83
– bakteriorodopsin yorug‗lik quvvatini o‗zlashtirish xususiyatiga ega.
Bu oqsil
molekulasi 1973 yilda U.Stoxenius va D.Osterxelt tomonidan ajratib olingan va
o‗ziga xos xususiyatga ega ekanligi o‗rganilgan.
Uning yordamida bakteriya
quyosh nuri quvvatini o‗zlashtiradi. Quyosh nurini yutishi natijasida pigment
molekulasida kimyoviy va fizikaviy o‗zgarishlar amalga oshadi, ya‘ni protonlar
membrana bir tomonidan ikkinchi tomoniga tashilishi natijasida elektrokimyoviy
gradiyent vujudga keladi. Bu ko‗rinishdagi potensiallar
farqi esa elektr toki
sifatida foydalanilishi mumkin.
Bakteriorodopsin bakteriya hujayrasidan oson ajratib olinadi. Buning uchun
bakteriyalar suvga solinadi va bo‗ktiriladi. Bakteriorodopsin mavjud bo‗lgan
membrana esa bunda buzilmaydi. Chunki pigment molekulasi ancha mustahkam
tarzda yig‗ilgan ko‗rinishga ega kristallardan iborat bo‗lib, binafsharang yasmiq-
chalarni hosil qiladi. Unda bakteriorodopsin molekulasi to‗g‗ri oltiburchaklarni
hosil qiluvchi triadalarda birlashgan. Yasmiqchalar
ancha yirik va sentrifugada
oson ajraladi. Cho‗kmani yuvish natijasida binafsharang qayla ko‗rinishidagi
massa olinadi. Bu massa tarkibi 75 % bakterio-rodopsin, 25 % oqsil molekulalari
va oraliqlarini to‗ldirib turuvchi fosfolipidlardan tashkil topgan. Bakteriorodopsin
tashqi muhit omillari ta‘siriga chidamli bo‗lib harorat 100oS gacha oshirilgan-
da ham uning faolligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi, sovitish qurilmalarida uni
yillar davomida saqlash mumkin, Shuningdek, kislota va oksidlovchi moddalar
ta‘siriga bardoshlilik xususiyatiga egadir. Binafsharang yasmiqchalar tarkibida-
gi fosfolipidlar ham shunday chidamlilik xususiyatini nomoyon qiladi.
H. halobium
bakteriya turini suv tarkibida natriy
xlor va boshqa tuzlar
miqdori ko‗p bo‗lgan havzalarda ham bemalol ko‗paytirish mumkin. 10 litr
suvda ko‗paytirilgan bakteriya hujayrasidan 0,5 gramm membrana ajratib
olinadi va uning tarkibida 100000 (yuz ming) donadan ko‗proq pigment mole-
kulasi bo‗ladi. Bakteriorodopsin Sa2+ kationi yordamida yoki mavjud boshqa
usullar bilan cho‗ktiriladi. Ajratib olingan pigment
molekulasi fizikaviy va
kimyoviy xususiyatlariga ko‗ra protonlarni tashish jarayonini amalga oshiradi
va buning natijasida elektr energiyasi hosil bo‗ladi. Bu ko‗rinishdagi tizimga
yorug‗lik nuri ta‘sir ettirilganda membranada
elektr quvvati yuzaga keladi,
ya‘ni bakteriorodopsin elektr toki generatori singari faoliyat ko‗rsatadi.
V.P.Skulachev rahbarligida laboratoriya sharoitida kuchi 800 mkA bo‗lgan
elektr toki vujudga keltiruvchi fotogalvanik element yaratilgan. Bu qurilmada
tarkibida fosfolipid va xlorofill hamda bakteriorodopsin mavjud bo‗lgan
membranali filtrlar qo‗llanilgan. Bu ko‗rinishdagi filtrlar ketma-ket ulanganda
elektr batareykasi singari tizim hosil bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: