42. Grafen va uni olishning Novoselov usuli (skotch lentasi usuli).
Birinchi marta grafen 2004-yilda K. Novoselov va A. Geym tomonidan juda sodda tarzda
olingan: YYPG (Yuqori yo‘naltirilgan pirolitik grafit) na’munasi yopishqoq skotch
lentalari orasiga joylashtirilgan va qatlamlar ketma-ket oxirgi ingichka qatlam qolguncha
tozalangan. Ushbu plyonkalar tarkibida bir qatlamli grafen va oz miqdordagi ko‘p
qatlamli grafen ham bo‘lgan. So‘ng filmlar standart Si/SiO2 substratiga bosildi; shu yo‘l
bilan ikki o‘lchovli plyonkani barqarorlashtirishga erishildi. Plyonkalarning gorizontal
o‘lchamlari taxminan 10 mkm. ni tashkil qiladi. Usul skotch lentasi usuli deb ataladi.
Ammo, bu usul sodda va qulay ko‘rinishda bo‘lsada, aslida uni ko‘paytirish qiyin va
faqat juda oz miqdordagi (0,001 mg dan ko‘p bo‘lmagan) grafen olishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |