Kurs ishining maqsad va vazifalari: Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan o‘rganilayotgan xalqning etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, etnik tarix o‘z rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Mana shu ilmiy – metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi o‘rganiladi.
Kurs ishining predmeti va tadqiqot obyekti: O‘zbekiston tarixining dastlabki nashrlari chop etildi. Fanda bu fikr o‘z o‘rnini topdi. Lekin, qadimgi Xorazmda keng ko‘lamgi arxeologik va etnografik tadqiqotlar olib borgan va O‘zbekiston tarixini yaratishda beqiyos ilmiy izlanishlar o‘tkazgan zabardast olim S.P.Tolstov o‘zbek xalqi etnogenezining boshlanishi Qang‘ davlati doirasida sodir bo‘ldi, «Qang‘ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda o‘zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xilda bo‘lmagan» degan g‘oyani ko‘tarib chiqdi.
Kurs ishini o`rganishda S.P. Tolstov o‘rtaga tashlagan bu g‘oya O‘zbekiston hududlarida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik va antropologik materiallarda o‘z isbotini to‘lik topgan.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat
ASOSIY QISM
O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy-metodologik masalalari.
Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich – etnogenez, ikkinchi bosqich – etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Xalqlarning kelib chiqishi masalasida, ya’ni etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda maxsus nazariy va ilmiy metodologik ishlanmalar borki, ularga asoslanmay turib, biror xalqning kelib chiqishi haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish qiyin.3 Birinchidan, har bir xalq hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘likdir. Dunyoda biror xalq yo‘qki, o‘zining etnogenez bosqichida mintaqadagi boshqa etnik birliklar bilan aralashmagan bo‘lsa. Bu haqda O‘rta Osiyo xalqlari tarixining bilimdoni prof. S.P.Toltov shunday degan edi: «Hozirgi zamon O‘rta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruhlarga bevosita borib taqalmaydi. Aksincha, ularning shakllanishida, yerli xalqlar va tevarak-atrofdan ko‘chib kelgan xalqlar har xil nisbatda o‘z aksini topgan». Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas. Shunday ekan, Movaraunnahr va qadimgi Xorazm hududlari azaliy vatani bo‘lgan o‘zbek xalqining ilk ajdodlari ikki til – turkiy va eroniy tillar turkumidagi qabila va elatlar bo‘lib, ularning uzoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi jarayonida o‘zbek elati xalq bo‘lib shakllandi. Demak, o‘zbek xalqi ikki xil tillarda so‘zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni etnik birliklardan tarkib topgan.
Ikkinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rganayotgan xalq etnogenezining qachondan boshlanganligini aniqlab olmog‘i kerak bo‘ladi. Chunki, etnos faqat kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi.
Etnogenezning boshlangich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan «ajdodlari»ga borib taqaladi. 4O‘zbek xalqining qadimgi ajdodlari kimlar edi? Ular Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning turkiy va eroniy til lahjalarida so‘zlovchi tub joyli o‘troq va chorvador aholisidir. Bu ikki xil tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni o‘zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi.
S.P.Tolstov g‘oyasining keng ko‘lamli ilmiy isboti akademik K.Shoniyozov asarlarida keltirilgan. Shuningdek, K. Shoniyozov S.P.Tolstov fikr-mulohazalariga ba’zi bir aniqliklar kiritib, «Qang‘ davlati o‘ramida murakkab etnik jarayon yuz bergan. Ammo bu jarayon o‘zbek ajdodlariga xos etnogenetik jarayon edi. Shu jarayon tufayli Qang‘ davlati ichida miloddan oldingi II – milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq – qang‘ar elati vujudga keladi. Bu elat eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topdi», – degan xulosaga keladi.
Ta’kidlash joizki, XX asrning 70-80 yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozog‘iston dashtlari, Tog‘li Oltoy va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxasis olimlar qo‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar ob’yektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan ancha uzoq edi. Chunki, Sovet tarixshunosligi eronparast lingivistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavkega ega edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda qadimda eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog‘li Oltoy qismidagina turkiylar yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o‘rnashib qolgan edi. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya olimlari, balki O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham xukmronlik qiladi.
Sovet davrida to‘plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko‘rib chiqish, ular tahliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g‘oyaviy erkinlikdan foydalangan holda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, o‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O‘zbek xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas deyildi. O‘zbeklarning ikki xil tilda so‘zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-birlariga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, – degan xulosaga kelindi. Bunday o‘ta mas’uliyatli xulosaga kelishimizda Xitoy yozma manbalari katta rol o‘ynadi.
Ma’lumki, Sovet davri qadimshunosligida xunlarni turkiy zabon qabilalar ekanligi tan olingan. Xunlarning ilk ajdodlari butun Sibir bo‘ylab keng tarqalishiga qaramay, Xitoy yozma manba’larining N.Ya. Bichurin chala tarjimalariga asoslanib, turkiy xalqlarning vatani faqat Tog‘li Oltoy deb kelindi. Biroq, Qozog‘iston dashtlari, janubiy va janubiy-sharqiy O‘rol orti rayonlar, Janubiy Sibir va Tog‘li Oltoydan topilgan bronza davriga oid arxeologik va antropologik materiallar aynan bir-birlariga o‘xshash, yaqin, bir xil moddiy madaniyat va bir xil antropologik tipdagi qabilalar ekanligi Sovet davri ilmiy adabiyotlarida qayd etilsada (gap andronova madaniyati qabilalari haqida ketayapdi), andronova madaniyatining Tog‘li Oltoyda yashagan jamoalari turkiy tilli edi, qolgan mintaqalarda yashagan qabiladoshlari esa eron zabon bo‘lgan, – degan g‘ayri ilmiy fikr xukmron edi.
Keyingi yillarda Xitoy va Yapon olimlari bu masalaga qator aniqliklar kiritishdilar, ya’ni qadimgi Xitoy podsholiklarida «shi» deb atalgan yilnomachilar qadimgi shimoliy hitoy podsholiklarining g‘arbiy va shimoliy chegaralarida chorvador turkiy zabon qabilalar yashaganliklarini taq’dlaydilar, ya’ni «shi»lar mil. avvalgi 2205 yildan boshlab Shimoliy Xitoydagi kichik hokimliklar tarixini yozaboshlaganlar. Ana shu kichik hokimliklardan biri «Shya» podsholigi bo‘lib, u shimoliy Xitoyda mil. avvalgi 2205-1766 yillarda xukmronlik qilgan. So‘ng, mil. avvalgi 1766-1122 yillarda «Shong» nomli kichik hokimlik xukm surgan. Ularning har ikkalasi devonida «shi»lar faoliyat ko‘rsatib, nafaqat o‘z hokimliklari tarixini toshga, suyakka va xitoy qamishiga yozib borgan, balki u hokimliklarga chegaradosh qabilalar va elatlar haqida ham ma’lumot qoldirganlar. Tarixda ana shunday «shi»lardan Sa Je va Ryuy Sung ismli nilnomachilarning nomi bizgacha yetib kelgan. Mil. avvalgi 1 – ming yillikda «shi» lavozimidagi yilnomachilarning soni ko‘payadi, ular yozadigan ish xajmi ham kengaygan. Xotiralar hukmdorlar istagi asosida bitilib, hukmdorlar «Tangri farzandi» sifatida ilohiylashtiriladi. Ularning faoliyati qonun, ahloq normalari va Tangri amri sifatida qabul qilinadi. Sima Syan ana shu xotiralar asosida o‘zining «Tarixiy xotiralar» asarini yozgan. Milodiy 319 yildan boshlab nafaqat tarixga oid xotiralar, balki tarixshunoslikka doir asarlar ham paydo bo‘la boshladi. Tang sulolasi davrida (618-907 y.) tarixiy voqyealarni yozish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu ish davlat monopoliyasiga aylanadi. Yilnomachi «shi»lar yozib borgan rasmiy sulolalar 24 ta bo‘lganligi uchun sulolalar tarixi 24 tarix, ya’ni «Ershi si shi» nomini olgan. 24 tarixning birinchi jildi Sima Syan qalamiga mansub «Tarixiy xotiralar» bo‘lsa, uning oxirgisi Ming sulolasi (1368-1644) tarixidan iborat. Xronologik jihatdan ushbu 24 tarix 3,5 ming yillik tarixni o‘z ichiga oladi. Ana shu tarixning X asrgacha bo‘lgan voqyealarni o‘z ichiga olgan jildlari xitoyshunos olim Ahadjon Xo‘jayevning guvohlik berishicha, bevosita Turkiston tarixi uchun ko‘p qimmatli ma’lumotlar beradi.
Sima Syanning «Tarixiy xotiralar»ida mil. avvalgi 2205-1766 yillarda Shimoliy Xitoyning «Shya» kichik hokimligini g‘arbiy va shimoliy tomonida «xu» yoki «xulu» deb atalgan xalqlar yashaydi deyilgan (Xitoy tili katta iyerogliflar lug‘ati. 3-jild, 2057 bet; Siyuan. So‘zlar etimologiyasi. 1218 bet)5. Xitoyshunos olim A.Xo‘jayevning aytishicha, «xu» va «xulu» turkiycha «xo‘r» atamasining xitoycha talaffusidir. «Xo‘r» qadimiy turkiyda erkin, ozod, bir joyga bog‘lanib qolmagan, ko‘chmanchi xalq ma’nosini anglatgan. Xitoy tilida undosh «r» tovushini talaffuz etish mumkin bo‘lmaganligidan xitoylar «xo‘r»atamasini «xu» iyeroglifi bilan ifoda etishgan. Keyinroq sharqiy «xu»lar xitoychada «dungxu» deb atalib, ushbu atama rus adabiyoti orqali hozirgi zamon tilimizga «tungus» talaffusi bilan kirib kelgan. «Xu»larning g‘arbiy qismi esa «rung» va «di» deb atalgan ikkita qabilaga bo‘lingan.
«Di»lar o‘z navbatida qizil di («chi di»), katta di («jong di»), oq di («bay di») larga bo‘lingan. «Rung»lar esa g‘arbiy rung-«shi rung», tog‘li rung-«shan rung» va o‘rmonli rung-«ling rung» kabi qismlarga bo‘linib yashagan. Xan sulolasi tarixining xunlar tazkirasini ikkinchi qismida «janubda buyuk Xan mavjud, uning shimolida kuchli «xu» mavjud» deb xunlarga ishora qilingan. Sharqiy Xan tarixchisi Chjeng Shyuan «xu» hozirgi syunnu», ya’ni xun deb yozgan (Xitoy tili katta iyerogliflar lug‘ati, 3-jild, 2057 bet). «Di»lar ba’zi qadimiy hitoy yozma manba’larida «dingling» deb yozilgan. A.Xo‘jayevning ta’kidlashicha, qadimgi xitoy yozma manba’larida «d» tovushi «t» tovushi bilan, «t» tovushi esa «ch» tovushi bilan almashib, «dingling» atamasi «tingling» deb talaffus qilingan. Keyinroq, «ng» tovushi ham tushirib qoldirilib, «tingling», «tele»,«chele» yoki «chile» bo‘lib ketgan. Demak, di, dingling, tingling, tele, chele, chile «xu»ning avlodlari, milodiy III-VI asrlarda ular «turo» nomi ostida yuritilgan. «Tele»- «turo» aslida bitta qabilaning nomi bo‘lmay, balki VI asrgacha Markaziy Osiyodaning Qozog‘iston cho‘llari va Janubiy Sibir dashtlarida, Tog‘li Oltoy va janubiy-sharqiy O‘rol orti rayonlarida yashagan barcha turkiy qabilalarning umumiy nomi bo‘lgan. Shimoliy sulola tarixida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xunlar xoqonligi yemirilgandan keyin Atilla bilan g‘arbga ketmay o‘z joylarida qolib ketgan turkiy qabilalar turo (xitoycha tele) nomi bilan atalib, ular tarkibida 44 ta qabila mavjud bo‘lganligi qadimgi Xitoy manba’larida keltiriladi (Ko‘xna Tang sulolasi tarixi. 199 bob, 2-qism, 15393 bet).
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan kadimgi hitoy yozma manba’lari taxliliga ko‘ra, Shimoliy Xitoy hokimliklari «shi»larining xotiranomalarida nomlari tilga olingan «Shya» va Shong» kichik podsholiklarining shimoliy va g‘arbiy chegaralarida mil. avvalgi III ming yillikning ikkinchi yarmi va II ming yillik davomida «Xu» va «Di» nomlari ostida chorvador qabilalar yashagan. Aynan shu vaqtda arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bu joylarda, ya’ni Shimoliy Xitoy kichik podsholiklarining shimoliy va g‘arbiy chegaralarida andronova madaniyati qabilalari keng tarqalgan edi. Ular xitoy «shi»lari aytganidek, chorvador qabilalar bo‘lib, Shimoliy Xitoy hokimliklariga tinchlik bermaganlar. Buyuk Xitoy devorining paydo bo‘lishi ham ana shu ko‘chmanchi chorvadorlarning shimoliy Xitoy kichik podsholiklarining ekinzorlarini tez-tez payxon qilaverganlaridan boshlab yuz bergan. Sharqiy Xan tarixchisi Chjeng Shyuan aytganidek, «xu»- hozirgi «syunnu», ya’ni xunlar edi. Demak, chorvador «xu»lar turkiygo‘y qabilalar bo‘lgan. «Xu»ning avlodlari «di»lar, «dingling», «tingling», «tele» va «turo»lar ham turkiy qabilalar ekanligiga endi shubha qolmadi. Shunday qilib, o‘zbek etnogenezining boshlanishi miloddan avvalgi IIming yillikning ohirlarida yuz berdi. Bu davrda esa O‘rta Osiyo hududlarida, jumladan Movaraunnahr va Qadimgi Xorazmda nafaqat eroniy tilli qabilalar, balki turkiy tilli qabilalar ham keng tarqalgan edi. Ularning moddiy madaniyat yodgorliklari O‘rta Osiyo hududlarining barcha mintaqalarida ochib o‘rganilgan. Ularning Qadimgi Xorazm hududlarida istiqomat qilgan qabiladoshlari nafaqat chorvachilik bilan, balki mil. avv. II ming yillikning oxirgi choraklaridan o‘troqlashib, dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Demak, B.V.Andrianovning Qadimgi Xorazmning sug‘orish tarixini o‘rganish borasida o‘tkazgan tadqiqotlari o‘zbeklarning so‘nggi bronza davrida yashagan turkiygo‘y ajdodlari ham o‘troqlasha boshlaganligidan guvohlik berardi.
Qoraxoniylar Movarounnaxrni egallagandan keyin bu hududda Yettisuv, Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalaridan, Sirdaryo bo’ylaridan qabilalar, ayrim etnik guruxlarning ko’chib kelishi jadallashadi. XI asr boshlaridan to shu asrning 40-yillarigacha Movarounnaxr hududida qarluq, chigil, halach, arg’u, tug’si, turkesh va boshqa qabilalarning salmog’li qismi ko’chib o’tadi. Bularning ma’lum qismi o’z yurtlarida qolib Yettisuvda va Sharqiy Turkistonda mavjud bo’lgan siyosiy va etnik uyushmalar tarkibida bo’ladilar. Sirdaryo sohillarida yashovchi qang’li va qipchoq qabilalarining qismlari xam Movarounnaxrga va Xorazm voxasiga kelib o’rnashadilar. Shunday qilib, XI asrning birinchi yarmidayoq bu o’lkalarning etnik tarkibi bir muncha o’zgardi: tub yerli turkiy va fors-tojik, xorazmiy tilida so’zlashadigan aholi tarkibiga turkiyzabon qabilalarining yangi guruhlari kirib keladi.
XI asrning birinchi yarmilarida Qoraxoniylar davlatida ichki kurashlar kuchaya boradi. Hokimiyat uchun kurash oxir oqibat davlatni inqirozga olib keladi. XI asrning ikkinchi yarmida Qoraxoniylar davlati ikki mustaqil davlatga bo’linib ketadi. Sharqiy qismining markazi Bolasog’un bo’lib qoladi, g’arbiy qismining markazi Samarqand bo’ladi.
Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
Shu sanadan Qoraxoniylar davlati tarixining uchinchi bosqichi boshlanadi.
G’arbiy Qoraxoniylar davlati XI-XII asrlar davomida iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan, markazlashagan davlat darajasiga ko’tarilgan edi. Bu davlat XI asr oxirlarida Saljuqlarga; XII asr o’rtalarida esa Qoraxitoylarga qaram bo’lgan bo’lsalar xamki o’z davlat tuzumining butunligini saqlab qolgan edilar.6
G’arbiy Qoraxoniylar davlati ichida o’zbek ajdodlarining etnogenetik jarayoni davom etadi. Movarounnaxrga kelib o’rnashgan etnik guruhlar asrlar davomida bu hududda yashovchi qardoshlari bilan birlashib, ular bilan aralashib boradilar. Tub yerli axoli ta’sirida yarim ko’chmanchi va yarim o’troqlikda yashab kelgan etnik guruxlar o’troqlashib dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanadilar. Ularning faqat oz qismi dexqonchilik bilan bir vaqtda an’anaviy chorvachiliklarini davom qilib kelganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |