1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

 
 
3-rasm. Ko„paytiriladigan hujayralarni kolonkada usulida joylashtirish.


34 
Bu usuldan foydalanilganda hujayralarning ozu-qani o‗zlashtirish imkoni-
yati hamda ikkilamchi metobolitlar miqdori ham ortadi.
Bunda gorizontal o‗stirish qurilmasi vertikal tipga almashtiriladi. 50 ml 
hajmli idishga solingan suyuq holatdagi ozuqa muhiti (1) og‗irlik kuchi ta‘siri-
da o‗stirilayotgan hujayralar immobilizatsiyalangan vertikal joylashgan shisha 
kolonkaga (3) quyiladi. Foydalanilgan ozuqa muhiti peristaltik nasos yordami-
da idish devorlaridan yig‗ib olinadi va yangidan ozuqa muhiti solingan rezerv-
uarga qaytariladi. Bu jarayonda tepadan quyuluvchi ozuqa muhiti bosimi 
ta‘sirida o‗stirilayotgan hujayralardan iborat yassi massa siqilishining oldini 
olish kerak bo‗ladi. Bu maqsadda neylondan ishlangan to‗rsimon xaltachalarga 
inert, singdiruvchan xususiyatga ega maxsus gel (qum) to‗ldiriladi va bu 
xaltachalar orasida havo bilan to‗lgan bo‗shliq vujudga keladi. O‗stirilayotgan 
hujayralar to‗rsimon xaltachalararo o‗zaro birikishlar hosil qiladi. 
Bu maqsadda ko‗p hollarda neylondan ishlangan mochalkadan ham 
foydalaniladi. Bu kabi material zararli ta‘sir ko‗rsatmaydi, oson egiladi va 
avtoklavda chidamlilik xususiyatini namoyon qiladi. Hujayralarni ekish uchun 
agar va alginat kalsiy kabi substratlar ishlatiladi.
Agar moddasi hujayra va to‗qimalarni o‗stirishda keng ishlatiladigan 
an‘anaviy material hisoblanadi. 2% (hajmga nisbatan miqdori) agar eritmasi 
distillangan suvda 1 atmosfera bosimida, 20 minut davomida suv hammomida 
35-40
0
С gacha sovitiladi. Hujayralarning suspenziya ko‗rinishidagi massasi 1 
mm diametrli teshikli elak orqali o‗tkaziladi va quyuqlanmaydigan agar bilan 
1:1 (V:V) nisbatda aralashtiriladi. Sterillangan mochalka bo‗lakchalari 2x3x-
1x1 sm o‗lchamda kesilib, sterillangan pinset yordamida hujayralar qo‗shilgan 
agar eritmasiga kiritiladi. Keyin esa agarli aralashma ichki diametri 15x2,5 sm 
bo‗lgan kolonkaga joylanadi. Bunda har bir kolonka ichida taxminan 10 ta to‗r 
joylashtiriladi va shu ko‗rinishda kolonkaga quruq massaga nisbatan 5-7 g 
hujayralar miqdori solinadi.
Alginat kalsiydan foydalanib hujayralarni immobillash jarayoni ham yu-
qoridagiga o‗xshash tarzda amalga oshiriladi. Bu usul yordamida Alfermann va 
uning hamkasblari tomonidan 
Digitalis lanata 
o‗simlik hujayralari inert 
substratga muvaffaqiyatli ravishda immobillangan. Bunda 2 % li alginat natriy 
eritmasi avtoklavdan o‗tkaziladi va xona haroratigacha sovitiladi. Keyin esa 
hujayralar bilan aralashma hosil qilinadi va steril eritmaga 0,05 М CaCl
2
qo‗shiladi, so‗ngra 10 minut davomida distillangan suvda yuviladi. Bunda algi-
nat kalsiy hosil bo‗lib, mochalka parchalarining ichki qismi atrofiga birikadi. 
Alginat molekulalari kalsiy kationi bilan ko‗ndalang holatda birikadi va barqa-
ror birikma vujudga keladi. Hosil bo‗lgan material uch karra steril holatdagi 
distillangan suvda yuviladi va keyin shisha kolonkaga joylashtiriladi.


35 
Keyingi tadqiqotlar ko‗rsatishicha, hujayralarning o‗sishi agarga nisba-
tan alginatli substratda yaxshiroq kechadi. Bu holat agarli muhitga hujayra-
larni immobillash jarayoni +40oS harorat atrofida amalga oshirilishi hujay-
ralar o‗sishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi bilan tushuntiriladi. 
Datura innoxia
ва 
Capsicum frutencens
o‗simlik hujayralarini kolonka tipida o‗stirish ustida 
tajribalarda alginatli muhit sharoiti o‗zgarishlarining ta‘siri o‗rganilgan. 
Kolonka tipida hujayralarni o‗stirishda ortofosfat, nitrat, ammoniy va 
saxaroza kabi moddalarga nisbatan talab darajasi gorizontal tipdagi o‗stirishda 
kam hisoblanadi. Suspenzion o‗stirishga nisbatan hujayralarning hayotiylik 
darajasi sezilarli darajada kamayadi ya‘ni bu ko‗rsatkich qiymati 60-65 % ni 
tashkil qiladi, shuningdek 8-10 sutkadan so‗ngra alkaloidlar miqdori quruq 
massaga nisbatan 12-13 mg/g ni tashkil qiladi. Bunda alkaloidlar ozuqa muhi-
tiga bevosita ajralib chiqmaydi. Muhitning рН- ko‗rsatkichi qiymati o‗stirish-
ning 8 sutkasidan so‗ngra 0,4 birlikka o‗zgaradi, ya‘ni 5,4 ga teng bo‗ladi. 
Kislorodga bo‗lgan talab darajasini o‗rganish jarayoni 4-8 sutkasidan keyin 
muhitda kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelishini ko‗rsatadi.
Lyuminessent lampochkalari yordamida ozuqa muhitining yoritilishi 
hujayralarning o‗sish jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Yoritgan holatda 
hujayralarning hayotchanlik darajasi ortadi va alkaloidlar miqdori ham ijobiy 
tomonga o‗zgaradi. Agar bu jarayonda hujayralarda yashillanish kuzatilmasa 
normal metobolizmni ta‘minlash maqsadida qo‗shimcha yoritish qurilma-
laridan foydalaniladi.
Qo‗shimcha moddalarni qo‗shish hamma vaqt ham o‗stirish jarayoni va 
metabolitlar sinteziga bir xil ta‘sir ko‗rsatmaydi. Masalan, ornitin qo‗shilishi 
natijasida 
Datura innoxia
hujayralarining o‗sish jarayoni salbiy tomonga 
o‗zgaradi yoki bo‗lmasa izokaprin kislotasining muhitga qo‗shilishi natijasida 
Capsicum frutencens
hujayralarining o‗sishi tezlashadi va quruq massa miqdori 
ortadi, biroq oraliq metabolit hisoblangan kapsomitsin hosil bo‗lishi nisbatan 
o‗zgarishsiz qoladi. Har ikkala holatda ham alginatli gel yordamida hosil 
qilingan muhit metabolitlar sintezini susaytirmaydi.
Olingan natijalar ko‗rsatishicha, immobilizatsiya jarayonida ko‗pgina tur 
o‗simlik hujayralarining hayotchanlik xususiyati to‗liq saqlanadi. Tez rivoj-
lanib o‗suvchi hujayralar suspenziyasini immobillash esa o‗sishni susaytiradi 
va kallus to‗qimasiga o‗xshash ko‗rinishli massa hosil bo‗lishiga olib keladi. 
Bu ko‗rinishdagi hujayralar to‗plamiaro suyuq fazali o‗stirishga nisbatan 
o‗zaro bog‗lanish darajasi yuqori bo‗ladi.
Immobillangan hujayralarda suyuq fazada o‗stirishga qaraganda aniq bir 
fizik va kimyoviy gradiyentlar farqi yuzaga kelishi, alkaloidlar hosil bo‗lishi 
kabi ko‗rsatkichlar darajasi ancha ortadi. Bunda suyuq fazada o‗stirishdan 


36 
immobillashga o‗tilishi natijasida hujayralarda metabolizm jarayoni ancha bar-
qaror kechishiga erishiladi va natijada esa ikkilamchi moddalar hosil bo‗lishi 
ijobiy tomonga o‗zgaradi.
Olingan natijalar asosida hujayralarni o‗stirishda taklif qilinadigan asosiy 
tavsiyalar:
1. Hujayralarni o‗stirish jarayoni fizik jihatdan barqarorligi ta‘minlanishi 
lozim. Bunda hujayralararo aloqa yaxshilanadi va fizik, kimyoviy gradiyentlar 
rivojlanish jarayoniga ijobiy turtki beradi va o‗stirilayotgan muhitda xususiy 
taqsimlanishni yuzaga keltiradi. Ba‘zi turdagi o‗simlik hujayralarini o‗stirishda 
xloroplastlar vujudga kelishiga turtki berish maqsa-dida ya‘ni moddalar 
almashinuvi jarayoni yaxshi kechishi uchun yorug‗lik nuri talab qilinadi.
2. Hujayralarni o‗stirish jarayonida ozuqa muhiti tarkibi va kislorod reji-
mi o‗sish darajasiga qarab tartibga tushirib turilishi lozim. 
In vivo
sharoitida 
hujayralarning differensiallanish jarayonini yaxshilash maqsadida o‗sishni tar-
tibga tushiruvchi moddalardan foydalanish ijobiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
3. Hujayralar o‗stirilayotgan muhitga qo‗shimcha moddalar ma‘lum 
miqdordagina ijobiy ta‘sirga ega konsentratsiyalarda qo‗shilishi talab qilinadi. 
Bunda qo‗shilayotgan moddalar miqdori hosil qilinayotgan yakuniy foydali 
mahsulotning maksimal miqdoriga nisbatan o‗lchanishi kerak.
4. O‗stirish jarayonida iloji boricha foydali metabolitni muhitga sekret-
siya qiluvchi hujayralardan foydalanish lozim yoki bu ko‗rinishdagi sekretsiya 
jarayonini yuzaga keltirish talab qilinadi. 



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish