1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Immobillangan o„simlik hujayralaridan foydalanish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Immobillangan o„simlik hujayralaridan foydalanish. 
Adabiyotlarda, 
o‗stirilayotgan hujayralar muhitida moddalar almashinuvining ikkilamchi 
mahsulotlari hosil bo‗lishi va differensiallanish jarayoni o‗rtasida musbat ko‗ri-
nishdagi korrelyatsiya mavjudligi to‗g‗risida ko‗plab ma‘lumotlarni ko‗rish 
mumkin. Shu bilan birgalikda 
in vivo 
hamda 
in vitro
sharoitida olib borilgan 
tajribalarda lignin moddasi differensiallanish jarayonidan so‗nggina ksilema-
ning tomirsimon elementlarida yig‗ilishi aniqlangan. Olingan natijalarning um-
umiy tahlili shuni ko‗rsatadiki, moddalar almashinuvining ikkilamchi mahsu-
lotlari va differensiatsiya jarayoni hujayra siklining yakuniy bosqichida amalga 
oshadi. Bunda o‗sishning susayishi bevosita differensiatsiya jarayonining 
tezlashiga olib keladi.
Tajribalarda 
in vitro
sharoitida moddalar almashinuvining ikkilamchi 
mahsuloti sifatida ajraluvchi alkaloidlar miqdori nisbatan sekin o‗suvchi hujay-
ralarda tez o‗suvchi hujayralarga qaraganda miqdoriy jihatdan ko‗p to‗planishi 
qayd etilgan. Hujayraning shakllanishi jarayoni uchun albatta normal metabo-
lizm jarayoni talab etiladi. To‗qimalarning shakllanishi yuqori va past darajada 
mahsuldorlikka ega o‗stiriluvchi muhitlarda juda yaxshi ko‗rinadi. Ma‘lumki, 
hujayralarning immobillanishi bevosita hujayralarning shakllanishi jarayoniga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatib, bunda differensiatsiya jarayoni ham qoniqarli ravishda 
amalga oshadi va yakuniy holatda ikkilamchi metabolitlar miqdori ijobiy 
yo‗nalishda o‗zgarishi kuzatiladi. Immobillangan hujayralar quyidagi o‗ziga 
xos belgilarga ega:
1. Inert substratga immobillangan hujayralar suyuq suspenziya sharoitida 
o‗stirilayotgan hujayralarga nisbatan kam biomassa hosil qiladi. Bunda o‗sish 
jarayoni bilan biomassa hosil bo‗lish jarayoni o‗rtasida qanday bog‗liqlik mav-
jud yoki bunda hujayraning shakllanishi va differensiallanish jarayonlarining 
o‗rni qanday degan savol tug‗ilishi tabiiy. Ta‘kidlanishicha, bu bog‗liqlik ikki-
ta mexanizm orqali amalga oshadi. Birinchi mexanizm bo‗yicha o‗sish darajasi 
hujayralarning agregatsiya darajasini anglatadi va bu ikkilamchi metabolitlar 
sinteziga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Hujayradagi shakllanish jarayoni agregat-
siya natijasi hisoblanib, agregatsiya jarayoni nisbatan sekin o‗suvchi hujayralar 
muhitida ijobiy natija beradi. Ikkinchi mexanizmga ko‗ra, o‗sishning kinetikasi 
bilan bog‗liq bo‗lib birlamchi va ikkilamchi metabolizm mahsulotlari tez va 


31 
sekin o‗suvchi muhitlarda o‗zaro farqlanuvchi ta‘sirga ega hisoblanadi. Agar 
tez o‗sish susaytirilsa u holda ikkilamchi metabolitlar sintezi kuchayishi 
kuzatiladi. Ushbu ko‗rinishda immobillangan holatda hujayralarning o‗sishi 
nisbatan susayadi va bu esa ikkilamchi metabolitlar sintezini oshiradi.
2. Immobillangan hujayralarning sekin o‗sishi natijasida hujayralarning 
o‗zaro fizik va kimyoviy aloqalari ham ijobiy tomonga o‗zgaradi. O‗simlikda 
har bir hujayra boshqa hujayralar bilan o‗ralgan holatda mavjud bo‗ladi. 
Hujayralarning joylashgan o‗rni uning differensiatsiya darajasini ham belgi-
laydi. Hujayrani fizik o‗rab turuvchi ta‘sirlar unda boruvchi metabolizm jara-
yoniga bevosita o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Yа‘ni bunda hujayralarda kechuvchi 
metabolizm jarayoni asosan genetik axborot tizimi orqali tartibga tushirilsada, 
epigenetik ta‘sirlar ya‘ni, yadrodan tashqarida sitoplazmada ro‗y beruvchi har 
qanday sezilarli miqdoriy va sifatiy o‗zgarishlar ikkilamchi metabolitlar 
sinteziga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. O‗z navbatida aytib o‗tish kerakki, hujayra 
sitoplazmasi xususiyatiga ko‗ra dinamik tizim hisoblanadi ya‘ni tashqi muhit 
bilan tinimsiz ravishda aloqada bo‗lib turadi.
Tashqi ta‘sirlardan asosan kislorod, karbonat angidrid gazlarining kon-
sentratsiyasi va yorug‗lik hujayrada amalga oshuvchi metabolizm jarayoniga 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Yorug‗lik o‗simliklar uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‗lib fotosintez jarayonnini amalga oshiradi. Hujayralarning bo‗linishida 
mikrofibrillalar oriyentatsiyasida fermentlar faolligida ham yorug‗likning o‗rni 
katta. Yorug‗lik nurining intensivligi va to‗lqin uzunligi to‗qimaning shakl-
lanishi ya‘ni hujayralarning holati, miqdoriy joylashishi bilan bog‗liq ta‘sirga 
ega. Nisbatan tashkillanish jarayoni yuqori bo‗lgan strukturalarda О
2
va СО
2
gazlari konsentratsiyalari farqi markazdan qochuvchi intilma kuch qonuniga 
bo‗ysunadi va differensiatsiya jarayonida muhim o‗rin tutadi.
Shunday qilib ikkilamchi metabolizm yirik hujayra agregatlarida 
maydonning hajmiga nisbati uncha katta bo‗lmagan hollarda (S/V) alohida 
ajratilgan hujayralar va kichik hujayra guruhlaridagidan gazlar konsentrat-
siyasi gradiyenti ta‘siri ostida farq qiladi. O‗sishni tartibga tushuruvchi modda-
lar, ozuqa moddalar, mexanik bosim kabi omillar ham shu singari xarakterga 
ega. Dispers tizimlar ko‗rinishidagi va agregat holidagi hujayralar to‗plami 
o‗ziga xos farqli xususiyatlarga ega va shu sababli ularda amalga oshuvchi 
metabolizm jarayoni ham farqlanadi.
3. Ikkilamchi metabolitlar sintezini ozuqa muhitdagi kimyoviy modda-
larni tarkibni o‗zgartirish orqali o‗zgartirish mumkin.
Kallus yoki suspenziya holidagi o‗stirilayotgan hujayralar muhitiga fizik 
omillar yordamida ta‘sir ko‗rsatish hujayralarni nobud qilishi yoki muhitni 
ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bu muammoni muhitda ozuqaning fizik 


32 
jihatdan harakatsiz hujayralararo sirkulyatsiyasini ta‘minlash orqali hal qilish 
mumkin. Bunday tizimda kimyoviy moddalarning ta‘sir qilish samaradorligi 
ham ortadi. 
4. Ba‘zi hollarda idiolitlar ajralishi bilan bog‗liq muammo yuzaga keladi. 
Immobillangan hujayralardan kerakli mahsulotni olish uchun hujayralarga 
kimyoviy moddalar bilan ishlov berilganda uning samaradorligi yanada ortadi. 
Bu holat shuningdek qaytar jarayon, ya‘ni hosil bo‗lgan ikkilamchi metabo-
litlarning qisman hujayraga singishi natijasida jarayonning susayishining oldini 
oladi. Capsicum frutescens kabi o‗simlik hujayralarini o‗stirishda hujayralarni 
immobilash usulidan foydalanish hosil bo‗lgan ikkilamchi metabolit ko‗rinishi-
dagi foydali mahsulotni muhitdan hujayra-larga zarar yetkazmasdan ajratib 
olish imkonini tug‗diradi. Shu ko‗rinishda hujayralarni immobillash jarayoni 
idiolitlar izolyatsiyasini osonlashtiradi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish