1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

 
 
 
10 - rasm. Probirkada 
o„stirilgan chinnigul o„simligi. 
Apikal meristemani o‗stirish asosida klonal ko‗paytirish texnologiyasi 
qulupnay o‗simligini yetishtirishda keng qo‗llaniladi. Bunda o‗simlikning 
meristema uchki qismlari yosh, virus bilan zararlanmagan o‗simlikdan ajratib 
olinadi va tarkibida 0,1-0,5 mg/l konsentratsiyada BAP mavjud bo‗lgan MS 
ozuqa muhitiga joylashtiriladi. 3-4 haftadan so‗ngra o‗stirilayotgan meristema 
asosida o‗simta vujudga keladi va undan yangi kurtaklar hosil qiluvchi adven-
tiv kurtak yuzaga keladi. 6-8 haftadan so‗ng esa rivojlanishning turli bosqich-
larida bo‗lgan, o‗zaro biriktiruvchi to‗qima bilan birlashgan konglomerat 
kurtaklar vujudga keladi. Shundan so‗ng pastki qismda adventik kurtaklarga 
ega bargli o‗simta hosil bo‗la boshlaydi. Bu yangi kurtaklar ajratib olinib 
boshqa ozuqa muhitiga joylashtiriladi. Ozuqa muhitida o‗stirish regulyatorlar 
moddalari bo‗lmagan holatda me‘yoriy ildiz va barglarga ega bo‗lgan o‗simlik 
4-5 haftada yuzaga eladi. Bu usul bilan bitta ona o‗simligidan yiliga bir necha 
million dona regenerant -o‗simliklar hosil qilinadi.
Uchinchi usul bo‗yicha, ko‗rinishiga ko‗ra zigota holidagi murtakni 
eslatuvchi somatik hujayralarning murtaksimon strukturasining differensiatsi-
ya asosida mikroklon tarzida ko‗paytirish amalga oshiriladi (11-rasm). Bu usul 
somatik embriogenez 
– 
deb ham ataladi. 
In vivo
sharoitidagiga nisbatan soma-
tik murtak farq qilib, murtak xaltachasidan tashqarida, ya‘ni jinssiz holatda 


71 
rivojlanadi, tashqi ko‗rinishiga ko‗ra ikki qutbli strukturani eslatadi, ya‘ni 
bunda bir vaqtning o‗zida apikal meristema asosida ildiz hamda poya vujudga 
kela boshlaydi. Stevard ma‘lumotlariga ko‗ra, somatik murtakning rivojlanish 
bosqichi 3 ga bo‗linadi yani pufakcha yoki sharsimon bosqich, yurakchasimon 
bosqich va nihoyat o‗simta rivojlanishiga olib keluvchi torpedasimon bosqich. 
12-rasmda bug‗doy o‗simligining yakuniy rivojlanish jarayoni aks ettirilgan. 
Somatik 
embriogenez 
yo‗li bilan nisbatan keng miq-
yosda ko‗paytiriluvchi o‗sim-
liklardan biri yog‗-moy sano-
atida margarin va oziq ovqat 
moylari olinadigan gvineya 
palmasi (
Elaeis guineensis

o‗simligi hisoblanadi. Moy 
olishda ishlatiladigan bu palma 
turi tabiatda bachki va yon 
o‗simtalar hosil qilmasligi uni 
vegetativ usulda ko‗paytirishni 
qiyinlashtiradi. 
Shuningdek 
uning qalamchalarini 
in vitro
sharoitida rivojlantirish imko-
niyati ham yo‗q. Bu masala 
yechimi differensiallashmagan 
to‗qima, ya‘ni kallus to‗qima-
larni maxsus usulda dedifferensiallash bilan vujudga keltirish va hosil bo‗lgan 
to‗qimani butun bir o‗simta holigacha regeneratsiyalash ko‗rinishida hal qilina-
di. Dastlabki o‗stirilayotgan ozuqa muhitida o‗simlik bargidan ajratilgan frag-
ment asosida kallus to‗qima yuzaga keltiriladi. So‗ngra hosil bo‗lgan material 
90 kun davomida ikkilamchi va keyin uchlamchi ozuqa muhitlariga ko‗chirilib, 
rivojlanish jarayonida embrioidlar vujudga keladi. Embrioidlar mustaqil holat-
da rivojlana boshlaydi va bir oy davomida miqdor jihatidan ikki hissa ortadi. 
Yil davomida esa 10 ta embriondan 500000 avlod o‗simlik hosil qilish mum-
kin. Embrioidlarning o‗stirish muhitida shakllanish jarayoni bir necha bosqi-
chlardan tashkil topadi. Dastlab ozuqa muhitiga solingan auksinlar (2,4-D) 
ta‘sirida hujayralar differensiatsiyasi amalga oshadi va embrioidlar yuzaga 
keladi. Bunda muhitda embrioidlar sonini oshirish uchun auksinlar miqdorini 
kamaytirish yoki ularni muhitdan olib tashlash kerak bo‗ladi. Somatik murtak 
xossalariga ko‗ra to‗liq murtak xossalarini o‗zida mujassamlashtiradi va ularni 
kapsulalar bilan o‗rash natijasida sun‘iy urug‗ hosil qilinadi.


72 
To‗rtinchi usulda klon tarzida mikroko‗paytirish jarayoni kallus to‗qi-
masining boshlang‗ich adventiv kurtak differensiatsiyasini vujudga keltirilishi 
bilan amalga oshiriladi (12 - rasm).

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish