1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Ko„paytirilgan o„simlik hujayralaridan foydalanish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Ko„paytirilgan o„simlik hujayralaridan foydalanish. 
Ko‗paytirilgan 
hujayralardan foydalanib genetika, fiziologiya, molekulyar biologiya va o‗sim-
liklar sitologiyasi sohalarida hujayrani organizmdan tashqarida o‗rganish ustida 
fundamental tadqiqotlar olib borilmoqdi. O‗simlik hujayralari populyatsiyasi 
ko‗zra o‗ziga xos bir qator genetik, epigenetik (genlar faolliginning taqsimoti-
ga) va fiziologik xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda 
uzoq vaqt davomida o‗stirib ko‗paytirilgan hujayralar populyatsiyasi genotipi 
va fenotipi o‗stirilayotgan muhit sharoitiga mos holatda o‗zgaradi, ya‘ni hujay-
ra populyatsiyasida bosqichli ravishda rivojlanish jarayoni amalga oshadi. 
Hujayralarni sun‘iy sharoitda o‗stirib ko‗paytirish yangi biologik tizimni 
vujudga kelishiga sabab bo‗ladi, biroq bu ko‗rinishdagi tizimlarning xususiyat-
lari kam o‗rganilgan.
O‗simlik hujayralarini sun‘iy sharoitda o‗stirishda ularga tipik mikro-
obyektlar sifatida qaraladi. Shuning uchun ularni ko‗paytirish jarayoni da nafa-
qat maxsus qurilmalardan foydalanishni balki tajriba samaradorlikni oshirish 
maqsadida mikrobiologik uslublar asosida mantiqiy yondashuvni ham talab 
etadi. Shu bilan birgalikda alohida o‗stirilayotgan hujayralar genotipida so‗zsiz 
ravishda organizm rivojlanishi haqidagi irsiy axborot mujassamlashgan bo‗ladi. 
Shunga asoslangan holatda ko‗paytirilgan somatik hujayralardan ko‗payish va 
rivojlanish xususiyatiga ega bir butun o‗simlikni vujudga keltirish imkoniyati 
bor. Hozirgi vaqtda sun‘iy o‗stirilgan o‗simlik hujayralaridan foydalanib yara-
tilgan bir qator yangi texnologik yo‗nalishlar ishlab chiqilgan bo‗lib ulardan 
birinchisi o‗simliklar hujayralari asosida biologik faol moddalar ajratib olish 
bo‗lib ularga quyidagilar kiradi. 
-
moddalar almashinuvining ikkilamchi mahsuloti hisoblangan an‘anaviy 
ko‗rinishdagi zahar moddalar;
-
o‗simliklarni kasallik va turli zararkunundalardan himoya qilish 
maqsadida ishlatiladigan moddalar, 
-
o‗sish jarayonini tartibga soluvchi moddalar; 
-
turli xil alkaloidlar; 
-
tibbiyot maqsadlarida keng foydalaniladigan, kimyoviy strukturasiga 
ko‗ra steroidlar, terpenoidlar qatoriga mansub moddalar; 
-
shu odatdagilardan keskin farqlanuvchi, yangi strukturaga ega bo‗lgan 
foydali birikmalarni ajratib olish; bunda ko‗paytirilgan hujayralar populyat-
siyasining sifat jihatdan bir jinsli bo‗lmaslik xususiyatiga asoslanada. Sun‘iy 
o‗stirilgan hujayralar populyatsiyasining genetik o‗zgaruvchanligidan foyda-
lanib, vujudga kelgan yangi, barqaror genetik modifikatsiyalarga ega hujay-


28 
ralarni seleksion tanlab borish, yoki lozim bo‗lgan holatda yo‗naltirilgan muta-
genez uslublaridan foydalanib genetik xususiyatlari bilan asosiy populyatsiya 
hujayralaridan farqlanuvchi liniyalari yaratiladi; 
- ko‗paytirilgan hujayralar suspenziyasidan keng miqyosda kimyoviy 
moddalar biotransformatsiyasini ta‘minlovchi multiferment tizimlar sifatida 
foydalaniladi. Bunda multiferment tizimdan oksidlanish-qaytarilish, gidrok-
sidlanish, metil, dimetil guruhlarini vujudga keltirish, glikoliz, izomerlanish 
kabi reaksiyalar amalga oshiriladi. Bu jarayon natijasida esa sun‘iy sintez 
qilingan birikmalar yoki boshqa turdagi o‗simliklarda amalga oshuvchi modda-
lar almashinuvi jarayonining oraliq mahsuloti asosida o‗ziga xos strukturaga 
ega bo‗lgan, foydali biologik faol moddalar yaratiladi. 
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, o‗simliklarning mikroklonal 
ko‗paytirshdan maqsad, bunda yiliga bitta eksplant asosida barchasi genetik 
jihatdan bir xil bo‗lgan 10000 dan 1000000 donagacha o‗simlikni yaratish 
imkoniyati vujudga keladi; 
- viruslarga chidamli o‗simlik turlari yaratiladi; 
- o‗simliklarda in vitro sharoitida turlararo gibridlash jarayonida murtak 
rivojlanish bosqichida postgam nomuvofiqlik vujudga keladi.
Bu holatda o‗simlikdan urug‗langan tuxum hujayra perikarp to‗qimasi-
ning bir qismi bilan ajratib olinadi va ozuqa muhitiga o‗rnatiladi.
Bu ko‗rinishdagi o‗stirish muhitida murtakning rivojlanish bosqichlarini 
kuzatish imkoniyati ham tug‗iladi: 
- hujayralarni anter tipida o‗stirish, ya‘ni bunda o‗simlik changchi va 
changdonlaridan genetik jihatdan gaploid va digaploid hujayralarni yaratish 
maqsadida foydalaniladi;
- hujayra mutagenezi va seleksiya. O‗stirilayotgan to‗qimada ba‘zan rege-
nerant hujayralar vujudga keladi va natijada fenotip va genotipiga ko‗ra bosh-
lang‗ich materialdan keskin farqlanuvchi, klon tarzida variatsion ko‗payuvchi 
hujayralar populyatsiyasi vujudga keladi.
Bunday hollarda hujayra populyatsiyasi mutatsiya chaqiruvchi moddalar 
bilan ishlov berilishiga hojat qolmaydi: 
- organizm genofondini saqlash maqsadida kriokonservatsiya va boshqa 
uslublardan foydalanish; 
- o‗simlik hujayrasini immobillash; 
- o‗simlik protoplastlarini ajratish asosida somatik gibridlash; 
- xromosoma va gen darajasidagi genetik transformatsiya; 
- virus, bakteriya, zamburug‗ va hasharotlardan foydalanib, ―ho‗jayin-
parazit‖ tizimini o‗rganish. 



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish