211
—bazaviy axborot resurslariga;
—maxsus axborot resurslariga bo‘linadi.
Barcha
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga
berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan axborot
resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi.
Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga O‘zbekiston
Respublikasi davlat
axborot resurslari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari
bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha,
O‘zbekistonning tabiiy resurslari bo‘yicha, davlat organlarining veb-saytlari
bo‘yicha, umumiy foydalanadigan boshqa axborot resurslari bo‘yicha ma‘lumotlar
bazasi kiradi.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy
shaxslarning tor kasbiy, o‘ziga xos
vazifalarini hal etishga mo‘ljallangan, foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot
resurslari maxsus davlat axborot resurslari hisoblanadi.
Maxsus davlat axborot resurslari tarkibiga:
—idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining;
—davlat byudjet mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan yuridik va jismoniy
shaxslarning;
—yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari
va maxfiy axborotga ega
bo‘lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.
Davlat axborot resurslarini shakllantirishda:
—taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi vato‘liqligi;
—jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga
bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish;
—axborot xavfsizligi;
—axborotning davlat organlari tomonidan foydalanish uchun shart
:
sharoitlari;
—davlat axborot resurslarining axborot-texnologik mosligi;
—davlat axborot resurslarini arxivlashtirish tizimi ta‘minlanadi.
Personalni boshqarishni axborotlashtirishga tizimli yondashuv
talab etiladi.
Bunday yondashuv quyidagi bosqichlardan iboratdir:
212
—personalni boshqarish jarayonlarini axborotlashtirishni loyihalashdan avval
tadqiq etish;
—personalni boshqarishni avtomatlashtirish
va kompyuterlash tizimini
loyihalash;
—tizimni yaratishni tegishli texnik vositalari bilan ta‘minlash;
—tizimni sinab ko‘rish, tegishli o‘zgartirishlar kiritish, personalni
boshqarishni ta‘minlash, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish;
—personalni boshqarish xizmati xodimlarini
avtomatlashtirilgan tizimda
ishlashga o‘rgatish, ularni tegishli yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar bilan
ta‘minlash.
Ana shu bosqichlarning dastlabkisi — loyihalashdan avval tadqiqotlar
o‘tkazishda quyidagi masalalarni chuqur tahlil etib chiqish talab etiladi:
—
personalni boshqarish xizmati funkstiyali tarkibi va uning axborot faoliyati;
—
mavjud axborot resurslari ;
—
axborot ehtiyojiga ega axborot oqimlari;
—
axborot oqimlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari
va buning maqsadga
muvofiqligi.
Personalni boshqarishni avtomatlashtirish vazifalarini amalga oshirishga
qaratilgan kompleks avtomatlashtirish va kompyuterlash tizimi quyidagicha (10.1-
rasm) bo‘lishi mumkin. Mazkur tizimga ko‘ra avtomatlashtirilgan ish joylari
shaxsiy kompyuterlardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.
Server esa quvvati ancha kuchliroq bo‘lgan kompyuterga ega bo‘ladi.
Avtomatlashtirilgan ish joylari bilan server o‘rtasida
axborot oqimlari muttasil
almashib turiladi: kompyuterlarga axborotlar kiritiladi, ko‘zda tutilgan tartib va
shakllarda
axborot olinadi, ular bilan ish olib boriladi, so‘rov yoki mavjud
axborotni ishlash orqali hujjatlar chiqariladi va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: