41-§. ME’MORCHILIK VA TASVIRIY
SAN’AT.
1. Quyidagi “Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati
bor. Ya’ni tarixiy murakkab va hal qiluvchi burilish
pallasida har qanday millat va elat o’z ahilligi va
birdamligini yo’qotadigan bo’lsa, oxir-oqibatda
o’zining eng katta, tengsiz, boyligi bo’lmish
mustaqilligi va ozodligidan judo bo’lishi
shubhasizdir” so’zlari I.A.Karimovning qaysi asarida
keltirilgan?
A) “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
B) “Tarixiy xotirasiz-kelajak yo’q”
C) “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”
D) “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”
2. Yurtboshimiz I.A.Karimov qachon bir guruh
ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda Rossiya
imperiyasi o’tkazgan mustamlakachilik siyosatining
oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surdi?
A) 1996-yil
B) 1997-yil
C) 1998-yil
D) 1999-yil
Muallif: Doniyorbek Qalandarov
90
3. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida nomlari
nafaqat Buxoro amirligida balki Xiva xonligi,
Turkiston va Xurosonda ham mashhur bo’lgan
ustalar nomlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) Obloqul
B) Ibrohim Hofizov
C) Mo’minjon Solihov
D) Shakar Murodov
4. Sitorai Mohi Hosa qachon bunyod etilgan?
A) XIX asr boshlari
B) XIX asr o’rtalari
C) XIX asr oxiri
D) XX asr boshlari
5. Sitorai Mohi Xosa majmuasining maxsus Oqsaroy
zaliga pardoz berish ishini kim boshchiligidagi bir
guruh usta ganchkorlar amalgam oshirdilar?
A) Obloqul
B) Odina Muhammad Murod
C) Shirin Murodov
D) Shakar Murodov
6. Xorazm me’morchilik maktabining sarkorini
aniqlang.
A) Obloqul
B) Odina Muhammad Murod
C) Shirin Murodov D) Shakar Murodov
7. Oddiy loydan go’zal san’at asarlari yaratish va
tabiyatdagi turli giyoh va o’simliklardan betakror
ranglar kashf etish mumkinligini amalda isbotlab
bergan kulollar nomlari to’g’ri berilgan javobni
aniqlang.
1.Odina Muhammad Murod 2.Nurmuhammad
3.Abdujabbor 4. Obloqul 5.So’fi Muhammad
Niyoz 6.Mo’minjon Solihov 7.Abdulla
A) 2,3,5,7
B) 1,2,3,4
C) 1,3,5,7
D) 4,5,6,7
8. Islomxo’ja minorasi qaysi yillarda qurilgan?
A) 1907-1910
B) 1908-1910
C) 1909-1910
D) 1910-1912
9. Islomxo’ja minorasi qaysi shaharda qurilgan?
A) Buxoro B) Xiva C) Samarqand D) Qo’qon
10. Xorazmni dunyoning eng rivojlangan davlatlari
qatorida ko’rishni istagan , vatanini tashqi dunyo
bilan bog’lashga intilgan, ilg’or g’oyalar bilan to’lib
toshgan shaxsni aniqlang.
A) Asfandiyorxon B) Islomxo’ja
C) Salimoxun
D) Matmurod devonbegi
11. Qaysi hududning yog’och o’ymakorligi, eshik,
darvoza va ustunlarni o’ymakor naqshlar bilan
bezab, o’sha binolarning umumiy ko’rinishiga o’ziga
xoslik va jilo baxsh etgan?
A) Buxoro
B) Xiva
C) Samarqand
D) Qo’qon
12. Qachondan Farg’ona vodiysi me’morchiligida
Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish
an’analari kirib keldi?
A) XIX asr boshlari B) XIX asr II-yarmi
C) XIX asr oxiri
D) XX asr boshlari
13. Quyidagi qaysi inshoot XIX asr oxirida bunyod
etilgan?
A) Sitorai Mohi Xosa B) Andijon jome masjudi
C) Nurullaboy saroyi D) Islomxo’ja minorasi
14. Xorazm me’morchilik maktabining e’tiborli
tomonini aniqlang.
A) pershtoqlar, burjlar, shiplar o’ta nozik did va
nafosat go’zalligi barq urib turgan holda xattotlik
yozuvlarini o’ta mohirlik bilan uyg’unlashtirib
yubora olar edilar
B) pershtoqlar, burjlar, shiplar o’ta nozik did va
nafosat go’zalligi barq urib turgan holda Yevropa
me’morchiligini o’ta mohirlik bilan uyg’unlashtirib
yubora olar edilar
C) peshtoqlari, sinchlari, ganchlari o’ta nozik did va
nafosat go’zalligi barq urib turgan holda xattotlik
yozuvlarini o’ta mohirlik bilan uyg’unlashtirib
yubora olar edilar
D) G’arB va Charq me’morchiligining qo’shilib
o’ziga xos uslub namoyon etishida
15. Nurullaboy saroyi qachon qurilgan?
A) 1903-1912
B) 1904-1912
C) 1903-1913
D) 1904-1914
16. Nurullaboy saroyi kimning buyrug’i bilan
qurilgan?
A) Muhammad Rahimxon II B) Olloqulixon
C) Asfandiyorxon
D) Islomxo’ja
17. Quyidagi qaysi binolarning qurilishida ham
g’arb, ham sharq me’morchiligi a’nanalaridan
foydalanilgan?
A) Sitorai Mohi Xosa
B) Nurullaboy saroyi
C) Andijon jome masjidi D) A va B
18. Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy
va boshqa binolari qaysi shaharda qad ko’tardi?
A) Xiva
B) Buxoro
C) Samarqand
D) Toshkent
19. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tasviriy
san’atning an’anaviy turlarini saqlab qolgan
ijodkorlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) Ahmad Donish B) Abdulholiq Maxdum
C) S.Siddiqov
D) Ch.Axmarov
20. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistonda
tasviriy sanat qaysi hudud miniaturachilari ijodida
namoyon bo’ldi?
A) Samarqand, Qo’qon, Buxoro
B) Samarqand, Xiva, Toshkent
C) Marg’ilon, Qo’qon, Buxoro
D) Samarqand, Qo’qon, Marg’ilon
21. XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarda
…….tasvirlana boshladi.
Muallif: Doniyorbek Qalandarov
91
A) ilgari ishlatilmagan manzaralar-suzib borayotgan
kema, temiryo’llar va hayvonlar
B) ilgari ishlatilmagan manzaralar-yurib borayotgan
mashina, askarlar va hayvonlar
C) ilgari ishlatilmagan manzaralar-tabiat, peyzaj va
hayvonlar
D) ilgari ishlatilmagan manzaralar-inson hayoti,
xulqi va intilishi
22. Qachondan o’zbek xalqi san’atida ramziylikka
xos asriy an’analarga boy-diniy-falsafiy
mazmundagi naqqoshlikdan bevosita real tasviriy
san’atga o’tish holati kuzatildi?
A) XIX asr boshlari B) XIX asr II-yarmi
C) XIX asr oxiri
D) XX asr boshlari
23. Naqsh amaliy markazi …..edi.
A) Xiva
B) Buxoro
C) Samarqand
D) Qo’qon
24. Qayerlik ustalarning har qanday asari o’z
xususiyatlariga ega bo’lib, boshqa shaharlarda
yaratilgan buyumlardan ajralib turar edi?
A) xivalik
B) buxorolik
C) samarqandlik
D) qo’qonlik
25. XX asr boshlarida naqsh amaliy san’atida qaysi
rang baxt-saodat va omad ramzi hisoblangan?
A) oq B) qizil C) ko’k D) sariq
26. XX asr boshlarida naqsh amaliy san’atida qaysi
rang quvonch va salomatlik ramzi hisoblangan?
A) oq B) qizil C) ko’k D) sariq
27. Qachon O’rta Osiyoda ananaviy devoriy
naqshlarida ilgari ishlatilmagan manzaralar- suzib
borayotgan kema, temiryo’llar va hayvonlar
tasvirlana boshlandi?
A) XIX asr boshlari B) XIX asr II-yarmi
C) XIX asr oxiri
D) XX asr boshlari
Muallif: Doniyorbek Qalandarov
Murojaat uchun: +99897 600 71 61
@Tarixchilar_bekati365
Do'stlaringiz bilan baham: |