Jizzax davlat pedagokika instituti



Download 234,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.08.2021
Hajmi234,85 Kb.
#157639
Bog'liq
Arxeologiya oraliq nazorat



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

JIZZAX DAVLAT PEDAGOKIKA INSTITUTI 

 

 



Sirtqi bo’lim Tarix yo’nalishi 1-kurs S0601_20-guruh talabasi 

Mirzarahimov Abdulbasirning  Arxeologiya va etnologiya fanidan oraliq 

nazorat Farg’ona vodiysi hunarmanchilik va uy-ro’zg’or buyumlari 

mavzusida yozgan mustaqil ishi  



 

 

 

 

 

R E F E R A T 



 

                    

 

                                      JIZZAX-2021 


Mavzu: Farg’ona vodiysi hunarmandchilik va uy-ro’zg’or buyumlari  

     

       

Ma’lumki,  milliy  hunarmandchilik  O’zbekistonda  qadimdan  rivojlangan  va 

hunarmandchilik  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  ajdodlardan  avlodlarga  an’anaviy 

tarzida o’rgatib kelingan. Boburning “Boburnoma” asarida ham bu haqida qimmatli 

ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, o’tgan asrdagi siyosiy jarayonlar va mustabid tuzum 

davrida  milliy  hunarmandchilik  butunlay  izdan  chiqdi.  Faqatgina  mustaqillik 

arafasida  bu  qadriyatlar  qayta  tiklana  boshladi.  T.A.  Faxrutdinova  o’z  asarlarida 

O’zbekistonning  milliy  amaliy  san’ati  namunalari,  bu  san’atning  ajdodlardan 

avlodlarga o’tishi jarayonlari haqida san’atshunos olim sifatida mulohaza yuritgan. 

T.  Abdullaev  XIX–XX  asrlarda  O’zbekiston  hunarmandchiligining  rivojlanish 

bosqichlari va tendentsiyalarini ochib berishga harakat qilgan. 

      O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tadqiqotchilarning 

milliy hunarmandchilik va hunarmandlar tayyorlash masalasini bo’lgan qiziqishlari 

yanada faollashdi. Jumladan, SH.G’oyibnazarov, I.Jabborov asarlari, A.To’qsonov, 

I.Sulaymonov, A.Qurahmedov, M.Hamidovaning ilmiy maqolalari e’lon qilingan. 

   O’zbekistondagi  hunarmandchilik  tarixini  bir  qator  xorijlik  tadqiqotchilar  ham 

o’rganishga  harakat  qilishgan.  Nemis  olimlari  Judit  Peltz  va  Klaus  Panderlar 

tomonidan yaratilgan asarlarda o’zbek xalqining turmush tarzi, an’anaviy xo’jalik 

turlari, shu jumladan milliy hunarmandchilik tarixi, uning sohalari to’g’risida qisqa 

ma’lumotlar  uchraydi.  Nemis  tadqiqotchilari  B.Vollenveber,  P.Frankelarning 

tadqiqotida  muhim  ma’lumotlar  berilgan  bo’lib,  qadimiy  gilamdo’zlik  markazlari 

Farg’ona,  Nurota,  Sirdaryo,  Surxondaryo  va  Qoraqalpog’istonda  keng 

rivojlanganligi e’tirof etilgan. 

AQSHlik  tadqiqotchilar  tomonidan  milliy  hunarmandchilik  tarixi,  uning  hozirgi 

rivojlanish xususiyatlari, hududiy o’ziga xosligi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar 

keltirib o’tilgan. Rishton kulolchiligi, Marg’ilonda ipakchilik sohasi va to’quvchi 

hunarmandlar  haqida  K.Meklid,  B.Mexyular  tomonidan  berilgan  ma’lumotlar 

uchraydi. 

   Tadqiqotchi A.Q.To’xtaev o’z tadqiqotida ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan 

sho’rolar  tuzumi  davrida  milliy  hunarmandchilik  sanoat  asosiga  o’tkazilib, 

an’anaviy  “Ustoz-shogird”  usuliga  barham  berilganligini,  uning  o’rniga  milliy 

hunarmand  kadrlar  tayyorlash  siyosatini  ilgari  surishi  va  natijada,  mahalliy 

an’analar, ustachilikning o’ziga xos uslublari yo’q bo’lib borganligini, oltin bilan 

bog’liq zargarlar va etikdo’zlik bilan bog’liq ko’nchilar faoliyati davlat tomonidan 




rasmiy taqiqlab qo’yilganligini qayd etgan. Tadqiqotchining hozirgi kun talablaridan 

kelib chiqib bergan takliflari quyidagilardan iborat:  

“…  -  respublika  qishloqlaridagi  ortiqcha  ishchi  kuchini  ish  bilan  ta’minlash 

maqsadida qishloq xo’jaligidagi mavjud xomashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan 

kasanachilikka asoslangan ishlab chiqarishlar, xalq hunarmandchiligi korxonalarini 

tashkil qilish; 

 -  ishsiz  xotin-qizlarni  ish  bilan  ta’minlash  uchun  ularni  kasanachilik  va 

hunarmandchilik tarmoqlariga keng jalb qilish

 - milliy hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida an’anaviy hunarmand kadrlar 

tayyorlashning  “ustoz-shogird”  maktabini  rasmiy  qabul  qilish  va  shu  usulda 

o’qitishni yo’lga qo’yish; 

 -  milliy  hunarmandchilikni  mahalliy  va  yengil  sanoat  tarmoqlariga  qo’shmagan 

holda alohida hunarmandchilik vazirligini tashkil etish”.  

     O’tgan o’n yil davomida tadqiqotchi bergan takliflarning barchasi bugungi kunda 

amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  vazirlik  maqomidagi  O’zbekiston  “Hunarmand” 

uyushmasi  ham  tashkil  etilgan.  Biroq,  tarmoqning  rivojlanishida  uning  ijtimoiy-

geografik asoslari va mintaqaviy xususiyatlari muhim o’rin tutadi. 

   O’zbekiston 

Respublikasi  prezidenti  I.A.Karimov  Farg’ona  mintaqasi 

hunarmandchiligiga quyidagicha baho bergan: 

“Farg’ona  vodiysi  milliy  hunarmandchilikning  atlas  to’qish,  kulolchilik, 

do’ppido’zlik,  sandiqsozlik,  yog’och  o’ymakorligi  kabi  turlari  qadim-qadimdan 

rivojlangan.  Rishton  kulolchilik  maktabi  vakillari  Ibrohim  Kamolov,  Rustam 

Usmonov, Yo’ldoshali Polvonov, qo’qonlik yog’och o’ymakor Hasanjon Umarov, 

ganchkor Jamoliddin Erkaboev, kashtado’z Saddixon SHomurodova, marg’ilonlik 

do’ppido’z  Tursunxon  Nurmatova  kabi  qo’li  gul  murabbiylar  ana  shunday 

an’analarni avaylab-asrab, rivojlantirib kelishmoqda. Bu sohani yoshlarga bajonidil 

o’rgatishni istovchi yana yuzlab mohir hunarmandlar bor. 

   Bu  sohada  bor  imkoniyatlardan  kengroq  foydalanib,  hunarmandlarga  mini 

kreditlar  berishni  takomillashtirish,  ularga  berilgan  imtiyozlardan  samarali 

foydalanish chora-tadbirlarini ko’rish zarur”.  

       Yana  bir tarix  tadqiqotchisi  U.A.Qilichev  mustaqillik  yillarida  O’zbekistonda 

milliy hunarmandchilikning rivojlanishini tadqiq etar ekan, milliy hunarmandchilik 

turizmning rivojlanish omili ekanligini ta’kidlaydi. U tadqiqot natijalariga tayanib 

quyidagi tavsiya va takliflarni ilgari suradi:  



“…  -  milliy  hunarmandchilik  bilan  bog’liq  tashkilot,  uyushma,  qo’mita, 

jamg’armalarning huquqlari va amaliy faoliyati doirasini yanada kengaytirish chora-

tadbirlarini ishlab chiqish;  

-  soha  yuzasidan  xalqaro  aloqalarni  yanada  keng  yo’lga  qo’yish,  sayyohlik 

ob’ektlarini  jahon  standartlari  asosida  jihozlash,  qulay  takliflar  orqali  turistlarni 

ko’proq jalb etish, shu jumladan, milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan 

bozorlar, markazlar faoliyatini yanada jonlantirish;  

- Respublika “Hunarmand” uyushmasi muassisligida milliy hunarmandchilik tarixi 

yuzasidan ilmiy markaz tashkil etish

 - milliy hunarmandchilik tarixi yuzasidan respublika miqyosida anjumanlar tashkil 

etish.  

    Tadqiqotchining  milliy  hunarmandchilikni  rivojlantirish  turizmning  taraqqiy 

etishidagi  omil  ekanligiga  ahamiyat  berganligi,  hunarmandchilik  tarixini 

rivojlantirish  bo’yicha  bergan  tavsiya  va  takliflarini  yuqori  baholaymiz.  Ammo, 

O’zbekistonda  milliy  hunarmandchilik  va  turizmni  rivojlantirishning  ijtimoiy-

geografik asoslarini tadqiq etish o’ziga xos spetsifik dolzarblikka ega



Chust — 

Namangan  viloyati Chust  tumanidagi

 shahar,  tuman  markazi. 

Fargʻona 

vodiysining

 shimoliy  chekkasida,  togʻ  etagidagi  tekislikda,  Chust  soyi 

sohilida, 

Namangan shahridan

 36 km gʻarbda, Chust temiryoʻl stansiyasidan 13 km 

shimmolda,  dengiz  sathidan  1000–1200  m  balandlikda  joylashgan.  Aholisi  63,8 

ming  kishi  (2004). 

Chust Fargʻona  vodiysining

 qadimiy  shaharlaridan  biridir. 

Chustning  shimoliy  chekkasidagi  Buonamozor  (Bibionamozor)  manzilgohi 

hududidan Chust madaniyatiga oid materiallar topilgan. Chustning yoshi toʻgʻrisida 

bir  qancha  taxminlar  mavjud.  Bibiona  manzilgohida  1953,  1957,  1959,  1961-

yillarda  olib  borilgan  arxeologik  qazilma  ishlari  natijasida  bu  yerdagi  madaniyat 

soʻnggi  jez va  ilk  temir  davriga  mansubligi  maʼlum  boʻldi.  Oʻrta  asrlarda  shahar 

harbiy  qalʼa  sifatida  rivojlandi. 

Boburning

 otasi 

Umarshayx  Mirzo

 1480-yilda 

Chustni oʻz qarorgohiga aylantirgan. 16-asr boshida Chust bir necha qoʻrgʻondan 

iborat boʻlib, ular umumiy devor bilan oʻralgan. 1882-yilda qalʼa devorlari buzib 

tashlandi. Shahar kengayib, 1886-yildan Chust uyezd markazi boʻlgan. Chustga oid 

dastlabki  ilmiy  maʼlumotlar  sharqshunos  olim  akademik  A.F.  Middendorfning 

„Fargʻona vodiysi ocherklari“ da (Sankt-Peterburg , 1882) uchraydi. 

      

 

Chust qadimdan Fargʻona vodiysining hunarmandchilik markazlaridan biridir. 



Chustlik temirchilar, toʻquvchilar, sopol buyum ustalari, zargarlarning mahorati 

shuhrat qozondi, 

chust pichoqlari

 va 


doʻppilarining

 dongʻi keng tarqaldi. 1912-

yilda 6 paxta tozalash, charm zavodlari faoliyat koʻrsatgan. 1926-yildan Chust 

yangi tashkil qilingan Chust tumanining markazi boʻldi. Chustda „Barion“, „Paxta 

tolasi“, „Chustmash“ va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari, „Suvmash“, non 



zavodlari va savdo korxonalari, bosmaxona, koʻzi ojizlar korxonasi, kichik 

korxona, mikrofirmalar, qurilish, transport korxonalari va boshqalar faoliyat 

koʻrsatadi.

 

Chust oʻzining hunarmandchiligi bilan mashhur. Ayollar chust 



doʻppisi  tikib tayyorlashsa, erkaklar chust pichogʻi tayyorlashadi. 

 

    Farg’ona badiiy kulochilik maktabining asosiy xususiyatlari uning aholi etnik 



tarkibi, joylanishi va tarixiylik tamoyillari bilan bevosita bog’liq. 

    Rishton – Farg’ona maktabining an’anlarini o’zida mujassamlashtirgan eng 

yorqin kulolchilik markazidir. Keyingi 30 yil ichida (1970 yillardan boshlab) 

Rishton sopoli an’anaviy-badiiy texnologik usullar asosida qayta tiklandi. XIX asr 

oxiri – XX asr boshlarida Rishton – O’zbekistondagi sirlangan sopol buyumlar 

ishlanadigan eng mashhur va qadimgi markazlardan biri edi. 

    Ishqorli sir tayyorlash ham yo’lga qo’yilgan. Hozirda bu yerda sopol 

idishlarning yapaloq (kosa va laganlar) uzun bo’yli (ko’za, xumlar) turlari ishlab 

chiqarilmoqda. Ilgari ishlar ixtisoslashtirilgan tarzda bajarilardi. Yapaloq 

buyumlarni yapaloq va qisqa bo’yli shakllar yasovchi ustalar – kosagar; baland 

bo’yli buyumlarni yasovchi ustalarni – ko’zagar deyishgan. Hozir bunday 

tasniflash avvalgi mohiyatini yo’qotgan: ayrim ustalar (I.Komilov, U.Ashurov, 

X.Sattorov, M.Azimov, M.Tojaliev va boshqalar) ham yapaloq, ham cho’zinchoq 

shaklli idishlarni yasashadi. 

    Rishton sopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko’p jihatdan buyumlarga 

naqsh berilishida ko’zga tashlanadi

  

      Ilk o‘rta asrlarda Farg‘onaga Xitoy chinnilari va yaqin sharq shisha buyumlari 



kirib  keldi.  Buning  natijasida  Farg‘ona  hunarmandlari  ham  chinni  va  shisha 

buyumlarni  yasashni  o‘zlashtirib  olishdi.  Bunday  buyumlar  ishlab  chiqarishga 

ixtisoslashgan  mahallalar  vujudga  kela  boshladi.  Bunday  ustaxona-mahallalarni 

O‘zgan,  Axsikent  va  Quva  shahristonlarida  uchratish  mumkin.  Islom  dini  kirib 

kelishi  bilan  Farg‘ona  vodiysi  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  ajralmas  qismiga 

aylandi.  Bu  davr  buyumlari  esa,  islom  ta’limoti  talablaridan  kelib  chiqqan  holda 

ma’lum  bir  qolipga  tushdi.  Buyumlarda  qat’iy  talab  –  ilohiy  mavjudodlarning 

ifodalanmasligi,  shakllarni  islom  targ’ibotidan  kelib  chiqqan  holda  bezash,  hatto 

buyumlarda Qur’on oyatlarining ifodalanishi davr talabi bo‘lib qoldi. Taajubki, X – 

XII asrlarda hunarmandlar tomonidan islom ta’qiqlagan tasvirlarning qo‘llanganini 

ko‘rish  mumkin.  Turli  zoomorfik  shakllar,  ilohiy  mavjudodlar,  tabiat  va 

odamlarning  tasviri  tushirilgan  buyumlar  shu  davrning  nodir  yodgorliklari 

hisoblanadi.  Bu  usul  bino  va  buyumlarni  bezashda,  buyumlarga  shakl  berishda 

hunarmand tasavvurini ifodalovchi vosita bo‘lib xizmat qilgan. Ayrim hunarmandlar 

o‘z  ma’sulotlari  yordamida  qadimiy  (islomdan  avvalgi)  dinlarni  saqlab  qolishga 

intilgan bo‘lsa, ayrimlari oyatlar orqali islom dinini taribot qilmoqchi bo‘lgan. 




     XVII – XVIII asrlarda Buxoro xonligining zaiflashib qolganligidan foydalanib, 

uning  sharqiy  viloyati  –  Farg‘onaga  SHarqiy  Turkiston  xonlari  va  ko‘chmanchi 

qalmoqlar  tez-tez  talonchilik  hujumi  uyushtirib  turishdi.  Buxoro  dan  panoh 

bo‘lmagach,  Farg‘onadagi  mayda  qabilalarning  o‘zaro  birlashish  jara  yoni 

boshlandi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, Farg‘onada Ming urug‘i vakil lari Qo‘qon 

shahri  atrofidagi  qishloqlarni  birlashtirib  yangi  xonlik  barpo  qildi.  Oradan  xech 

qancha faqt o‘tmay Qo‘qon xonligi Markaziy Osiyoning eng yirik, qudratli va tez 

taraqqiy  etayotgan  davlatlaridan  biriga  aylandi.  Qo‘qon  xonligi  davri  Farg‘ona 

vodiysining  siyosiy,  ijtimoiy-iqtiso  diy  va  madaniy  rivojlanish  davri  bo‘ldi. 

Farg‘ona  vodiysidagi  me’moriy  obidalarning  aksariyati  shu  davrga  mansub. 

Hunarmandchilikning barcha turi o‘z rivojlanish taraqqiyoti cho‘qqisiga ko‘tarildi. 

Ayniqsa,  misgarlik,  kulolchi  lik,  yog‘och  o‘ymakorlik,  zargarlik,  meomorchilik, 

ipak  ma’sulotlari  ishlab  chiqarish  misli  ko‘rilmagan  darajada  rivojlandi.  Qo‘qon 

xonligi  hududida,  asosan,  shu  davlatning  oltin,  kumush  va  mis  pul  birliklari 

muomalada  bo‘l  gan.  Ayrim  hollarda  Buxoro,  Eron  va  Afg‘onistonning  tillo  va 

kumush tanga lari, Rossiyaning kumush rubllari mol ayirboshlashda qo‘llanilgan. 

Bular  ning  hammasi  savdo  munosabatlarining  rivojlanganligidan  dalolat  beradi. 

Qo‘qon  xonligi  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  bosib  olingach  Farg‘ona  dagi 

hunarlarning ko‘pi tayziq ostiga olindi. Masalan; misgarlik, temirchi lik va mayda 

metallurgiya ustaxonalarining faoliyati chegaralab qo‘yildi.  

    Ularda  ishlab  chiqarilayotgan  ma’sulotlarning  turi  kamaydi  va  aso  san,  uy-

ro‘zg‘or  buyumlari  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashtirildi.  Rossiyadagi  zavod-

fabrikalarda ishlab chiqarilgan ma’sulotlar Farg‘onaning ichki bozorlarini egallashi 

natijasida bu yerdagi hunarmandlarning ishlab chiqarayotgan ma’sulotlari raqobatga 

bardosh  berolmay  qoldi.  Chinni,  shisha,  metal  va  boshqa  buyumlar  deyarli 

Rossiyadan  olib  kelinadigan  bo‘ldi.  Oqibatda  hunarmandlarning  aksariyati  arzon, 

bir xil turdagi ma’sulotlarni ishlab chiqa rishga majbur bo‘ldi. SHunday bo‘lsada, 

nozik did bilan ishlangan ko‘pgina buyumlar o‘z haridorini topgan va ular oilaning 

qimmatbaho jihozi sifatida ardoqlangan.  

 

 



 


 

Download 234,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish