Oltinni ishqorli cho’ktirish. Bu usulda boshlang’ich 4-6 soat davomida siqilgan havo bilan ishlov berilib eritmadagi HCN yo’qotiladi, aks holda ishqor ishtirokida u NaCN hosil qilib, oltinni to’liq cho’kishiga qarshilik ko’rsatadi. Eritmani 40-500C gacha isitib, 40% li NaOH muhit рН 10-12 bo’lguncha beriladi. Bu bilan oltin gidrooksid hosil bo’lishi quyidagi reaksiya bo’ylab amalga oshiriladi:
Au[SC(NH2)2]2Cl + NaOH = Au(OH) + 2SC(NH2)2+ NaCl. (133)
Kumushning cho’kishi ham xuddi shu kabidir. Cho’ktirish jarayoni davomiyligi 2-4soat. Cho’kma gidrooksidlar tarkibida 10-15% oltin bo’lib, ular filtr-preslarda filtrlanib so’ng qaynoq suv bilan yuviladi, siqilgan havo bilan ishlov beriladi va oltingugurtni yo’qotish maqsadida 3000C da kuyduriladi. Olingan kuyundi qo’shimchalardan tozalash uchun sulfat kislotada eritiladi, olingan 30-45% oltin boyitmasi affinajga yuboriladi. Jarayonning kamchiliklari: cho’kmalarning yomon filtrlanishi, qo’shimcha sulfat kislota sarfi va past sifatli cho’kmalar olinishi.
5. Faollangan ko’mir yordamida oltinni cho’ktirish. Oltinni ko’mir bilan sorbsiyalashda ko’mirning tanlovchanligi oltinga nisbatan yuqori bo’lib, qo’shimchalari ko’p bo’lgan eritmalardan oltinni sorbsiyalash uchun foydalaniladi. Qarama qarshi kechuvchi 4-5 bosqichli jarayonda oltin to’liq ajralib ko’mirli cho’kmada oltin miqdori 15-20% ni tashkil qiladi. Ular yoqiladi va kul olinib xomaki metall olish uchun eritiladi. Jarayonning kamchiligi: ko’mirni yoqish jarayonining qiyinligi va tiomachevina eritmasining yo’qolishi.
Ekstraksiya. Bu usulda oltin tarkibli eritma, o’zida erimaydigan va oltinni elektr ion zaryadiga mos ravishda ion almashib “yutadigan” organik modda, e k s t r a g e n t bilan aralashtiriladi. Ekstraksiya natijasida 2 xil mahsulot olinadi. Bulardan biri, oltinli organik faza (ekstrakt) va oltinsiz, ammo boshqa elementlar bo’lishi mumkin bo’lgan eritma (rafinat) olinadi. Rafinat (eritma) tarkibida oltin bo’lmagan va boshqa kerakli elementlar ham mavjud bo’lmasa, chiqindi sifatida chiqindi saqlanadigan joyga yuborilishi mumkin. Oltini bor bo’lgan organik faza-ekstraktdan oltinni ajratib olish uchun reekstraksiya qilinadi.
Oltinni ekstraktdan eritib oluvchi eritma reekstrakt deyiladi. Oltini olingan ekstragent qayta foydalaniladi.
Nodir metallar sinil eritmalarida kompleks anionlar shaklida bo’ladi.
Shuning uchun ularni ekstraksiyalashga anion almashuvchi organik moddalar ishlatiladi. Bunday ekstragentlik xossasiga to’rtlamchi ammoniy tuzlaridan -trialkilbenzinammoniy xlorid, qisqacha TABAX ishlatiladi.
Ekstraksiya quyidagi reaksiya bo’yicha boradi:
(R3C7H7N)Cl + Au(CN)2 = (R3C7H7N)Au(CN)2+ Cl (134)
Kumush, mis va rux anion komplekslari ekstraksiyasi ham yuqoridagi reaksiyaga o’xshash bo’ladi. Ekstraksiya yaxshi borishi uchun oltinli eritma hamda ekstragent qarama-qarshi oqim usulida yuboriladi.
Ekstragent tarkibidagi oltin tiomochevina moddasining nordon kislotali eritmasida olib borilishi mumkin. Reekstragent tarkibi 8% CS(NH2)2 tiomochevina, 5-10% H2SO4, yoki 20-35 % rodanit natriy eritmasi bo’lishi mumkin. Birinchi galda oltin mustahkam kationli kompleks tuz hosil qiladi:
(R3C7H7N)Au(CN)2+2CS(NH2)2+2HCl=(R3C7H7N)Cl+Au[CS(NH2)2]2Cl+2CN 135)
ikkinchi galda anionlar almashinuvi kuzatilishi mumkin:
(R3C7H7N)Au(CN)2 +CNS = (R3C7H7N)CNS +Au(CN)2 (136)
Reekstragent konsentratsiyasini o’zgartirish bilan oltin va kumushni alohida boshqa reekstraktga to’plash mumkin.
Reekstraksiya jarayonida organik fazani regeneratsiyalab, uni yana ekstraksiyada ishlatish mumkin.
Oltin bilan ko’proq to’yingan reekstrakt erimaydigan anod bilan elektroliz qilinishi mumkin. Elektroliz davomida katodda ajralgan nodir metallar miqdori 90-95% bo’lib, unga oltinning 98-99 % qismi, eritmadan ajratib olinadi.