilan ishlashdan tortib, personal malakasini oshirishgacha) izchil amalga oshirish;
—ish haqini hisoblab chiqish bo‘yicha barcha operastiyalarni bajarish;
—barcha standart hisobot formalarini to‘ldirish hamda har qanday boshqa
hisobotlarni tayyorlash;
—korxona va tashkilotdagi boshqa dasturiy tizimlar bilan integrastiyalash
imkoniyati;
—yuqori tashkilotlar davlat organlari uchun hisobotlarni shakllantirish.
„Shtatlar jadvali" moduli korxona yoki tashkilot tarkibini aks etgirish va
ularning shtatlar jadvalini yuritishni ta‘minlaydi. Korxona (tashkilot) tarkibi hamda
uning shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi hujjatlar (buyruqlar,
farmoyishlar, qarorlar)ni tayyorlash va hisobga olish shtatlar jadvalini yuritishning
muhim va zarur elementi hisoblanadi. Ma‘lumki, korxona (tashkilot) bo‘lim
xizmatlaridan tarkib topadi. Shuninguchun har bir bo‘lim va xizmat shtat birliklari,
ularning tasnifi modullashtiriladi. Bu shtatlar jadvali va birliklarini hisobga olib
borish, mazkur masala yuzasidan hisobotlar tayyorlash imkonini yaratadi.
Modulning ba‘zi funkstional imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir:
—har qanday murakkablikka ega korxona (tashkilot) korporativ tarkibini
ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
214
—korxona (tashkilot) bo‘limlari bo‘ysunishi ko‘rinishlarini shakllantirish.
Tayyorlangan hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) asosida bo‘linmalar
bo‘ysunishlari shakllarini o‘zgartirish, ya‘ni bo‘ysunish shakllarini ishlab chiqish,
ularni takomil-lashtirib borish;
—korxona (tashkilot) tarkibiy bo‘limlari shtatlar jadvalini shakllantirish.
Amaldagi va rejalashtirilayotgan shtatlar jadvalini yuritish;
—tayyorlangan buyruqlar asosida shtat birliklarini, ish haqi miqdorlarini
qayta guruhlashtirish, o‘zgartirish, takomillashtirish;
—ham tarkibiy bo‘linmalar va xizmatlar, ham umuman korxona (tashkilot)
bo‘yicha shtatlar jadvali, personalni amalda joy-joyiga qo‘yilishi bo‘yicha asosiy
hisobot shakllarini tayyorlash;
—ish haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar, mehnatga ishbay va vaqtbay
haqto‘lash, tarif setkalari, razryadlari, koeffistientlari bo‘yicha tegishli hisob-kitob
ishlarini amalga oshirish;
—mehnatga haq to‘lashga doir buyruqlarni tayyorlash.
„Kadrlarni hisobga olish" moduli
rahbarlar va personal bo‘yicha
mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Uning vositasida xodimlarni ishga qabul qilish,
xizmat lavozimlarida siljitish, ishdan bo‘shatish bo‘yicha barcha asosiy
operastiyalarni amalga oshirish mumkin. Buning uchun xodimlarning hamda
muayyan lavozimga nomzodlarning shaxsiy varaqlaridan foydalaniladi. Korxona
va tashkilotda xodimlar faoliyat boshlashi bilan ularga oid hujjatlar (buyruqlar,
farmonlar, qarorlar)ni tezlik bilan tayyorlash va hisobga olish choralari ko‘riladi.
Modulning baza-funkstiyali imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir:
1.
Me‘yoriy ma‘lumot axborotlarini shakllantirish va olib borish.
2.
Personal
to‘g‘risida
to‘la-to‘kis
axborotni
olib
borish.
Shu jumladan:
—xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish;
—xizmat lavozimida siljitishlar, xizmat vazifasini bajarish, o‘rindoshlik;
—shaxsiy kartochkalar, mehnat kartochkalari;
—mehnat staji (umumiy, uzluksiz, mazkur korxonada va hokazolar);
215
—ta‘tillarni rasmiylashtirish;
—vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
—xizmat safarlari hujjatlarini rasmiylashtirish;
—rag‘batlantirish, jazolash, imtiyozlar, sug‘urta xizmatlarini hisobga olish;
—harbiy xizmatga majburlar bo‘yicha ma‘lumotlar.
3. Korxona (tashkilot)dagi kadrlar zaxirasi bilan ishlash.
4.
Personal attestastiyasini rejalashtirish va o‘tkazish, attestastiya natijalari
bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
5.
Ishga qabul qilishda lavozimga nomzodlar bilan ish olib borish.
6.
Arxiv bilan ish olib borish.
7.
Xodimlarni ishga olish, xizmat vazifasida siljitish, ishdan bo‘shatishga oid
buyruqlar tayyorlash.
8.
Turli ma‘lumotlar va hujjatlarni shakllantirish.
„Tabel hisobi‖ moduli
yordamida maxsus ajratilgan xodim yoki ish haqi
bo‘yicha mutaxassis tomonidan ish vaqtining har kungi hisobi olib boriladi yoki
muayyan davr uchun tabel (ishda bo‘lmaslik—ta‘tillar, kasallik, xizmat safarlari va
hokazolar) shakllantiriladi. Bu tabel bo‘limlar bo‘yicha ham, umuman korxona
(tashkilot) bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin. Oy davomida ishlangan vaqt har
xodim bo‘yicha hamda ishlangan vaqtning har bir turi bo‘yicha jamlanib, ish
haqini hisoblab chiqishda qo‘llash uchun„Ish haqi hisobi‖moduliga uzatiladi.
„Ish haqi hisobi" moduli
korxona (tashkilot) xodimlari ish haqini hisoblab
chiqishni tezlik bilan amalga oshirish hamda ushbu hisobga asoslanib, turli
hujjatlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.
Modulning funkstional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
—ish haqini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan me‘yoriy ma‘lumot
axborotlarni (eng kam ish haqi miqdori, to‘lov turlari va hokazolar) shakllantirish
va olib borish;
—xodimlar bo‘yicha axborot ma‘lumotlarini (daromad solig‘i bo‘yicha
imtiyozlar, doimiy amal qiladigan to‘lov turlari va hokazolar) shakllantirish va olib
borish;
216
—tabel hisobini (ish haqini hisoblab chiqish uchun zarur miqstorda) va
bevosita to‘lovlarni olib borish;
—avanslar, ish haqi, ta‘tillar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik va
hokazolarni hisoblab chiqish;
—o‘tgan davrlar uchun ish haqini qayta hisoblab chiqish;
—pensiya jamg‘armasi, soliq inspekstiyasiga hisobotlarni tayyorlash.
Yuqorida qayd etilgan funkstiyalarni bajarish uchun asos sifatida buyruqlar
hamda avtomatlashtirilgan tizim boshqa modulli ma‘lumotlaridan foydalaniladi.
„Tizim ma‘muri‖ moduli
tizim ma‘lumotlar bazasini boshqaruvchi
mutaxassislarga mo‘ljallangan. U avtomat tizimidan foydalanuvchilarning
ma‘lumot bazasi, dasturiy modullar, funkstiyali imkoniyatlariga kirish huquqlarini
chegaralashni ta‘minlaydi.
Axborot resurslari muhofaza qilinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining„Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish to‘g‘risida‖gi qaroriga muvofiq davlat axborot resurslarini
muhofaza qilishning kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlari va dasturiy apparat
vositalarini o‘z ichiga oluvchi tizim bilan ta‘minlanishi ko‘zda tutilgan. Xususan,
mazkur dastur apparat vositalari:
—axborot xavfsizligi tahdidini aniklash, uning oldi olinishi;
—shakllantirish, foydalanish, ishlash, berish va saklashda ma‘lumotlarning
yaxlitligini;
—ruxsat berilmagan, erkin foydalanishdan muhofaza qilishni, axborot
resurslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni;
—ma‘lumotlarni zaxiralashtirish va tiklash tizimini;
—axborot xavfsizligini ta‘minlash tizimining yaxlitligi va ish qobiliyati
nazorat qilinishini ta‘minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |