84
dagi faolligini o‗rganish va polipeptidlar translyatsiyasini tahlil qilish jara-
yonida foydalaniladi.
Uning tarkibiga; ribosomalar, matritsa (sun‘iy va tabiiy
RNK molekulasi), translyatsiyada ishtirok
etuvchi omillar aminoatsil, t-RNK,
ATF, bir valentli va ikki valentli kationlar (K, Ca), gomeostazni ta‘minlash
uchun bufer eritmalar, aminokislotalar kiradi. Gen injeneriyasi usullari yor-
damida nohujayraviy oqsil sintezlovchi tizimlardan in vitro sharoitida klonlan-
gan genlarning ekspressiyasi va kodlanish potensiali, shuningdek kodlanuvchi
oqsil molekulalari asosida m-RNK yoki DNK fragmentlarini
identifikatsiya-
lovchi rekombinant genlar konstruksiyasining oraliq bosqichlarini o‗rganishda
ham foydalaniladi. Kelib chiqishiga ko‗ra HOST komponentlari prokariot va
eukariotlar singari tasniflanadi. Ichak tayoqchasi
E. coli
ekstrakti asosida pro-
kariot tipdagi nohujayraviy oqsil sintezlovchi tizimlardan keng foydalaniladi.
Eukariot tipidagi nohujayraviy oqsil sintezlovchi tizimlardan matritsa transl-
yatsiyasi jarayonida asosan 2 ta, ya‘ni quyon retikulotsitlari va bug‗doy mur-
tagi ko‗rinishida foydalaniladi. Bu tizimlar universal xususiyatga ega bo‗lib,
ular asosida hohlagan matritsani translyatsiyalash mumkin.
Tahlil o‗tkazish uchun retikulotsitlar lizati yoki murtak ekstrakti va ami-
nokislotalar
aralashmasi, nishonlangan aminokislotalar, ATF, bufer, matritsa
RNK va boshqa kerakli qo‗shimchalardan iborat eritmaga kiritiladi. Aralashma
inkubatsiyaga qo‗yiladi va nishonlangan aminokislotalar
asosida yangidan
sintezlangan oqsil molekulalari radioaktivlik xususiyatiga ko‗ra tahlil qilinadi
hamda elektroforez yordamida tekshiriladi.
In vitro
sharoitida olib boriladigan translyatsiya jarayoni oqsil sintezi
jarayonida har bir komponentning ahamiyatini aniqlash imkonini beradi. Chun-
ki bunda har bir komponentni aralashma tarkibidan
olib tashlash yoki qayta
qo‗shish imkoni tug‗iladi. Undan foydalanish genetik kod tarkibini qayd qilish
imkonini beradi. Ba‘zan nohujayraviy tizimlarda qo‗shimcha holatda tozalan-
gan m-RNK yoki polisomaga joylashtirilgan endogen m-RNK molekulasidan
foydalaniladi. Boshqa tipdagi oqsil sintezlovchi tizimda esa transkripsiya va
translyatsiya jarayoni bog‗langan
holatda amalga oshiriladi, ya‘ni mRNK
sintezi va uning ribosomadagi translyatsiyasi bir vaqtning o‗zida amalga oshiri-
ladi. Matritsa RNK molekulasi sifatida tarkibi jihatidan o‗xshash bo‗lgan
sun‘iy polinukleotidlardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda in vitro sharoitida
translyatsiya mexanizmini o‗rganish hujayra ichida turli kompartamentlarda
oqsil molekulalarining taqsimot darajasini o‗rganishda ham foydalaniladi.