Bog'liq yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi
85 7 – BOB. O„SIMLIKLAR GENOFONDINI SAQLAB QOLISHDA BIOTEXNOLOGIYANING KRIOSAQLASH USULIDAN FOYDALANISH O‗simliklar somatik xujayralarining suyuq azotda (-196
o
C haroratda)
kriosaqlanishi (kriokonservatsiya) biotexnologiyaning yangi yo‗nalishi bo‗lib,
u 1970 yillarda keng rivojlana boshladi. Bu texnologiyaning maqsadi kelgusida
o‗simliklar genofondini bir necha yuz va hatto bir necha ming yillab saqlab
turishdan iborat. Shunday ekan,yo‗qolib borayotgan o‗simliklar turlari geno-
fondlarini saqlash va kelgusi avlodlarga qoldirish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biridir. Bundan 70-80 yil muqaddam N.I.Vavilov (1887-1943)
dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida bo‗lib madaniy o‗simliklar urug‗larining
eng katta kolleksiyasini to‗plagan. Bu urug‗lar (genofondini saqlash maqsadi-
da) unuvchanligini yo‗qotmasligi uchun optimal haroratlarda saqlanmoqda.
Bunday ishlarni amalga oshirish uchun ancha katta mablag‗ talab etilmaydi.
Bundan tashqari hozirgi kunda biotexnologik usullar asosida o‗simliklarning
yangi turlari ham yaratilmoqda. Buday o‗simliklarning genofondlarini biotex-
nologik usullar asosida saqlash ancha qulay va arzondir. Bunda avvalambor
ma‘lum bir foydali belgilarga ega bo‗lgan hujayralar liniyalari yaratiladi, keyin
esa bu belgilarni (genlarni) keyingi avlodlarda saqlab qolish muammosi
tug‗iladi. O‗simliklardagi irsiy axborot, ularning urug‗ hujayralarida saqlanadi.
Ammo turli xil boshqa zararli ta‘sirlar va mutatsiyalar natijasida bu to‗kislikka
putur yetishi va urug‗lar o‗z unuvchanlik xususiyatini yo‗qotishi mumkin.
Shuning uchun ko‗pchilik o‗simliklarda vegetativ ko‗payish (ildiz, poya, barg)
usuli ustunlik qiladi. Bu esa
in vitro o‗stirish jarayonida ota-ona (boshlang‗ich)
belgilarining saqlanishini yana bir bor isbotlaydi. Ikkinchi tomondan hujayralar
seleksiyasida ikkilamchi meta-bolitlar sintezi nisbatan yuqori bo‗lgan liniyalar
yaratiladi va bu belgilarni saqlab qolish ham talab etiladi.
Turli xil to‗qimalar ustida fiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar olib
borilayotganda, to‗qimalarda kechuvchi jarayonlarni standart sharoitlarda
o‗rganish talab etiladi. Bu esa organizm genefondini saqlash masalasining
dolzarbligi hisoblanadi. Kartoshka o‗simligida genfondni saqlash maqsadida
probirka sharoitida tugunak ko‗rinishidagi holatdan foydalaniladi.
Hujayrani o‗sish jarayonini susaytirish, qotirish va quritish usullaridan
foydalanish belgilarni saqlashda qisman yordam berishi mumkin. Ammo bunda
mutatsiyalar soni ortish ehtimolligi ortadi, shuningdek begona genetik material
bilan zararlanish kuchayadi. Bu albatta qo‗shimcha tarzdagi mehnat va mab-
lag‗ni talab qiladi. Tajribalarda maqsad hujayralarni ekish oraliq vaqti davo-
miyligini iloji boricha uzaytirishga qaratiladi. Bunda bir qator usullardan