3-bob. Hisobvaraqlar ta’rifi 10000 AKTIVLAR 10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
10101 Aylanma kassadagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank va uning filiallari aylanma kassalarida mavjud bo‘lgan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlar tomonidan aylanma kassaga topshirilgan, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridan va boshqa tijorat banklaridan olingan naqd pul mablag‘lari, shuningdek bankning aylanma kassasiga kirim qilingan boshqa naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank va uning filiallari aylanma kassalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli pul almashtirish shoxobchalarining mavjud naqd pul mablag‘larining harakati va hisobi yuritiladi. Kassa qoldig‘i o‘rnatilgan tartibda berkitiladi.
Hisobvaraqning debetida pul almashtirish shoxobchalarining kassirlari tomonidan hisobdorlik asosida olingan va valyuta sotuvidan kelib tushgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan va qaytarilgan pul mablag‘lari hamda qaytarilgan qoldiq aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir pul almashtirish shoxobchalari va valyuta turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10107 Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalardagi (avtomatlashtirilgan depozit mashinalar, infokiosklar va boshqalar) naqd pul mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraq debetida bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalariga qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida bank kartalari asosida bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari va o‘tkazib berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bankomat va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10109 Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/filialning aylanma kassasidan boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan va yo‘lda bo‘lgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank/filial tomonidan ularning kassaga haqiqatda qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank bo‘yicha, shuningdek naqd pullar, cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10111 Amaliyot kassalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaliyot kassalaridagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida amaliyot kassalariga kelib tushgan naqd pullar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amaliyot kassalaridan berilgan naqd pullar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turi va har bir amaliyot kassasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10113 Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni berish bo‘yicha maxsus kassalardagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Xalq banki filiallarining kassirlari tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan naqd pullarning hisobi olib boriladi. Naqd pul qoldig‘i pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar to‘liq berib bo‘lingunga qadar saqlanadi. Obyektiv sabablarga ko‘ra to‘lanmay qolgan summa 10101 hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki kechki kassaga topshiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha kassirlar tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan naqd pullar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir bo‘yicha alohida yuritiladi.
10198 Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka topshirish uchun tayyorlangan “eskirgan” toifadagi naqd pullar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalariga jo‘natilgan “eskirgan” toifadagi naqd pullarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10300 Bankning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari
10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Markaziy bankka joylashtirgan bo‘sh pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10305 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 20802 hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketish natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 20802 hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 20802 hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10307 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10309 Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bank majburiy zaxiralariga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan Markaziy bankka o‘tkazilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan bankning vakillik hisobvarag‘iga qaytarilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10311 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullar uchun olinadigan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullarning tasdiqlangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMidan o‘tkazilgan, kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
10313 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tezkor to‘lovlar tizimi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Tezkor to‘lovlar tizimi bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlari nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10315 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Markaziy bank kliring tizimi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankning Kliring tizimi bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10321 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Overnayt depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘yilgan overnayt depozitlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka qo‘yilgan overnayt depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankka qo‘yilgan overnayt depozitlarining qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10331 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘ygan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka qo‘yilgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan qaytarilgan depozitlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10397 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — boshqa depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘ygan yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa depozitlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka qo‘yilgan boshqa depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan qaytarilgan boshqa depozitlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10500 Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10501 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida boshqa banklarga qo‘ygan pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklardan bankning vakillik hisobvarag‘iga bank va mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning o‘z majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha bank vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10505 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 21002 hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 21002 hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 21002 hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10507 Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning naqd pul olish uchun boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10511 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10513 Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar mijozlarining bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar mijozlarining bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklar mijozlarining bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10521 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — Overnayt depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan overnayt depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan overnayt depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan overnayt depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10531 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10541 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — 1 yildan ortiq muddatga depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yildan ortiq muddatga depozitlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yildan ortiq muddatga depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yildan ortiq muddatga depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10551 Moliyaviy tashkilotlardagi hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun moliyaviy tashkilotlardagi (xalqaro moliya tashkilotlar, Visa, Western Union kabilar) pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy tashkilotlarga qo‘yilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moliyaviy tashkilotlarga qo‘yilgan mablag‘larning qaytarilishi/hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyaviy tashkilot va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklar yoki moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga qo‘yilgan pul mablag‘lari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank yoki moliyaviy tashkilot bo‘yicha depozitlarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10700 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: haqiqiy qiymati bo‘yicha hisobi yuritiladigan va haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks ettiriladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi yuritiladi.
10701 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat tomonidan chiqarilgan xazina veksellarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan davlatning xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10705 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10709 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida hisobdan chiqarilgan Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10711 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxonalarining qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10715 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, yevroobligatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yevroobligatsiyalar nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalar turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10719 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olingan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxona (tashkilot)larning ulushi qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxonalar ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona (tashkilot)lar tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turi va emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10723 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tijorat banklarining chiqib ketgan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10725 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilingan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (xarid qilish xarajatlarini chegirgan holda) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10779 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida bank tomonidan sotib olingan yoki boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, qimmatli qog‘ozlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati hamda ulushli qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10791 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va sotib olingan foizlardan tashqari, agar ular mavjud bo‘lsa) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan balansdan chiqarilayotgan holda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10793 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofotning amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlarni sotishda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi mukofotning qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10795 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi
Hisobvaraqning ta’rifi: qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda ularning haqiqiy qiymatiga kiritilgan tuzatishlar natijasida oldin vujudga kelgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda ularning haqiqiy qiymatiga kiritilgan tuzatishlar natijasida oldin vujudga kelgan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: 10795 hisobvarag‘ida aks ettirilgan tuzatishlardan tashqari, qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10800 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
10801 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan hukumat tomonidan chiqarilgan xazina veksellarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan xazina veksellarining hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10805 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan hukumat tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari (uzoq muddatli)ning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlarining hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10809 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqda o‘tkazilgan Markaziy bank obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan Markaziy bank obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan korxonalar (tashkilotlar) qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan korxonalar qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxonalar (tashkilotlar) qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10817 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan yevroobligatsiyalar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10821 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan ulushli qimmatli qog‘ozlar hamda korxona (tashkilotlar) ustav fondiga qilingan investitsiyalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida korxonalarning sotib olingan ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari qo‘shib hisoblangandagi sotib olish qiymati hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxonalar (tashkilotlar) ulushli qimmatli qog‘ozlarining sotib olish qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxonalar(tashkilotlar)ning chiqargan ulushli qimmatli qog‘ozlari turi va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10823 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa obligatsiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10825 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilingan ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati, shuningdek tijorat banklarining Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarilishi summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10879 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari qo‘shib hisoblangan ulushli qimmatli qog‘ozlarning sotib olish qiymati, shuningdek Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan boshqa ulushli qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10889 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (agent, maslahatchi, diler va brokerlarga to‘langan mukofot va vositachilik haqi, nazorat organlari va fond birjalarining yig‘imlari, shuningdek mablag‘ o‘tkazganlik uchun soliq va yig‘imlar va h.k.)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar amortizatsiyasi hamda qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish, qayta tasniflash, birovga berish va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarish vaqtida xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning qoldig‘ini hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10891 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10893 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofot amortizatsiyasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning mukofot summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10895 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarish hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: 10895 hisobvarag‘ida aks ettirilgan tuzatishlardan tashqari, investitsiyalarning qadrsizlanishi natijasida vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10900 Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
10901 Qimmatbaho metallar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan oltin, kumush va platina kabi qimmatbaho metallari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10905 Qimmatbaho toshlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid, qahraboning noyob hosilalari kabi qimmatbaho toshlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho toshlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10909 Qimmatbaho tangalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallardan yasalgan (oltin, kumush va boshqa) tangalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarining qadrsizlanishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida baholangan ehtimoliy yo‘qotishlar summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan, 11103, 11105 hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11103 Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11101 hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan, 11105 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11105 Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11101, 11103 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11195 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha diskont — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq nominal qiymati bilan sotib olish narxi o‘rtasidagi salbiy farq, ya’ni diskont hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning debitorlik qarzini uning to‘liq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki to‘liq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11199 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tug‘ilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11500 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalari bo‘yicha majburiyatlari
11501 Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan va importning qiymatini to‘lash va/yoki akseptlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan, akkreditiv kafolati asosida taqdim etilgan, import yoki sotib olish/to‘lash vakolati bilan bog‘liq bo‘lgan veksel/trattalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tovarlar yoki xizmatlar import uchun chet el vakil bankidan qabul qilingan akkreditiv bo‘yicha taqdim etilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaraqlariga qo‘yilgan akkreditiv asosidagi veksellarning to‘langan summasi, shuningdek qayta tasniflangan, 11511 va 11519 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11503 Mijozlarning majburiyatlari — Akkreditiv va kafolatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning akkreditiv va kafolatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlarning akkreditiv va kafolatlari bo‘yicha to‘lab berilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar tomonidan qoplab berilgan summalar, shuningdek qayta tasniflangan, import bilan bog‘liq akkreditivlar bo‘yicha 11511, 11519 hisobvaraqlariga, mahalliy akkreditivlar bo‘yicha 11515, 11521 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11505 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyor tomonidan trast bitimi asosida tovarlarni olishga oid hujjatlar berilgunga qadar/berilgan vaqtda akseptlangan, akkreditiv kafolati bo‘yicha import uchun taqdim qilingan veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida trast hujjatlari asosida akseptlangan va o‘tkazib berilgan, akkreditiv kafolati bo‘yicha taqdim qilingan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar hisobraqamlaridan undirib olingan taqdim etilgan akkreditiv kafolati bo‘yicha import bilan bog‘liq veksel/trattalarning, shuningdek qayta tasniflangan, 11511 va 11519 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11509 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan mahalliy veksel/trattalarning qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati bo‘yicha taqdim qilingan mahalliy veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida taqdim etilgan mahalliy veksel/trattalar bo‘yicha mijozlarning hisobvaraqlaridan undirib olinadigan summa, shuningdek qayta tasniflangan, 11511 va 11519 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11511 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida to‘lanmagan import bilan bog‘liq veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11501, 11505 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, akkreditiv va/yoki trast kelishuvlari kafolati asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kelishuvi kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq to‘langan veksel/trattalarning qiymati va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 hisobvarag‘idan qoplangan, shuningdek qayta tasniflangan, ushbu hisobvaraqdan 11519 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan import bilan bog‘liq to‘lab berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11515 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11509 hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, akkreditiv va/yoki trast kelishuvi asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kafolati asosida qo‘yilgan va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan, shuningdek qayta tasniflangan, 11521 hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11519 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan sud ishi qo‘zg‘atilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11501, 11505, 11511 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan va/yoki akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘langan veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11521 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan va ushbu yuzasidan sud ishi qo‘zg‘atilgan mahalliy veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11509, 11515 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolatlari asosida qo‘yilgan mahalliy veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘lab berilgan mahalliy veksel/trattalarning va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar bo‘yicha undirib olinmaslik ehtimoli borligi natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11700 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari
11701 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklidagi veksel/trattalarning to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11705 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11800 REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11801 REPO bitimlari bo‘yicha Markaziy bankdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11803 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11805 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11807 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11809 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11811 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11813 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11815 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11897 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
Yuqorida ko‘rsatilgan hisobvaraqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotish narxi bilan kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni sotib olish o‘rtasidagi farqning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlar to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qaytadan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmaganda, bank portfeliga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishidan vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayishi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi,
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11900 Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar
11901 Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha Markaziy bankka berilgan kredit (shu jumladan, mohiyatiga ko‘ra kreditlar deb ataluvchi boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan (to‘langan) kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12100 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12101 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yilgacha muddatga boshqa banklarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyatiga ko‘ra kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki kreditning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan summasi aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir qarzdor (kredit oluvchi) bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12105 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarga berilgan muddatida qoplanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, maqomiga ko‘ra kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha kreditlarning summasi, shuningdek qayta tasniflangan, 12101, 12109, 14501, 14505 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan to‘langan qarzdorlik summasi, shuningdek kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki 12199 hisobvaraq orqali hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12109 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12101 va 12105 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, boshqa banklarga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, qayta tasniflangan va/yoki 12199 hisobvaraq orqali hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12300 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12301 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga va uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12305 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12301, 12309, 14701, 14705 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12399 hisobvaraq hisobidan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarz summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobi har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12309 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12301 va 12305 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12399 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12400 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12401 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha budjet tashkilotlariga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12405 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: budjet tashkilotlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12401, 12409, 14801, 14809 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, budjet tashkilotlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 hisobvaraq hisobidan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarz summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobi har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12409 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12401, 12405 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12500 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12501 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12502 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12503 Jismoniy shaxslarga bank kartalari orqali berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga bank kartalari orqali berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya) larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12504 Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan ipoteka kreditlari (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12505 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12501, 12502, 12504, 12509, 14901, 14902, 14903, 14905 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12509 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12501, 12502, 12504 va 12505 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12599 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12521 Jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12600 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12601 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan, 12601, 12609, 15001, 15005 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12699 hisobvaraq hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12609 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan, qayta tasniflangan, 12601 va 12605 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12621 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12700 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12701 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraq ta’rifi: davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga 1 yil muddatgacha berilgan kredit (maqomi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12705 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12701, 12709, 15101, 15105 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat korxonalari, tashkilot va muassasalariga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 hisobvaraq hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12709 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, maqomi bo‘yicha kreditlar deb ataladigan overdraft va boshqa operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12701 va 12705 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va davlat korxonalari, tashkilotlari, muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan, overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12800 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
12801 Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga 1 yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12802 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12803 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yilgacha muddatga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12805 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan, muddatida so‘ndirilmagan qisqa va uzoq muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan, qayta tasniflangan, mazkur hisobvaraqqa 12801, 12802, 12803, 12809, 14401, 14402, 14403, 14405 hisobvaraqlardan o‘tkazilgan muddatida to‘lanmagan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan so‘ndirilgan, boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar va/yoki zaxira hisobvaraqlari hisobidan 12899 hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlarga hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12809 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy shartlari qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma va unga doir qo‘shimcha bitimga muvofiq o‘zgartirilgan, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan, qayta tasniflangan, mazkur hisobvaraqqa 12801, 12802, 12803, 12805 hisobvaraqlardan o‘tkazilgan qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 12899 hisobvaraqdan ehtimoliy zararlar zaxiralaridan hisobdan chiqarilgan qayta tasniflangan va/yoki zaxira hisobvaraqlari hisobidan so‘ndirilgan kreditlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirilmasligi mumkin bo‘lgan, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining oshirilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira summasining bekor qilinishi va/yoki kamayishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12900 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12901 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12905 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli (uzoq muddatli) kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12901, 12909, 15301, 15305 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12909 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12901 va 12905 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12921 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12999 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13000 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13001 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13005 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13001, 13009, 15201, 15205 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13099 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13009 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13001 hisobvaraqdan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13099 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13099 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13100 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13101 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13105 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan. mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan, 13101, 13109, 15501, 15505 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xususiy korxonalar, shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13199 hisobvaraqdan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13109 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13101 va 13105 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobdan 13199 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13121 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli, aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing, overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13200 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13201 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13205 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13201, 13209, 15401, 15405 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13299 hisobvaraqdan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13209 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13201 va 13205 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13299 hisobvaraq hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
13301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13305 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘alla yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan uzoq muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13301, 13309, 14301, 14305 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, g‘alla va paxta mahsulotlari uchun berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13399 va 14399 hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13309 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvarakning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13301 va 13305 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13399 hisobvaraq hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
14301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14305 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 14301, 13305 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14399 hisobvaraqdan chiqarilgan hamda qarzdor tomonidan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14400 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
14401 Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14402 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14403 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14405 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy shartlari qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma va unga doir qo‘shimcha bitimga muvofiq o‘zgartirilgan, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan, qayta tasniflangan, mazkur hisobvaraqqa 14401, 14402, 14403, 12805 hisobvaraqlardan o‘tkazilgan qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘ndirilgan, qayta tasniflangan va/yoki 14499 hisobvaraqdan ehtimoliy zararlar zaxirasi hisobidan hisobdan chiqarilgan kreditlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirilmasligi mumkin bo‘lgan, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining oshirilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira summasining bekor qilinishi va/yoki kamayishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14500 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14501 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga boshqa banklarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14505 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 14501, 12105 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14599 hisobvaraqdan chiqarilgan hamda qarzdor tomonidan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14700 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14701 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14705 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 14701, 12305 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14799 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14800 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14801 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga budjet tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14809 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 14801, 12405 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14900 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14901 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14902 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14903 Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14905 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 14901, 14902, 14903 va 12505 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14999 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14913 Jismoniy shaxslarga bank kartalari orqali berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga bank kartalari orqali berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14921 Jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15000 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15001 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15005 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15001, 12605 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 15099 hisobvaraq hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15021 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15099 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15100 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15101 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga davlat korxona, davlat aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15105 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 va 12705 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va davlat korxonalari, tashkilot va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15199 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15200 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15201 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15205 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15201 va 13005 hisobvaraqdan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15299 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15300 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15301 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15305 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15301 va 12905 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15399 hisobvaraqdan chiqarilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15400 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15401 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15405 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15401 va 13205 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15499 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15499 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15500 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15501 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15505 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13105 va 15501 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15599 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15521 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15600 Lizing (moliyaviy ijara)
15601 Boshqa banklarga berilgan lizing
15605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing
15607 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing
15609 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing
15611 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing
15613 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing
15615 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing
Yuqorida ko‘rsatilgan hisobvaraqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan berilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing bo‘yicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz so‘ndirilganda kelib tushgan pul mablag‘lari, shuningdek 15617 va 15619 hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15617 Muddati o‘tgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha muddati o‘tgan qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15601, 15603, 15605, 15607, 15609, 15611, 15613 va 15615 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasi bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarz summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan, boshqa toifaga o‘tkazilgan va/yoki 15699 hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15619 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing shartnomasi va unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15601, 15605, 15607, 15609, 15611, 15613 va 15615 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing bo‘yicha to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan/yoki 15699 hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15700 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar va lizing
15701 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi yuridik shaxslarga berilgan kreditlar
15703 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar
15705 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi lizing
15707 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan kreditlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sudga da’vo kiritilgan, ijro ishi yuritish jarayonida bo‘lgan kredit va lizing (shu jumladan, overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, sud yoki ijro ishi yuritish jarayonida bo‘lganligi sababli asosiy kredit va lizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirib olingan va/yoki 15799 hisobvaraqdagi zaxiralar hisobidan qoplangan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar va lizing (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, sudga da’vo kiritilgan, ijro ishi yuritish jarayonida bo‘lgan kredit va lizing (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib ko‘rib chiqilayotgan kreditlar va lizing bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘larning va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15800 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
15801 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymatining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holdagi summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bilan o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Moliyaviy institut hisoblangan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15805 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraq o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15809 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiya — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyaning kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblangan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15813 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblanmagan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15817 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan summaga) va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lgan har bir sho‘ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15821 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan holda) va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir sho‘ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15827 Tijorat banklari tomonidan strategik investorlarga korxonalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklari tomonidan sotiladigan korxonalar, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini salohiyatli investorlar tomonidan bir yo‘la yoki sotib olish summasining qoldig‘iga foizlar hisoblamasdan bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek sotib olish to‘lovlari to‘liq to‘langunga qadar tasarruf etish huquqisiz amalga oshirishning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan korxonalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinayotgan korxonaning to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilish jarayonida turgan har bir korxona turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraq ta’rifi: investitsiya qadrsizlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida yaratilgan zaxira mablag‘larining va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15900 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
15901 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan xazina veksellari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15905 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlari (uzoq muddatli) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15909 Markaziy bankning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan Markaziy bankning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan Markaziy bankning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15911 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan yevroobligatsiyalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan, shuningdek Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15913 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan korxona (tashkilot)ning qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxona qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona(tashkilot)larning obligatsiyalari va boshqa qarz majburiyatlarining turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15923 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan daromad olish maqsadida xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15979 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati bo‘yicha hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15989 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (agent, maslahatchi, diler va brokerlarga to‘lanadigan mukofot va vositachilik haqi, nazorat organlari va fond birjalarining yig‘imlari hamda mablag‘ o‘tkazganlik uchun soliq va yig‘imlar va h.k.) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarining amortizatsiya qilingan summasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, o‘tkazilgan yoki hisobdan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15991 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda xarid qilishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15993 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bahoda xarid qilishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofot amortizatsiyasi summasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda, qayta tasniflanganda va o‘tkazilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda mukofot summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16100 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
16101 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22202 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga naqd pul uchun berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek Bosh ofisda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16102 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqdsiz pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir.
Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16103 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22204 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir.
Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16104 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filiallari va ularning Bosh ofis/filiallari o‘rtasida tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar bo‘yicha operatsiyalar hamda bir bankning Bosh ofis/filialiga ko‘rsatilgan xizmatlar va berilgan tovar-moddiy qimmatliklar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir.
Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiqlari teng bo‘lishi lozim. Jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida omborga topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga belgilangan muddatlarda vakillik hisobvarag‘i orqali to‘lanadigan qarzlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16105 Chet eldagi Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallari va uning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22206 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek Bosh bankda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16107 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar — Overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: 22204 hisobvaraqning mavjud kredit qoldiq summasidan ortiq summaga to‘lovlar amalga oshgan holatda vujudga kelgan debet qoldig‘ining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida 22204 hisobvarag‘ida vujudga kelgan debet qoldig‘ining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 22204 hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda mavjud debet qoldig‘ining qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16109 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi va uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallararo o‘tkazilgan, belgilangan muddat davomida solishtirilib tartibga solinmagan tranzaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh tranzaksiyani amalga oshirgan bank filiali yuritadi va uch kun ichida qoldiq qoplanishi lozim.
Hisobvaraqning debetida belgilangan muddat davomida to‘lanmagan, qayta tasniflangan, 16101, 16102, 16103, 16104, 16105 va 16107 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tartiblashtirilgan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16111 Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan berilgan naqd pullari bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan berilgan naqd pullari bo‘yicha boshqa bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalari bo‘yicha berilgan naqd pullar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan qoplangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16113 Bosh ofis/filialdan bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan qoplangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16115 Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Davlat dasturlari bo‘yicha resurslar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning davlat dasturlari bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16123 Bosh ofis/filiallardan Tezkor to‘lovlar tizimida hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining tezkor to‘lovlar tizimida hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22224 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16125 Bosh ofis/filiallardan Markaziy bankning Kliring tizimi hisob-kitoblari bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining Markaziy bankning Kliring tizimi hisob-kitoblari uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22226 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16300 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16301 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblab yozilgan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblab yozilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16303 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16304 Bosh ofis/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda bank/har bir filial bo‘yicha olib boriladi.
16305 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16307 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar investitsiyasi bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida haqiqatda olingan yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16309 Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar bo‘yicha hisoblangan (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan), lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16311 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16315 Sotib olingan veksellar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan veksellar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida veksellar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati bo‘yicha hamda to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16319 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan tratta majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16321 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16325 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, hisoblangan, lekin hozircha olinmagan foizlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan olishga hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16327 Davlat budjeti subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat budjeti subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, hisoblangan, lekin hozircha olinmagan foizlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida davlat budjeti subsidiyalari hisobidan qoplanadigan olishga hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16377 Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan (aktivlar va vositachilik haqi bo‘yicha foizlarni hisobga olish uchun balansdan tashqari hisobvaraqlarda o‘tkazgunga qadar hisoblangan va muddati kechiktirilgan) foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv va qarzdor bo‘yicha shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16379 Shartnomaga ko‘ra hisoblab yozilgan, biroq to‘lov muddati uzaytirilgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq to‘lov muddati uzaytirilgan (aktivlar va vositachilik haqi bo‘yicha foizlarni hisobga olish uchun balansdan tashqari hisobvaraqlarda o‘tkazgunga qadar hisoblangan va muddati kechiktirilgan) foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq to‘lov muddatida uzaytirilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv va qarzdor bo‘yicha shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq to‘lov muddati uzaytirilgan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16397 Mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy zararlarni qoplash zaxirasi — aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: aktivlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli daromadlarning undirib olinmasligi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxiraning baholash summasi va/yoki uning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tashkil etilgan zaxiralar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16400 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar
16401 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlari summalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlarining qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16405 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan jarima va penyalar summalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan jarima va penyalar qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16409 Operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan daromad
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan daromad hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan daromad summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida olishi lozim bo‘lgan to‘lovlar va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16413 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan boshqa foizsiz daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz daromadlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlarning undirib olinmasligi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxiraning baholash summasi va/yoki uning o‘sish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tashkil etilgan zaxiralar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16500 Asosiy vositalar
16501 Yer
Hisobvaraqning ta’rifi: foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yerning yer kadastri ma’lumotlariga ko‘ra qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yer maydoni (uchastkasi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16505 Tugallanmagan qurilishlar
Hisobvaraqning ta’rifi: binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni o‘rnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar bilan birga barcha xarajatlar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati, shuningdek qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zarar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16509 Bankning imoratlari — Binolar va boshqa inshootlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning faoliyati va to‘liq ish yuritishi uchun zarur bo‘lgan, unga tegishli binolarning va boshqa inshootlarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, o‘quv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino(inshoot)lar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16511 Yig‘ilgan eskirish summasi — Binolar va boshqa inshootlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish va qadrsizlanish natijasidagi yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida bino va boshqa inshootlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (inshoot) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16515 Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan moliyaviy va uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning hamda moliyaviy va/yoki uzoq muddatli ijara bo‘yicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda lizing beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin bank tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16519 Yig‘ilgan eskirish summasi — Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ijaraga olingan va takomillashtirilgan obyektlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan obyektlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijara muddati tugashi yoki ijara huquqining bekor qilinishi bilan lizing beruvchiga qaytarilgan yoki ijara muddati tugashi bilan bank tomonidan sotib olinganda yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16529 Transport vositalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalar)ning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16531 Yig‘ilgan eskirish summasi — Transport vositalari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16535 Mebel, moslama va jihozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank faoliyati uchun sotib olingan mebellar, kompyuterlar, binolar uchun moslamalar, ofis uchun va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va uskunalarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16539 Yig‘ilgan eskirish summasi — Mebel, moslama va boshqa jihozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirishni baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16541 To‘lov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari bo‘lmish bankomat, terminal, server va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilish, yetkazib berish va o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilish qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan uskunalarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16543 Yig‘ilgan eskirish summasi — To‘lov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalarining yig‘ilgan eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida uskunalarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan uskunalarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16549 Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning (ko‘chmas mulkdan tashqari) qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkdan tashqari ijaraga berilgan asosiy vositalarning qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi va/yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati, shuningdek ijara muddati tugagandan keyin ijarachi olgan asosiy vositalarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16551 Yig‘ilgan eskirish summasi — Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning maqsadi: operatsion ijara bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan, ijara muddati tugashi yoki ijara huquqi bekor qilinishi natijasida qaytariladigan yoxud muddati tugashi bilan ijarachi tomonidan sotib olinadigan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi so‘ndiriladi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16561 Ombordagi asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan va omborda ekspluatatsiyaga kiritilgunga qadar hamda ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyin saqlanadigan asosiy vositalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborda saqlanadigan asosiy vositalar deb aks ettiradigan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga kiritilgan yoki hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir asosiy vosita turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16563 Yig‘ilgan eskirish summasi — Ombordagi asosiy vositalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida omborda saqlanadigan asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16591 Boshqa asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan asosiy vositalar toifasiga mos tushmaydigan asosiy vositalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan boshqa asosiy vositalar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16593 Yig‘ilgan eskirish summasi — Boshqa asosiy vositalar(kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa asosiy vositalarni sotish va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob boshqa asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16600 Nomoddiy aktivlar
16601 Nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va patent kabi nomoddiy aktivlarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek ekspluatatsiyaga tayyor nomoddiy aktivlarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16605 Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16609 O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan, o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning o‘rnatish va/yoki yaratish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16617 Gudvill
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik subyektlarining qo‘shilishi yoki qo‘shib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik subyektlarining qo‘shilish yoki qo‘shib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi va/yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. 16699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16700 Bankning boshqa xususiy mulklari
16701 Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdorlar va lizing oluvchilardan undirib olingan, bank faoliyatida yoki ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida kredit va lizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdorlar va lizing oluvchilardan undirib olingan mulkning haqiqiy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi va undirilgan mulklar bo‘yicha har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16703 Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditorlik qarzdorligi tarkibida 70 va undan yuqori foiz miqdorida bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan, bank tomonidan bankrotlik to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilib tugatish jarayonidagi korxonalarning sud qarori bilan bankning xususiy mulkiga o‘tkazilgan mulklarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida kredit va lizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdor tugatilayotgan bankrot korxonaning sud qarori bilan bankning xususiy mulkiga o‘tkazilgan mulklarining haqqoniy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymat aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tugatilayotgan bankrot korxonaning sotilgan mulklarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tugatilayotgan bankrot korxona mulklarining har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16705 Bankning boshqa mulklari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan, bank faoliyatida va/yoki mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, bank faoliyatida va/yoki mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan mulkning sof balans qiymati va haqiqiy qiymatidan, sotish xarajatlar summasidan tashqari qaysi biri past bo‘lsa, o‘sha qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16707 Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan bankning boshqa mulklari
Hisobvaraqning ta’rifi: bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan bank boshqa xususiy mulkining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida 16701, 16703, 16705 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan mulkning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank boshqa xususiy mulkining to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir obyekt (mulk) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16709 Ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya
Hisobvaraqning ta’rifi: bank faoliyatida foydalanilmaydigan, ijara daromadlari olish va kapital o‘sishi uchun yoki har ikki maqsad uchun ham mo‘ljallangan ko‘chmas mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16713 Yig‘ilgan eskirish summasi — Ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘chmas mulkka qilingan bank investitsiyalarining eskirish summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar bo‘yicha baholangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalarning eskirish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ko‘chmas mulkka qilingan har bir investitsiya obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bankning boshqa xususiy mulklari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16800 Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik
16803 Bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun sotilgan bankning aktivlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan bankning aktivlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida 16701, 16703, 16705 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan mulkning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga sotilgan bank aktivlarining to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir obyekt (mulk) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan bankning debitor qarzdorligi bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16900 Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasida o‘zlashtirilmagan foyda
16901 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Forvard shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobga olinadi. (Forvard bitimi — bu kelishuv bo‘yicha kelajakda aniq sanada moliyaviy instrumentni qat’iy belgilangan kurs bo‘yicha sotish va sotib olish shartnomasidir).
Hisobvaraqning debetida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard bitimlari bo‘yicha so‘ndirilgan (to‘langan) va/yoki mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunga qadar ushbu bitimlar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16905 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Opsionlar
Hisobvaraqning ta’rifi: opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobga olinadi. (Opsion — moliyaviy instrumentning ma’lum summasini shartnomaviy davr ichida qat’iy belgilangan kurs bo‘yicha sotish va sotib olish huquqini beradigan shartnomadir).
Hisobvaraqning debetida opsionlar bo‘yicha olingan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion so‘ndirilganda va/yoki opsionlar bo‘yicha mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16909 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Fyucherslar
Hisobvaraqning ta’rifi: fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobi olib boriladi. (Fyuchers — bu moliyaviy instrumentni kelajakda yetkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish bo‘yicha standartlashtirilgan shartnomadir).
Hisobvaraqning debetida fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnomalar so‘ndirilganda va/yoki fyuchers shartnomalari bo‘yicha mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16913 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Svoplar
Hisobvaraqning ta’rifi: svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobi olib boriladi. (Svop — bu shartli summalar va kelishilgan indeks qo‘llash asosida, kelajakda to‘lovlar almashish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svoplarni keltirish mumkin).
Hisobvaraqning debetida svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svoplar so‘ndirilganda va/yoki ular bo‘yicha mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16915 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — boshqa hosilaviy instrumentlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobi olib boriladi..
Hisobvaraqning debetida boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hosilaviy instrumentlar so‘ndirilganda yoki hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hosilaviy instrument bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17100 Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari
17101 Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bittadan ortiq valyuta kitoblarida aks ettiriladigan xorijiy valyutalar ishtiroki bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda bankning valyuta pozitsiyasi hisobi yuritiladi. Shuningdek ushbu hisobvaraq moliyaviy hisobotlar tuzish maqsadida xorijiy valyutada ifodalangan aktiv va majburiyatlarning milliy valyutada qayta hisoblashda kurs farqlari hisobini yuritish uchun qo‘llaniladi. Valyuta kursi farqidan foyda/zarar aks ettirilgandan so‘ng, ushbu hisobvaraq qoldig‘i jamlangan balansda nolga teng bo‘lishi lozim.
Hisobvaraqning debetida:
xorijiy valyuta kitoblarida sotilgan xorijiy valyuta summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib olingan aktivlar;
so‘m kitoblarida sotib olingan xorijiy valyuta, o‘z aksiyalarini xorijiy valyutada sotishdan tushumlar va xorijiy valyutada olingan yoki hisoblangan daromadlar, shuningdek xorijiy valyutadagi aktiv va majburiyatlarni qayta hisoblashdan keyingi ijobiy natija (foyda)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida:
xorijiy valyuta kitoblarida sotib olingan xorijiy valyuta summasi, o‘z aksiyalarini xorijiy valyutada sotishdan tushumlar va xorijiy valyutada olingan va hisoblangan daromadlar summasi aks ettiriladi;
so‘m kitoblarida sotilgan xorijiy valyuta summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib olingan aktivlar, shuningdek xorijiy valyutadagi aktiv va majburiyatlarni qayta hisoblashdan keyingi salbiy natija (zarar)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
17300 Tranzit hisobvaraqlari
17301 Tranzit hisobvarag‘i
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraq bo‘yicha summalar, operatsiya amalga oshirilayotgan hisobvaraqning vakillik hisobvaraq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondensiyasi taqiqlangan hollarda o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning debetida o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘tkazilgan summalarning to‘lanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
17305 Aniqlanish jarayonidagi tranzaksiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: biror-bir sabablarga (rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, mijozga bu bankda boshqa xizmat ko‘rsatilmaganda, qo‘shimcha nazorat talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan mablag‘lar tranzaksiyasi hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonida hisobvaraqdagi mablag‘lar maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi yoki mablag‘ oluvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.
Hisobvaraqning debetida mablag‘lar kelib tushgan vaqtda belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisoblangan yoki oluvchiga qaytarib yuborilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob to‘lov turi va maqsadlariga ko‘ra alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17400 Mijozlarning bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
17401 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobvaraqlaridan olingan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17403 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan boshqa bank kartalar yoki omonatlar hisobvaraqlariga hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalaridan aholining bank kartalari yoki omonatlari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank kartalaridan aholining bank kartalari yoki omonatlari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17405 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: kommunal to‘lovlar bo‘yicha bank kartalari hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida kommunal to‘lovlar bo‘yicha bank kartalari hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17407 Pullik xizmatlar bo‘yicha bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: pullik xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha bank kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida pullik xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha bank kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartalari hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17409 Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha bank kartalaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha bank kartalaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17515 Respublika budjeti — Maxsus xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘lar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobidan 23416 hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida maxsus xarajatlar uchun ajratilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘larning o‘rnini to‘ldirish uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Respublika budjeti hisobidan maxsus maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19900 Boshqa aktivlar
19901 Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishi, shuningdek hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19903 Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi hisobga olinadi. Kun oxirida ushbu hisobvaraqda qoldiq bo‘lmasligi kerak.
Hisobvaraqning debetida qayta hisoblanguncha mijozlarning hisobvaraqlariga yoki 29804 hisobvarag‘iga oldindan kirim qilinadigan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblashdan keyin aniqlangan ortiqcha mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta hisoblashdan keyin kassaga qabul qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek qayta hisoblash vaqtida aniqlangan o‘z mijozlarining hisobvaraqlaridan yoki 29804 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kamomad summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
19905 Qaytarilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan yaroqsiz (buzilgan) deb topilgan va aniqlanish jarayonidagi inkasso qilingan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan yaroqsiz deb hisoblangan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida aniqlik kiritilgandan keyingi cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob cheklar va to‘lov hujjatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19907 Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, Axborotlashtirish bosh markazi, suv, elektr energiyasi, gaz, ta’mirlash va boshqalar uchun avans) to‘lovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilganda summalar to‘lanadi va hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma va/yoki har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19908 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar, shuningdek xodimlardan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank xodimlariga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank xodimi uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19909 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun
Hisobvaraqning ta’rifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans to‘lovlaridir) uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda summalar to‘lanadi yoki hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma va/yoki har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19910 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ bank kartalaridan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali korporativ bank kartalaridan 29810 hisobvarag‘iga avans sifatida o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun korporativ bank kartalaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mas’ul xodimlar orqali korporativ bank kartalaridan bankning xarajatlariga kiritilgan joriy to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bankning har bir mas’ul xodimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19911 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir debitor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19921 Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek boshqa qimmatliklar, shu jumladan bankning bino va boshqa asosiy vositalarini ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar hisobi olib boriladi.
Hisobraqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobraqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek boshqa qimmatliklarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
19925 Oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan (1 yildan ortiq bo‘lmagan) xarajatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlariga o‘tkazilgan, xarajatlarning amalda qoplangan summasi, shuningdek hisoblangan amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19929 Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda oldindan to‘langan, lekin kelgusi (1 yildan ortiq) davr xarajatlari hisoblanadigan va qabul qilinadigan xarajatlar hisobga olinadi. Bunga ijara bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, nashrlarga obuna to‘lovlari hamda mulk sug‘urtasi to‘lovlari va h.k. kiradi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldindan to‘langan kelgusi davr xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldindan to‘langan mablag‘larning xarajatlar hisobvaraqlariga debetlash orqali amortizatsiya qilingan qismining summasi, shuningdek ularning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19931 Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oldindan bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati uzaytirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan daromadi(foydasi)ga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud bo‘lgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, lekin kelgusi davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)ni aniqlashda chegirib tashlanadigan daromad (foyda) solig‘idir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning debetida oldindan to‘langan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19933 Muddati uzaytirilgan soliqlar bo‘yicha baholangan zaxira (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan soliq talablaridan olinadigan nafni to‘la o‘zlashtirish uchun mavjud soliqqa tortiladigan foyda yetarli bo‘lmagan hollarda, muddati kechiktirilgan soliq talablarini tiklash maqsadida qayta ko‘rib chiqish natijasida yaratiladigan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida yaratilgan zaxira va/yoki zaxiraning ko‘paygan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan zaxira va/yoki zaxiraning kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19934 Pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro pul o‘tkazmalarining shartlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga amalga oshirilgan to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarga berilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalga oshirilgan o‘tkazmalar bo‘yicha qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul o‘tkazmalarining turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19935 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisobdor kassirlariga berilgan naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan kamomadlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kamomadlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilgandan keyin qoplangan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19939 Olinadigan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilgan xususiy kapitali yoki kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblarda sotib olingan aksiyalari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olinadigan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan olingan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob emitentlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19941 Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi mablag‘lari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklarning mablag‘lari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19945 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19949 Muzlatilgan aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankka qaytarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir harakatsiz aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19995 Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (bankning javobgar shaxsi tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar, mijozlarning hisobvaraqlaridan noqonuniy berilgan pul mablag‘lari natijasidagi overdraftlar va boshqalar).
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan, tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19997 Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan tasnifga mos tushmaydigan aktivlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, sotilgan yoki dispozitsiya qilingan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: alohida “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i ko‘zda tutilmagan aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.