1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Hujayra organellalari.
Protoplastlar hujayra organellalari uchun retsi-
piyent sifatida ham keng qo‗llaniladi. 1973 yilda I.Potrikuss va F.Xoffman 
tomonidan petuniya hujayrasi yadrosi va boshqa bir qator organellalari tamaki 
protoplastiga muvaffaqiyatli ravishda transplantatsiya qilindi, ya‘ni ko‗chirib 
o‗tkazildi.
Bunda 
Sendvich – uslubi 
yordamida transplantatsiya jarayoni protop-
lastda kuchsiz deplazmoliz holatini yuzaga keltirib amalga oshiriladi. Yadro va 


47 
protoplast ko‗chirib o‗tkazilish jarayonidan oldin hujayra membranasini modi-
fikatsiyalovchi lizotsim moddasi bilan ishlov beriladi. Keyin sentrifugalash 
yordamida yadro va protoplast cho‗ktiriladi. Sentrifugalashda bir nechta qatlam 
hosil bo‗ladi. Sentrifuga probirkasi osmotik holatni vujudga keltiruvchi magnit 
bilan lizotsimsiz sharoitda to‗ldiriladi hamda, 140 g tezlikda yarim soat davo-
mida sentrifugalanadi, so‗ngra 2 soat davomida +4
о
С haroratda qoldiriladi. 
Hosil bo‗lgan cho‗kma resuspenziyalanadi va mikroskop ostida tekshiriladi. 
Bunda yadroni, sitoplazma va vakuolalarni bemalol ko‗rish mumkin. Ba‘zi hol-
larda yadroni ko‗chirib o‗tkazishda hayotiy xususiyatga ega gibridlar yuzaga 
keladi yoki hujayra siklida xo‗jayin va begona yadro o‗rtasidagi aloqa 
yo‗qoladi.
Shuningdek, 
hujayra 
organellarini liposoma yor-
damida ko‗chirib o‗tkazish 
mumkin. 
Fosfatidilserin, 
xolisterol kabi moddalardan 
foydalangan holatda bir yoki 
ko‗p qobiqli zarrachalar pro-
toplast membranasiga ki-
ritiladi. Organellalarni mik-
roinyeksiya yo‗li bilan xam 
ko‗chirib o‗tkazish mumkin. 
Bu usul hujayraga DNK, 
RNK molekulalarini kiriti-
shda keng qo‗llanilib, o‘sim-
lik hujayralari organellalari-
ni ko‗chirib o‗tkazish jarayonida ham yaxshi natijalar bera boshladi (5-rasm). 
Hujayra yadrosidan tashqari mitoxondriya va xloroplastlarni ham ko‗chi-
rib o‗tkazish mumkin. Bu hujayra organellalarini ko‗chirib o‗tkazishda ular-
ning yarim avtonomlik xususiyati qo‗l keladi. Ya‘ni bu organellalar tarkibida 
hujayra umumiy genomidan tashqari xususiy DNK molekulalari mavjud va 
hujayra irsiy moddasidan alohida holatda mustaqil bo‗linish, ko‗payish 
xususiyatiga ega. Shuningdek bu organellalar o‗simlik organizmi uchun muhim 
bo‗lgan fotosintez, nafas olish kabi fiziologik jarayonlarning amalga oshishida 
muhim ahamiyatga ega. O‗simlik hujayrasi xloroplastlarini ko‗chirib o‗tkazish 
orqali xo‗jalik ahamiyatiga ega yangi o‗simlik turlarini yaratish imkoniyati 
tug‗iladi. Faol xloroplastlar transplantatsiyasi orqali esa o‗simlikda fotosintez 
va hosildorlikni oshirish mumkin.


48 
Transplantatsiyada hujayra organellarini saqlash jarayoni muhim ahami-
yatga ega bo‗lib, bunda keyingi yillarda subprotoplastlar, ya‘ni protoplastlar-
ning qismlaridan foydalaniladi. Bu ko‗rinishdagi material tarkibida sitoplazma 
qismi ancha ko‗p miqdorda bo‗lib, yadrosiz, (sitoplast holida), yoki yadro miq-
dori kam bo‗lgan, ya‘ni karioplast holida, bo‗lishi yoki, sitop-lazma moddasi 
kam bo‗lgan, mikroprotoplastlar holida bo‗lishi mumkin. Hujayrani biologik 
jihatdan qayta tuzish odam ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydali belgilarga 
ega hujayralar, hujayra tizimlari va butun o‗simliklarni yaratish imkoniyatini 
oshiradi. Biologik jihatdan hujayrani qayta tuzish deganda faqatgina hujayraga 
organellalarni ko‗chirib o‗tkazish tushunilmaydi. Hujayraga DNK molekulasi 
qismlari yoki xromosoma ko‗rinishidagi begona genetik materialni kiritish 
orqali o‗simlik hujayrasi genomini modifikatsiyalash mumkin. Shuningdek, 
alohida ajratilgan protop-lastlarga mikroorganizm hujayrasini kiritish orqali 
sun‘iy assotsiatsiya vujudga keltiriladi. 



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish