1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

turneps,
Arabidobrassica
o‗simligi yaratilgan. Bu gibrid o‗sim-
likda ildiz va poya morfogenezi amalga oshadi, ammo gul hosil qilmaydi. Tashqi 
ko‗rinishidan yaratilgan gibrid ko‗plab nuqsonlarga ega bo‗lgan.
Datura innoxia

Atropa belladonna
gibridini yaratishga urinish asosida 
yangi o‗simlik vujudga keltirilgan. Bunda barcha hollarda ona o‗simliklar xro-
mosomalari qayd etilgan. Yaratilgan amfiploidlar poya morfogenezini namo-
yon qilmaydi, poliploid va aneuploid xromosoma to‗plamiga ega o‗simliklarda 
esa anomal ko‗rinishga ega poya yuzaga keladi. Yaratilgan gibrid bepusht 
bo‗lib chiqdi. 
Boshqa tajribalarda shoyigul o‗simligi protoplastlari va xitoy tamakisi 
kallus hujayralari asosida gibrid olishga urinib ko‗rildi. Bunda 12 ta klon 
vujudga keltirildi. Barcha klonlarda ona o‗simliklar xromosomalari mavjudligi 
qayd etildi. Ikki yildan so‗ng ikkita klonda faqat shoyigulga tegishli xromo-
somalar yuzaga kelishi kuzatildi.
Sabzi + zira o‗simliklari kallus to‗qimasi asosida gibridini yaratishga 
urinishda esa yarim yildan so‗ngra anomal ko‗rinishga ega o‗simlik yaratildi. 
Ulardan biri hatto gullaydi, ammo changchi, urug‗chilarni hosil qilmaydi.
Ushbu laboratoriyada o‗tkazilgan yana bir qiziqarli tajribada xlorofill 
tanqisligiga ega tamaki o‗simligi va shoyigul gibridini yaratishga urinib ko‗ril-di. 
Bunda 40 ta fotosintez xususiyatiga ega bo‗lgan koloniyalar yaratildi, shun-dan 4 
ta liniya normal shoyigul belgilariga ega bo‗ldi, 4 tasi esa morfologik anomal 
belgilarga ega tamaki + shoyigul gibridini hosil qildi. Qolganlari esa tamakiga 
o‗xshash yashil rangli, gullash va urug‗ berish xususiyatlariga ega bo‗lgan o‗sim-
liklar iborat bo‗ldi. Bu o‗simliklarda tamaki xromosomalari va shoyigul protop-
lastlari mavjudligi aniqlandi. Dastlabki o‗simlik oilalariaro gibridlarni olishga 
urinish 1976-77 yillar davomida K. Kao va V. Vetter tomonidan olib borildi. Ular 


46 
soya va tamaki o‗simliklari gibridini yaratishga urinishgan. Keyinroq esa shunga 
o‗xshash tajribalarni Y.Y.Gleb no‗xatak + tamaki va piyoz + tamaki o‗simliklari 
ustida olib bordi. I.F.Kanevskiy 
N. tabacum

Vicia faba
o‗simliklari gibridini 
yaratishda qisman muvaffaqiyatga erishdi.
Olib borilgan barcha tajribalarda hosil qilingan gibridlardagi ona 
o‗simlikning birortasida ham xromosomalarining mustaqil bo‗linishi kuzati-
lmaydi. O‗simliklarda oilalar o‗rtasida gibridlash jarayonida esa hujayralarda 
ko‗p yadrolilik yuzaga keladi, shuningdek gigant xromosomalar kuzatiladi. 
Anafaza bosqichida ona o‗simliklar xromosomalarining hujayrada taqribiy 
ravishda taqsimlanishi qayd etiladi. Bu ko‗rinishdagi materialda morfogenez 
jarayoni qayd etilmaydi. Alohida ajratilgan hujayralar asosida gibridlash o‗ziga 
xos quyidagi belgilarga ega: 
1. Gibrid holatning nisbiy barqarorligi, ya‘ni bunda vaqt o‗tishi bilan ona 
o‗simliklarning birortasini xromosomalari to‗liq yo‗qotiladi. 
2. Genetik qayta qurilish, ya‘ni xromosomalar rekonstruksiyasi va qisman 
yo‗qotilish jarayoni amalga oshadi. 
3. Gibrid hujayra klonlarining genetik jihatdan turli xil sifatiy belgilarga 
ega bo‗lishi. 
4. Morfogenetik xususiyatning cheklanishi. 
Nisbatan yuqori taksanomik birliklarga ega bo‗lgan organizmlar orasida 
o‗tkaziladigan gibridlashda, (ya‘ni o‗simliklar va hayvonlar gibridini yaratish-
da) jarayonning dastlabki bosqichida turlarga xos xususiyatlarning qarshiligi 
unchalik sezilmaydi. Ammo ontogenezning keyingi bosqichlarida esa bu 
qarshilik orta borishi kuzatilgan. Masalan, arabidopsis va tamaki protoplastlari 
bilan odam limfotsit hujayralarini qo‗shish ustida olib borilgan tajribalarda 
sitoplazma, yadro kabi qismlar o‗zaro qo‗shilish xususiyatini namoyon qilmay-
di. Edvard Kokking tomonidan sabzi protoplastlari bilan amfibiya hujayralarini 
gibridlab ularning ultrastrukturasi o‗rganilgan. Bunda hujayralar yadrolari 
qo‗shilgandan so‗ngra amfibiya hujayrasi yadrosi o‗zining qobig‗i bilan o‗ralib 
olishi qayd etilgan. 48 soatdan so‗ng esa sitoplazmalar aralashishi ro‗y berishi 
hamda qisman geterokarion atrofida hujayra qobig‗i regeneratsiyasi amalga 
oshishi kuzatilgan.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish