26 - rasm. Hujayrani muzlatish jarayoni:
1) sekin bosqichli 2) tezkor usulda.
88
1. Sekin bosqichli usulda, +20 dan +28
0
C haroratgacha har minutiga
1 gradus tezlikda muzlatishda harorat o‗zgarishi 15 minut davomida ushlana-
di. Odatda o‗simlik hujayralari uchun o‗rtacha muzlatish ko‗rsatkichlari
minutiga 0,5 gradus tezlikda -35
0
С haroratgacha olib borilshi mumkin.
2. Tezkor usul bu suyuq azotga joylashtirish bo‗lib bunda – 196
0
C
haroratda bir zumda muzlash jarayoni amalga oshadi.
Muzlatish jarayoni maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi. Agar bu tipda-
gi qurilmalar mavjud bo‗lmasa, oddiy spirtli hammomdan foydalanib jarayonni
o‗tkazish mumkin. Bunda 0,5-1,0 litr spirt metall kolbali termosga solinadi va
uning ichida o‗stirilgan hujayralar mavjud ampulalar yoki probirkalar joylash-
tiriladi. 15 minutdan so‗ng suyuq azot yoki quruq muz solinadi; bunda harorat -
32
o
C ga keltiriladi. Muzlatishda harorat -28 dan kam bo‗lmasligi va -32
0
С dan
yuqori bo‗lmasligi talab qilinadi.
Muzlatish jarayonida ampulalar pinset yordamida +37+40
о
С haroratli suv
hammomiga joylashtiriladi. Bunda 1 ml hajmli ampulaning muzlashi uchun 30-
60 sekund vaqt talab etiladi. Muzlatishdan so‗ng o‗simlik hujayralari 3-10 % li
saxaroza eritmasi bilan yuviladi. Hujayralarning hayotchanlik xususiyatini
bilish uchun bo‗yalishiga sabab bo‗luvchi maxsus bo‗yoqlar yordamida ishlov
berish orqali tekshiriladi. Yakuniy tahlil sifatida muzlatilgan hujayralarning
standart holatdagi ozuqa muhitiga qaytarilganda yana o‗sish rivojlanishi bosh-
lanishini tekshirish hisoblanadi.
Hayvon hujayralarini muzlatishdan so‗ng qayta ekish jarayonida 1-2
ekishlarda viruslar bilan zararlanish darajasi ancha yuqori bo‗lishi kuzatiladi.
Keyingi ekishlarda viruslarga nisbatan sezgirlik bo‗yicha esa oldingi ko‗rinish-
dagi holat qayta yuzaga keladi. Hayvon hujayralarining muzlatilish jarayoni
o‗simlik hujayralarini muzlatish jarayonidan bir oz farq qiliib hayvon hujayra-
larini muzlatishda ma‘lum bir qo‗shimcha moddalar bilan ishlov berilishishi
talab etiladi.
Bulardan tashqari o‗simlik hujayralarini o‗sish jarayonini susaytirish
uchun quyidagi usullardan amal qilinadi:
1. Bakteriya va zamburug‗ hujayralarini o‗stirishda mineral moy
qobig‗ini yuzaga keltirish.
2. Hujayra o‗stirilayotgan muhitda atmosfera bosimi va gaz tarkibini
o‗zgartirish.
3. Yorug‗lik rejimini o‗zgartirish.
4. Faol o‗sishni susaytirish darajasiga yetguncha sovitish.
5. Gormonal va osmotik ingibitorlardan foydalanish. Gormonal ingibitor
sifatida ko‗pincha o‗simlik hujayralari uchun xlorxolinxlorid, osmotik ingibitor
sifatida mannit 3 – 6 % konsentratsiyada qo‗llaniladi.
89
6. Ozuqa muhitida СaCl
2
ni Ca(NO
3
)
2
ga almashtirish.
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki,o‗sishni sekinlashtirish uchun
umumiy o‗sish davrida optimal sharoitdagi sekin o‗sishning borishi, kam sonli
ekishlar uchun xos xususiyatdir. Bunaqa ekishlar, zaruratdagi o‗tqazishlar
o‗rtasidagi vaqtni kamaytirish va saqlashning ―faol kolleksiya‖ sharoitlarini
mos ravishda ta‘minlanishining maxsus qayta ishlovlarini talab qilmaydi. Biroq
ko‗pgina ekishlar uchun zaruriy omillar, o‗sishni cheklaydi. Xususan, o‗sishni
sekinlashtiruvchi omil bu - haroratning pasayishidir. Boshqa bir yo‗li esa,
ko‗pincha birinchisi bilan bog‗liq holda, gormonal yoki osmotik ingibitorlar-
dan foydalanishni o‗z ichiga oladi. O‗sish bosimi ostida yorqin namunalarni
yo‗qotilgan yoki qisqartirilgan zaruriy oziq moddalar miqdori hisobiga topish
haddan tashqari qiyin. Juda ham kamdan-kam hollarda o‗sishni sekinlashtirish
uchun kislorod ta‘minoti sathini kamaytirishdan foydalanilgan. Bu yo‗llar
qo‗shimcha izlanishlarni talab etadi.
Kriosaqlash ko‗pgina ekishlarning sekin o‗sish tezligiga ega bo‗lishi va
o‗tkazishlar orasida vaqtning sezilarli oshirilish imkoniyatini ko‗rsatishini iloji
bo‗lmasada, taajubsiz o‗sish tezligini nolgacha qisqartiradi. Shu boisdan,
zamonaviy bilimlar tinim holatidagi oddiy urug‗larni kuzatishda ekishlarni
ko‗chirishga yo‗l qo‗ymaydi. Shu vaqtga qadar yuksak o‗simlik to‗qimalarini
o‗sishdan to‗liq to‗xtatish uchun birgina oddiy vosita – o‗rtapast haroratda,
masalan, suyuq azot harorati – 196 °C da muzlatish mavjud. Haddan tashqari
son-sanoqsiz ekishlar umumiy joyda yashasa, muzlatishga qarshi tabiiy chi-
damkorlikni namoyon qilishadi. Shu boisdan, muzlatish va eritish jarayonlari,
shuningdek, o‗sishni qaytadan boshlash yo‗lida, materialni muzlatishga tayyor-
lashdan oldin o‗ziga xos sharoitlarga amal qilish zarur.
Muzlashdan oldin birinchi manfiy harorat oralig‗ida, chamasi -100
0
C da
hujayra ichida va tashqarisida muz hosil bo‗lishidek muhim o‗zgarishlar sodir
bo‗ladi. Bu o‗zgarishlar sifati ko‗pincha o‗rganiluvchi namunaga va krioqop-
lamaning (krioprotektor moddalarni) qayta ishlanishiga bog‗liq bo‗lsada, biroq
asosan sovish tezligiga bog‗liq bo‗ladi. Sekin muzlatish vaqtida hujayra suvini
qochirib, sitoplazma muzlashiga olib keladi va hujayra tashqarisida muz hosil
bo‗ladi. Tez muzlatish esa hujayra ichini ancha ertaroq muzlashiga va ozroq
suv yo‗qotishiga sabab bo‗ladi. Tez muzlatish vaqtida hosil bo‗lgan muz kris-
tallari hujayrani shikastlanishiga sabab bo‗ladi. Boshqa tomondan esa ortiqcha
suv yo‗qotish natijasida hujayra shikastlanishining boshqa turi, o‗sha hujayrani
nobud bo‗lishiga olib keladi. Shunday qilib, hujayraning tirik qolishi ikkita
qarama-qarshi ta‘sir ko‗rsatuvchi shikastlantiruvchi kuchlar muvozanatiga
bog‗liq bo‗ladi. Shikastlanishlar ta‘siridan saqlanish uchun, muz kristallarini
takroriy hosil bo‗lishi uchun hech bo‗lmaganda -100
0
C haroratda saqlash
90
zarur. Buning uchun amalda har doim suyuq azotdan (-196
0
C) yoki uning
bug‗i (-150
0
C)dan foydalanish qulayroq.
Hujayra eritilayotganda, unda yana shikastlanish ta‘sirini ko‗rsatuvchi
muz kristallari hosil bo‗ladi. Shikastlanish darajasi hujayradagi muzi miqdoriga
bog‗liqdir. Bunday holatda asosiy ehtiyotkorlik tezroq hujayrani eritishdir. Eng
muhimrog‗i muz shaklidagi ekishlarni issiq suv yoki muhitga o‗tkazishdir.
Shunga qaramasdan sekin eritish, kamdan-kam hollarda ancha yaxlit xilma-
xillikni namoyon qiladi.
Hujayralarni qayta o‗stirish davrida asosiy biofizikaviy o‗zgarishlarning
sodir bo‗lishi muzlash va eritish vaqtida sodir bo‗lsa ham, faqatgina erigan
hujayralar keyingi shikastlanishga kuchli moyil bo‗ladi. Shu boisdan munosib
―qaramoq‖ talab etiladi. Bu tez-tez hujayralarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri tozalashsiz,
hujayralarda krioqoplamalarni saqlanishi uchun tiklovchi muhitga o‗tqazishdan
boshlansa ham, tozalashning maxsus sharoitlarini tuzish mumkin. Tadqiqot
namunalari uchun standart yoki modifitsirlangan agar ozuqali muhitlarni
tanlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |