Muallif: Doniyorbek Qalandarov
28
22. XIX asr o’rtalarida Shaxrixonda rivojlangan
hunarmandchilik berilgan javobni toping.
A) atlas to’qish, do’ppichilik
B) kulolchilik
C) zargarlik
D) do’ppichilik, pichoqchilik, duradgorlik
23. O’rta Osiyoning qaysi hududida do’ppichilik,
pichoqchilik sohalari yaxshi rivojlangan.
A) Shaxrixon B) Chust C) Qo’qon D) Xiva
24. O’rta Osiyoning qaysi hududida temirchilik,
duradgorlik, zargarlik sohalari yaxshi rivojlangan.
A) Shaxrixon B) Chust C) Qo’qon D) Xiva
25. Xivada rivojlangan
hunarmandchilikning
sohalarini ko’rsating.
A) me’morchilik, ganchkorlik
B) zargarlik
C) do’ppichilik, pichoqchilik
D) atlas to’qish, do’ppichilik
26. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida yaxshi
rivojlangan hunarmandchilik turlari xato berilgan
javobni aniqlang?
A) kulolchilik, temirchilik, miskarlik
B) zardo’zlik,
shishasozlik,
C) kandakorlik, badiiy kashtachilik
D) me’morchilik, ganchkorlik
27. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo
savdogarlari
qaysi davlatlar bilan savdo qilganlar?
1. Eron 2.Xitoy 3. Hindiston 4. Afg’oniston
5. Rossiya 6. qozoq juzlari 7. Ozarbayjon 8. Misr
9. Arab davlatlari
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1, 3, 5, 7, 9
C) 4, 5, 6, 7, 8, 9
D) 2, 4, 6, 8, 9
28. XIX asr o’rtalarida xorijda yuqori baholangan
O’rta Osiyo hunarmandlarining buyumlari xato
berilgan javobni toping.
A) zargarlik mahsulotlari B) shoyi va atlas
C) kulolchilik buyumlari D)
pichoqlari
29. Agrar so’zi qaysi tildan olingan va qanday
ma’noni anglatadi?
A) lotincha-yerga, dalaga oid B) yunoncha-yer
C) arabcha-o’lka
D) inglizcha-sanoat
1. XIX asr o’rtalarida xonliklardagi aholining
aksariyati qaysi tilda so’zlashgan?
A) o’zbek B) tojik C) qirg’iz D)
qozoq
2. XIX asrda O’rta Osiyoda qancha doston mavjud
edi?
A) 40 ga yaqin B) 40 ta C) 40 dan ortiq D) 50 ta
3. XIX asrdagi eng mashhur dostonlar xato berilgan
javobni toping.
A) “Alpomish”
B) “Go’rog’li”,“Kuntug’mish”
C) “Shirin va Shakar” D) “Bo’zatov”
4. Xiva xoni Eltuzar hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1806-1825
B) 1825-1842
C) 1804-1806
D) 1845-1855
5. Eltuzarxon farmoyishi bilan Shermuhammad
Munis Xorazmning qaysi yilgacha bo’lgan
tarixini
yozgan?
A) 1806 yilgacha B) 1812 yilgacha
C) 1845 yilgacha D) 1872 yilgacha
6. Shermuhammad Munisning asl ismi kim?
A) Shermuhammad Amir Avazbiy o’g’li
B) Muhammad Sharif
C) Abdulqodir
D) Muhammad Rizo Ernazarbiy o’g’li
7. 1819-yil Munis kimning qaysi asarini o’zbek
tiliga tarjima qilishga kirishdi va bu asarning I-jildini
tarjima qilishga erishdi?
A) Mirxond-“Ravzat-us safo”
B) Xondamir-“Habib-us-suyar”
C) Abulg’ozi-“Shajarai turk”
D) Bayoniy-“Shajarai Xorazmshohiy”
8. Ogohiy Munisning qaysi asarlarining
tarjimasini
oxiriga yetkazgan?
A) “Firdavs-ul iqbol”
B) “Ravzat us safo”
C) “Xorazm tarixi” D) A va B
9. Ogohiyning asl ismi kim?
A) Shermuhammad Amir Avazbiy o’g’li
B) Muhammad Sharif
C) Abdulqodir
D) Muhammad Rizo Ernazarbiy o’g’li
10. Ogohiy qaysi yillari yashagan?
A) 1809-1874
B) 1812-1872
C) 1812-1874
D) 1810-1873
11.
Ogohiy qancha tarixiy, ma’rifiy, tarjima
asarlarining muallifi?
A) 15ta B) 16 ta C) 18 ta D) 21 ta
12. Ogohiyning puxta bilgan tillari xato berilgan
javobni toping.
A) arab B) fors C) turk D) uyg’ur
13. Ogohiy Xorazmning qaysi yillari tarixini yozib
tugatdi?
A) 1809-1874
B) 1812-1872
C) 1812-1874
D) 1810-1873
Do'stlaringiz bilan baham: