2-rasm. O’lchash asboblari. Agar teshiklarni ikki kordinatasi va burchagi silindirik detal markazidan masofasi berilgan bo`lsa markazini topishga imkon beradi. Teshik markazi markaz qidirgich bila rejalash shtifti tegib turadigan qilib o`rnatiladi. Detalning shakli uning xususiyalarini o`rganish uchun zagatovka tekshiriladi. Uning yuza sirtida notekislik zanglagan joylari darz ketganligi bor yo`qligi aniqlanadi. Chiziq tushurishdan oldin uning g`adir budurliklari tekislanadi. Keyin shu zagatovkani aniq o`lchamlariga uzunligi va eni hisobga olinadi. Rejalanadigan sirt bo`yaladi. Bo`yash uchun ishlatiladigan materiallar sirtiga yaxshi yopishishi yoki po`lat yoki zagatovkalari yoki rangli metallarni rejalash o`lcham qo`yish va uning o`lchamlarini tekshirilib ko`riladi. Rejalash ishlari rejalash plitalarida bajariladi. Plitalar asosan kulrang cho`yandan qo`yilib ularga juda aniq ishlov beriladi. Rejalash plitalari chiziqlarni chizish so`ngra qolgan chiziqlarga gorizontal va vertikal chiziqlar asosida yoy aylantiriladi. Ayrim hollarda tartibga rioya qilib bo`lmaydi. Plitaga qiya chiziq yoyga o`rinma hisoblanadi, shuning uchun oldin yoy keyin qiya chiziq chiziladi. Gorizantal chiziqlar chizg`ich yordamida ish qismini rejalayotgan tekislik bilan 75-800 burchak tashkil qilishi kerak. Chizg`ich harakat yo`nalishiga bir oz qiya o’shlanadi. Kesmalarni qismlarga bo`lishda sirqulning oyoqlari ma`lum o`lchamda qo`yilib uning aniq rejalash chiziqlari geometrik uslubda belgilanadi. Andoza bo`yicha ko`p seriyali ishlab chiqarish rejalash jaryoni detall shaklini yoki zagatovkaning butun geometrik bo`yicha uning parametrlari rejalanadigan sirtlarini chizg`ich yordamida belgilanadi.
Texnikaviy metriologik tushunchalar va ta`rif o`lchash va nazorat qilish vositalari. Chilangarlikda qo`llaniladigan barcha o`lchash va nazorat qilish vositalarini nazorat o`lchov asboblari hamda o`lchov asboblari guruhi bo`lishi mumkin.
Nazorat o`lchov asboblariga quydagilar kiradi. Tekislik, va to`g`ri chiziqlikni nazorat qilish asboblari, uzunlikni o`lchash asboblari, shterixli asboblar, shtagen asboblar, burchak o`lchagichar, vint chublari. Harakatiga asoslangan mikrometrik asboblar. “mikrometrlar, gulbonometrlar”. O`lchov asboblariga quydagilar kiradi. Rechakli mexanik asboblar, optemetr, mikroskop, proektor, interofetr, elektr asboblariga ploflometrlar, yuqorida ko`rsatib o`tilgan asboblar o`lchashni va ulardan foydalanish haqida instruksiyalar amal qiladi.
Tekislikda to`g`ri chiziqlikni nazorat qilish asboblaridan biri lekalo chizg`ichlar uch turda tayyorlanadi. Uzunligi 80, 125, 200, 320 va 500 millimetr uch qirrali uzunligida bo`ladi. Lekalo chizg`ichlari bilan to`g`ri chiziqlikni yorug`lik tirqishi usulida tekshiriladi. Buning uchun chizg`ichning o`tkir qirrasini sirtga qo`yib tekshiriladi. Ish sirti keng bo`lgan tekshirish chizg`ichi to`rt turda ishlab chiqiladi. Burchaklari qo`sh tavrli, ko`prikcha, uch qirrali, to`g`ri burchakli va ikki klassga bo`linadi. 0 dan birinchi klass chizg`ichlari yuqori aniqlikda, ikkinchi klass chizg`ichlari o`rtacha aniqlida montaj ishlari uchun ishlatiladi.
Bu chizg`ichlar bilan to`g`ri chizg`ichli tekislikda og`ishlar va bo`yash uslubi bilan nazorat qilinadi. To`g`ri chiziqning o`lchash uchun chizg`ichning tekshirilayotgan sirtga qo`yiladi. Chizg`ich va nazorat qilinadigan sirt orasidagi yorug`likni shup bilan o`lchanadi. Chizg`ich sirt orasida yupqa qog`ozni qo`yib uni chizg`ich orasida va qirrasida surish to`g`ri chiziqlikni ruxsat etilgan og`ishini aniq ko`rsatish mumkin.
Bo`yash usuli tekshirib ko`rish uchun chizg`ichni sirtini yupqa qalinlikda bo`yab uni tekshirilayotgan sirtiga chizg`ichni qattiq bosmay suriladi. Sirtda hosil bo`lgan doirani o`lchami bo`yicha to`g`ri chiziqlilik aniqlanadi. Bir tekisda joylashgan O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
Yumaloq materiallarga ishlov berish uchun kamroq kuch talab qilinadi, demak shu sababli asbobning mustahkamligi uning o’tkir burchagini kichikroq olish mumkin. Metalni qismlarga bo’lish jarayonida ikkala sirtida ishqalanish yuzaga keladi. Metalning sirtidan qirindi olish yo’li bilan ishlob beriladigan asbobning yon sirtiga qiyalatib qo’yiladi. Asbobning ishlov beriladigan yuzasi va undan ajralib chiqadigan qirindi old sirti deb aytiladi. Materialdan olinadigan qirindi qirqish old sirtini qiya burchagi qirqish burchagi deb ataladi. Asbobni qizishini kamaytirish va uni sovutishda moylash suyuqligi ishlatiladi ishqalanuvchu yuzalarda yupqa parda hosil qiladi.