1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet24/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

Chorva mollari setariyalari. Chorva mollarida asosan, Setaria labiato-pappilosa, S.equina, S.bernardi kabi turlari parazitlik qiladi. Ular ancha yirik, oq rangli namatodalar bo’lib, uzunligi 48 mm dan 120 mm gacha boradi. Setariyalar chorva mollarning qorin bo’shlig’ida, oshqozon osti bezida, qatqorin, qorin yog’i, jigar va ichaklarida parazitlik qiladi, hamda butun organizmga zaharli ta’sir ko’rsatadi. Qoramollarga setarioz yuqish darajasi O’zbekistonning ayrim viloyatlarida 22,3 % dan 75,7 % gacha etadi. Shuningdek, ushbu kasallik qo’y va echkilarni 1,9 % dan 8,5 % gacha, cho’chqalarni 0,4 % dan 28 % gacha, ot va eshaklarni 50 % gacha zararlashi qayd etilgan. Mazkur kasallik chorva mollarda eng ko’p Qoraqalpog’iston Respublikasida hamda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari xo’jaliklarda, shuningdek, Farg’ona vodiysida qayd etilgan. Setarioz qo’zg’atuvchilari sug’oriladigan hududlardagi qoramollarda, ya’ni Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo etaklarida va boshqa botqoqlashgan hududlarda tekshirilgan hayvonlarda zararlanish darajasi kamayib boradi. Setarioz yuqishi yil fasllariga qarab ham o’zgaradi. Eng ko’p zararlanish qishda (30 %) va bahorda (26,7 %) ro’y beradi, birmuncha kamroq zararlanish esa yozda (20,4 %) va kuzda (14,6 %) qayd etilgan. Shu singari holat Buxoro va Navoiy viloyatlarda ham kuzatiladi.
O’zbekistonning turli hududlarida setarioz qo’zg’atuvchilarining oraliq xo’jayini sifatida qon so’ruvchi asl chivinlar avlodidan – Aedes caspius caspius ishtirok etishi aniqlangan. Chivinlar setariya lichinkalari bilan may oyidan oktyabr oyigacha kasallangan mollarning qonini so’rish orqali zararlanadi. Chorva mollarni setarioz bilan kasallanishini oldini olish uchun tabiatda yaylovlarda chivinlarga muntazam ravishda qarshi kurash choralarini olib borish va ularning sonini cheklab turish lozim.
Toq tuyoqlilar darasheyalari va gabronemalari. Toq tuyoqlilarda Drascheia megastoma, Habronema muscae va H.microstoma kabi nematoda turlari parazitlik qiladi. Ot va eshaklarning drasheyozi va gabronemozi surinkali gelmintoz kasalliklari bo’lib, bu nematodalarning vakillari ot va eshaklarning oshqozoni, o’pkasi va terisida parazitlik qiladi. Parazitlar voyaga etganda ot va eshaklar oshqozoniga tushadi. Habronema muscae nematoda turining lichinkalari rivojlanishining uchinchi bosqichida otlar terisida va o’pkasida gabronemoz kasalligini qo’zg’atadi. Drascheia megastoma esa yuqorida keltirilgan nematodalardan eng patogeni hisoblanadi. Chunki u ot oshqozonida parazitlik qilib, o’smalarni hosil qiladi. Parazitning og’zi ikkita lab bilan o’ralgan. Boshi tanasidan kesikcha bilan ajralgan, tomog’i voronkasimon, qizilo’ngachi qo’shaloq oldingi bo’limi qisqaroq, keyingi qismi esa ancha uzunroq (bezli bo’limi) bo’ladi.
Erkaklarning uzunligi 7-10 mm bo’lib, dumi spiral shaklda buralgan va to’mtoq. Spikulalari ikkita. Urg’ochilarining uzunligi 10-13 mm, dum oxiri salgina egilgan holda o’tkirlashib tugaydi. Tuximlari yarim tsilindr shaklida, uning ichida shakllangan lichinkalari bo’ladi. Habronema muscae boshqa turiga nisbatan kamroq rivojlangan lablari bilan farqlanadi. Erkaklarning uzunligi 8-14 mm, urg’ochilarining uzunligi esa 13-22 mm. Habronema microstoma ham uchraydi. Uchala tur nematodalar qo’zg’atuvchilarining ham oraliq xo’jayinlari uy pashshasi (Musca domestica) va qon so’ruvchi pashshalar ishtirokida rivojlanadi.
Drasheya tuxumlari ot oshqozonidan tezak bilan birga tashqariga chiqadi. Ot tezagiga esa pashshalar tuxum ko’yadi va tez rivojlanib lichinkalar hosil qiladi. Pashsha lichinkalari tezakdagi drasheya tuxumlarini yutib zararlanadi. Keyingi kuni pashsha lichinkalarining oshqozonida drasheya tuxumlaridan harakatchan lichinkalari paydo bo’ladi. Pashsha ichidagi drasheya lichinkalari 11-13 kunda 1,3-2,6 mm ga boradi, 13-15 kunda esa yuqumli holatga, ya’ni invazion lichinkalarga aylanadi. Invazion lichinkalar pashsha organizmida turib kutikulyar qobig’ini yirtib chiqadi. U pashsha xartumiga, so’ngra pastki labining shishgan joyiga o’tadi. Pashshalar otlarning ho’l, issiq labiga qo’nganda, drasheya lichinkalari pashsha xartumini teshadi va tashqariga so’lak bilan namlangan joyga chiqadi.
Otlar so’lak bilan birgalikda drasheya lichinkalarini yutib yuborishi yoki ichida drasheya va gabronema lichinkalari bo’lgan pashshalar tushgan oziqlarni eyishi natijasida zararlanadi. Ot organizmida drasheya lichinkalari 44-64 kunda voyaga etgan parazitga aylanadi. Ular ot oshqozon shilliq osti pardasida va o’smasimon hosilalarida joylashadi. Voyaga etgan Habronema muscae ot oshqozonining shilliq pardalariga yopishib oladi. Undan tashqari pashsha lichinkalari ot terisiga va yaralariga tushsa teri gabronemozi rivojlanishi mumkin. Bu lichinkalar ot burnini shilliq pardasida bo’lsa o’pkaga qarab harakat qilishi va u erda gabronemoz tugunini hosil qilishi mumkin. Bu kasallik qulunlar va katta yoshdagi otlarda hamma joyda, ayniqsa otxonalarda boqilgan otlarda uchraydi. Otlar yozda, pashshalar uchish davrida ko’proq zararlanadi. Drasheya va gabronemalar xo’jayin organizmiga mexanik va zaharli metabolitlar bilan ta’sir ko’rsatadi.
Drasheyalar otlarning oshqozoniga tushib, odatda, uning bezli qismida kattaligi yong’oqdan tovuq tuxumigacha va undan ham kattaroq tugunlarni shakllantiradi. Tugunlar odatda kataral yallig’langan shilliq parda bilan yopilgan. Ko’pincha bitta ot oshqozonida o’smalardan 4-5 ta bo’ladi. Ularning ichi kovak bo’lib, undan drasheyaning oxirgi qismi chiqib turadi. Shishni bosib ko’rganda bu kovakdan parazit va ularning tuxumlarini saqlaydigan sariq kulrang suyuqlik ajraladi. Gabronemalarning boshqa turlari shunchaki oshqozon shilliq pardasiga yopishib, uni mexanik qitiqlaydi hamda oshqozon bezlarini atrofiyalaydi, natijada uning funktsiyasi buziladi. Teri gabronemozi terida shishlar paydo qiladi va ularning sekin-asta yaralanishi bilan ifodalanadi. Bunday yozgi yaralarni davolash qiyin. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Hindiston va Braziliyada keng tarqalgan. Gabronema lichinkalari o’pkaga tushib to’g’nog’ich boshi, ba’zan yong’oqdek keladigan parazit tugunchalarini hosil qiladi. Bunday tugunchalarda odatda yiringli suyuqlik va uzunligi 3 mm keladigan lichinkalar bo’ladi.
Olimlar teri gabronemozi bilan shikastlangan otlarda o’pka gabronemozi paydo bo’lishi mumkin deb ham taxmin qiladilar.
Drasheya va gabronema tuxumlarini topish uchun otlarning tashqariga chiqargan yangi tezagi Berman usulida tekshiriladi, undan tashqari zond yordamida olingan oshqozon shirasini tekshirish bilan ham kasallikni aniqlash mumkin. O’lgan mol yorib ko’rilganda oshqozondan parazit va shish tugunlari topiladi.
Klinik tekshirish bilan esa terining turli joylarida, ya’ni tizza va boldir sohasida, bo’yinning oldingi yuqorigi qismlarida yozgi yaralar aniqlanadi. Yozgi yaralar faqat yilning issiq paytida paydo bo’ladi.
Kasallangan otlar uglerod sulfid va yodning suvdagi eritmasi bilan davolanadi. Teri gabronemozi jarrohlikda qo’llaniladigan usullar bilan davolanadi. Gabronema va drasheya bilan zararlangan otlarni sog’aytirish uchun bir qancha choralar amalga oshirilishi, shuningdek, qo’zg’atuvchilarning oraliq xo’jayinlari - pashshalarni yo’qotish lozim. Buning uchun otxonalarda to’plangan go’ng maxsus go’ngxonalarga olib ketiladi va biotermik zararsizlantiriladi. Pashshalar tezakka tuxum qo’ymasligi uchun go’ngxonalar usti yopib qo’yiladi. Otxonalardagi pashshalarni yo’qotish kerak. Buning uchun binolar geksaxloran eritmasi bilan muntazam oqlanib turiladi, xlorofos bilan dezinvaziya qilinadi. Kuz va qishda otlar gelmintsizlantiriladi.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish