20000 MAJBURIYATLAR 20200 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
20202 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining Bosh ofisida ochiladigan va hukumat (Moliya vazirligi)ning joriy maqsadlarda foydalaniladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumatning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumatning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20203 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan va undan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy maqsadlarda foydalanadigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan va undan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan va undan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20204 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining joriy maqsadlarda foydalaniladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20206 Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20208 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlarining joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20210 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining joriy maqsadlar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20212 Nodavlat notijorat tashkilotlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy maqsadlar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20214 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20216 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ning joriy maqsadlar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20218 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarining joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20296 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflariga mos tushmaydigan mijozlarning, shu jumladan elchixona va vakolatxonalarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushbu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ushbu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20400 Jamg‘arma depozitlar
20402 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
20403 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
20404 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
20405 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozitlari
20406 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari
20408 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari
20410 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari
20412 Nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozitlari
20414 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari
20416 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari
20418 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari
20496 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarning ma’lum maqsadlar uchun jamg‘ariladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank mijozlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank mijozlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20600 Muddatli depozitlar
20602 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20603 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20604 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20605 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari
20606 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari
20608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari
20610 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari
20612 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari
20614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari
20616 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari
20618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari
20696 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank mijozlarining muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank mijozlarining muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsni hisobvaraqlarda olib boriladi.
20800 Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
20802 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning tijorat banklarida ochilgan vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bank vakillik hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bank vakillik hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
20806 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: ilgari mavjud bo‘lgan debet saldodan to‘lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10301 hisobvarag‘ida paydo bo‘lgan kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10301 hisobvaraqda paydo bo‘lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 10301 hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda kredit qoldiqni qoplash summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
20896 Markaziy bankning to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: MBning tijorat banklardagi depozitlari hisobga olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida depozit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qaytarilgan depozit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21000 Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
21002 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
Hisobvaraqning ta’rifi: banklarning ushbu tijorat bankda ochgan vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida banklarning vakillik hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida banklarning vakillik hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21006 Bankning boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: ilgari mavjud bo‘lgan debet saldodan to‘lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10501 hisobvarag‘ida paydo bo‘lgan kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10501 hisobvaraqda paydo bo‘lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 10501 hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda kredit qoldiqni qoplash summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir korrespondent-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21008 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat bankining aylanma kassasidan boshqa banklarga yuboriladigan naqd pullar uchun kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tijorat bankining aylanma kassasidan boshqa banklarga yuboriladigan naqd pullar uchun kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklardan bank filiallariga naqd pullar kelib tushganligi haqida yakuniy tasdiqnoma olingandan keyin 10109 hisobvarag‘iga yopiladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21012 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha boshqa banklar tomonidan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan boshqa banklar tomonidan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga qoplab berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21014 Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning bank kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning bank kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga qoplab berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21022 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Overnayt depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankdagi overnayt depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning overnayt depozitlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar overnayt depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21032 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankdagi 1 yilgacha bo‘lgan depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning 1 yilgacha bo‘lgan depozitlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar 1 yilgacha bo‘lgan depozitlarining qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21042 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — 1 yildan ortiq muddatga depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankdagi 1 yildan ortiq muddatga bo‘lgan depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning 1 yildan ortiq muddatga bo‘lgan depozitlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar 1 yildan ortiq muddatga bo‘lgan depozitlarining qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21052 Moliyaviy tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy tashkilotlarning ushbu bankdagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida moliyaviy tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy tashkilotlarning mablag‘larini qaytarilishi/hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyaviy tashkilot va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21400 Bankning to‘lanmagan akseptlari
21402 To‘lanmagan akseptlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xaridorlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksellar/trattalarning summasi hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq 11701 hisobvarag‘iga kontrhisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida berilgan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida to‘langan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21406 To‘lanmagan akseptlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksellar/trattalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 11705 hisobvarag‘iga kontrhisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida berilgan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida to‘langan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellar/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21600 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21602 Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha Markaziy bankdan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21604 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21606 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha boshqa banklardan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21610 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hukumatidan, uning vakolatli yoki ijroiya organlaridan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21612 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bankdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21613 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21624 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)dan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21696 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22000 Olingan uzoq muddatli kreditlar
22002 Markaziy bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga MBdan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22004 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22005 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga budjetdan tashqari fondlardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22006 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga boshqa banklardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22010 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga O‘zbekiston Respublikasi hukumatidan, uning vakolatli va ijroiya organlaridan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22012 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bankdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22013 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy xarid qilish uchun berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22024 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)dan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22026 O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22096 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuqorida ko‘rsatilgan ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar
22102 Boshqa banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
22104 Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
Yuqoridagi hisobvaraqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lgani uchun ularning ta’rifi umumlashtirilgan holda berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizingga berilgan mulkning haqiqiy qiymati bilan minimal lizing to‘lovlarining qaysi birining qiymati kichik bo‘lsa, o‘sha summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha majburiyatlarning kamaygan summasi hisobi yuritiladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22200 Bosh ofis /filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar
22202 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Bosh ofis bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallari o‘rtasidagi naqd pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16101 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallar oldidagi qarzlarning qaytarilishi, shuningdek mablag‘larning noto‘g‘ri o‘tkazilishi natijasida qaytarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22203 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Bosh ofis bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallari o‘rtasidagi naqdsiz mablag‘lar asosidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16102 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallardan kelib tushgan moliyaviy yordam summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22204 Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filialining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16103 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank filiali bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22205 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis hamda filial va/yoki bir bankning filiallari o‘rtasida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16104 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiqlari teng bo‘lishi lozim. Jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida ko‘rsatilgan xizmatlar va omborga qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga belgilangan muddatlarda to‘lanadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
22206 Chet eldagi Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi bilan uning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16105 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Mazkur hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallar oldidagi qarzlarning qaytarilishi, shuningdek mablag‘larning noto‘g‘ri o‘tkazilishi natijasida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22208 Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar — Overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: 16103 hisobvarag‘ining mavjud debet qoldiq summasidan ortiq summaga to‘lovlar amalga oshgan holatda vujudga kelgan kredit qoldig‘ining hisobi yuritiladi. Mazkur hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida 16103 hisobvarag‘ida vujudga kelgan kredit qoldig‘ining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 16103 hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda mavjud kredit qoldig‘ining qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22210 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan muddat davomida taqqoslanmagan Bosh ofis bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bankning filiallari o‘rtasidagi tranzaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh tranzaksiyani boshlovchi bank yuritadi. Yil oxirida ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq qolmasligi lozim.
Hisobvaraqning kreditida o‘rnatilgan muddat davomida hisoblab o‘tkazilmagan, shuningdek qayta tasniflangan, 22202, 22204, 22205, 22206, 22208 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tartibga solingan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22212 Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/bank filialining jismoniy shaxslar bank kartalari bo‘yicha Bosh ofis/filial tomonidan berilgan naqd pullar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank/bank filialining jismoniy shaxslar bank kartalari bo‘yicha Bosh ofis/filial tomonidan berilgan naqd pullar bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank/bank filialining jismoniy shaxslar bank kartalari bo‘yicha Bosh ofis/filial tomonidan berilgan naqd pullar bo‘yicha qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22214 Bosh ofis/filiallarga bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/bank filialining bank kartalari bo‘yicha Bosh ofis/filial tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank/bank filialining bank kartalari bo‘yicha Bosh ofis/filial tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank/bank filialining bank kartalari bo‘yicha Bosh ofis/filial tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22216 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Davlat dasturlari bo‘yicha resurslar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning davlat dasturlari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16115 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22224 Bosh ofis/filiallarga Tezkor to‘lovlar tizimida hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filialining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16123 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank filiali bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22226 Bosh ofis/filiallarga Markaziy bankning Kliring tizimi hisob-kitoblari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filialining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16125 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir.Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank filiali bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22300 REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22302 REPO bitimlari bo‘yicha Markaziy bankka sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22306 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22312 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22396 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotish narxi bilan kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish o‘rtasidagi farqning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qaytadan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmaganda, bank portfelidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22400 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22402 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22403 Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jamg‘arma depozit majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22405 Muddatli depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddatli depozit majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22406 Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bank hisobvaraqlari (Vostro vakillik hisobvarag‘iga, depozit va boshqa hisobvaraqlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
22407 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Boshqa banklarning hisobvaraqlari (Vostro — vakillik hisobvarag‘iga, depozit va boshqa hisobvaraqlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22408 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar — Lizing (moliyaviy ijara)
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22409 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlarning hisobi olib boriladi (vakillik hisobvaraqlari — Vostro, depozit hisobvaraqlari va boshqalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan).
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foizlar va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22410 Olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning kredit majburiyatlari (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir qarz beruvchi bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22412 Boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22414 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar, shuningdek sotish qiymatiga kiritilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22476 Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22500 Hisoblangan soliqlar
22502 Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan daromad (foyda) soliqlari (daromad (foyda) va qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa shu kabi soliqlar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy daromad (foyda) soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan daromad (foyda) soliqlari summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan daromad (foyda) soliqlari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22504 Hisoblangan boshqa soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan soliq (daromad (foyda) solig‘idan tashqari)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlarning hisobdan chiqarilgan summasi, shuningdek qaytarilgan noto‘g‘ri hisoblangan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22506 To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq bankning xodimlaridan ushlab qolgan va budjet daromadiga o‘tkaziladigan soliqlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushlab qolinadigan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetga o‘tkazilgan soliqlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir soliq turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22508 Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan daromad soliqlar hisobga olinadi. Muddati uzaytirilgan daromad solig‘i bu, joriy davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)dan chegirib tashlanadigan, lekin kelgusi davrning soliqqa tortiladigan daromadi(foydasi)ga kiritiladigan vaqtinchalik farqlarni qo‘shgan holda kelgusi davrda to‘lanadigan daromad(foyda) solig‘idir. Bu buxgalteriya foydasi bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan muddati uzaytirilgan daromad soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muddati uzaytirilgan daromad soliqlarining kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22510 Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq ijtimoiy soliqqa o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijtimoiy soliqqa o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy soliq o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22512 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjetiga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa jamg‘armalarga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalarga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalarga o‘tkazilgan mablag‘lar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma va to‘lov turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22600 Mijozlarning boshqa depozitlari
22602 Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xaridorlarning topshirig‘iga ko‘ra tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilish uchun ochilgan qoplangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ochilgan (kelgan) akkreditivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv hisobidan to‘langan summalar, shuningdek foydalanmaganligi natijasida qaytarilgan, kamaytirilgan yoki bekor qilingan akreditiv summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22604 Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamg‘arma — Maqsadli
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlar uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha tasdiqlangan tartib bo‘yicha taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, tasdiqlangan tartib bo‘yicha taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan tartib bo‘yicha maqsadli mablag‘larning hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22606 Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: pul to‘lovchilarning topshirig‘i bo‘yicha tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilish uchun va import bilan bog‘liq tasdiqlangan veksellar va/yoki trast hujjatlari bilan ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ochilgan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv hisobidan to‘langan summalar, shuningdek foydalanmaganligi natijasida qaytarilgan, kamaytirilgan yoki bekor qilingan akkreditiv summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22608 Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: brokerlik, anderrayting operatsiyalari bo‘yicha mijozlar va uchinchi shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, shuningdek emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha mijozlarning mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnoma bo‘yicha bank tomonidan uchinchi shaxslardan qimmatli qog‘ozlar sotib olish, kelgusida vositachilik mukofotlari to‘lash uchun mijozlardan kelib tushadigan, shuningdek shartnoma asosida qimmatli qog‘ozlar sotuvidan kelib tushadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi. Bundan tashqari emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish uchun emitentlardan kelib tushuvchi mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma asosida mijozlar uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga o‘tkazilgan, bajarilmagan shartnoma bo‘yicha mijozlarga qaytarilgan, bajarilgan shartnoma bo‘yicha vositachilik mukofoti sifatida mijozlardan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirishda egalariga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22612 “O‘zbekiston pochtasi” AJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna
Hisobvaraqning ta’rifi: “O‘zbekiston pochtasi” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘tkazma operatsiyalar va davriy nashrlarga obuna bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” AJ tarkibiy bo‘linmalariga kelib tushgan naqd pul va naqd pulsiz mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsad bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar, shuningdek “O‘zbekiston pochtasi” AJ tarkibiy bo‘linmalariga madad puli sifatida berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiya turi va “O‘zbekiston pochtasi” AJning har bir tarkibiy bo‘linmasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22614 Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning valyuta bozorida sotib olingan va belgilangan tartibga muvofiq tashqi savdo va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek ilgari mazkur hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek birja valyuta bozorida qayta sotishga mo‘ljallangan foydalanilmay qolgan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22616 Jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank hisobvaqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga kelib tushayotgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridan chiqarilgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jismoniy shaxs bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda olib boriladi.
22617 Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlar belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi va uning bo‘linmalari reyestrlari asosida ochiladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir pensioner bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22618 Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22619 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo va tovar (ish, xizmatlar) sotib olish, shuningdek o‘z joriy faoliyati bilan bog‘liq soliqlarni va boshqa xarajatlarini to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblari uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22620 Korporativ bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22622 Yuridik shaxslar o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslar tomonidan vakolatxona va filiallari ta’minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritiladi. Filiallar faqat yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorligi (2-sonli kartoteka) bo‘lmagan holda o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Hisobvaraqning kreditida yuqori tashkilotning hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida vakolatxonalar va filiallar tomonidan joriy xarajatlarni (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlarni to‘lash uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22626 Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: korxona va tashkilotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda jamg‘ariladigan va taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida korxona va tashkilotlarning maqsadli hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona va tashkilotlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22628 Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq fuqarolarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy jamg‘arma pensiya badallari, shaxsiy jamg‘arma hisobvaraqlaridagi qoldiq mablag‘larga har yilning oxirida Xalq bankining marjasi ayirib tashlangan holda hisoblangan foiz daromadlari, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda shaxsiy pensiya hisobvaraqlaridan to‘langan mablag‘larning summasi va/yoki noto‘g‘ri kirim qilingan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi
22630 Mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjetlardan nafaqalarni to‘lash uchun kelib tushgan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 29848 hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalarning turlari bo‘yicha har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi
22632 Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun moliyalashtiriladigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
22634 Tabiiy gaz uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
Hisobvaraqning ta’rifi: iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan va qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat va tuman bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22636 Elektr energiyasi uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq.
Hisobvaraqning ta’rifi: iste’molchilardan elektr energiyasi uchun kelib tushgan va qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida iste’molchilardan elektr energiyasi uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi uchun o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat, tuman va shahar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22638 Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
Hisobvaraqning ta’rifi: suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun iste’molchilardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun iste’molchilardan kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat, tuman va shahar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22640 Elektron pullar bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: elektron pullar bo‘yicha majburiyatlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida elektron pullar uchun kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan elektron pullar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob elektron pul emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22642 Ishonchli boshqaruvga qabul qilingan moliyaviy aktivlar bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ishonchli boshqaruvga qabul qilingan moliyaviy aktivlar bo‘yicha majburiyatlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ishonchli boshqaruvga qabul qilingan moliyaviy aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan ishonchli boshqaruvdagi moliyaviy aktivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22644 Mijozlarning metall hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qimmatbaho metallar bo‘yicha metall hisobvaraqlari majburiyatlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarga tegishli bo‘lgan metallarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan metallarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22696 Mijozlarning boshqa depozitlari bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalari uchun belgilangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozning depozit majburiyatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar hamda foydalanmaganligi natijasida mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga qaytarilishi, mablag‘larning kamaytirilishi yoki bekor qilingan shartnoma mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir depozit majburiyati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22800 Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasida amalga oshmagan zararlar va boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
22802 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Forvard shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard bitimlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22806 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Opsionlar
Hisobvaraqning ta’rifi: opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsionlar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22810 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Fyucherslar
Hisobvaraqning ta’rifi: fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida fyuchers bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers bitimlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22811 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Svoplar
Hisobvaraqning ta’rifi: svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida svoplar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22812 Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, foizlar/diskontlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan foizlar/diskontlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan foizlar /diskontlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22815 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — boshqa hosilaviy instrumentlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan, ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, oldindan undirib olingan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan oldindan undirilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23100 Mijozlarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
23102 Yuridik shaxslarning korporativ bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuridik shaxslarning asosiy hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxslarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yuridik shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23104 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning asosiy hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yakka tartibdagi tadbirkor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23106 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z xodimlarining bank kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlari yoki filiallarning hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23108 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha budjet tashkilotlari xodimlarining bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda budjet tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari xodimlarining bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23110 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning bank kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23112 Ishlamaydigan pensionerlarning pensiyalari bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiyalar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda ishlamaydigan pensionerlarning bank kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslar-pensionerning 22617 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23114 Ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish joyiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar hamda davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23116 Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: topshirilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun topshirilgan naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23118 Jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridan jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun ularning depozit hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun ularning depozit hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23120 Jismoniy shaxslarning bank kartalariga naqd pulsiz o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boshqa mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan to‘lovlardan tashqari jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan, 23400 davlat budjetining hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23122 Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan naqd pullar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 yoki 22617 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir konversion operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi.
23200 Kliring tranzaksiyalari
23202 Kliring tranzaksiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: Hukumat va uning mahalliy organlari qarorlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘zaro hisoblashishlarning maqsadli sxemalari orqali qisqartirish bilan bog‘liq operatsiyalarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga maqsadli sxemalari orqali kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli sxemalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki Markaziy bankning ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu hisob-kitobda foydalanilmagan mablag‘lar qismining tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23206 Aniqlanish jarayonidagi tranzaksiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ayrim sabablarga (rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda mijozga bu bankda boshqa xizmat ko‘rsatilmaganda, qo‘shimcha nazorat talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra mablag‘lar belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan tranzaksiyalar hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonidagi hisobvaraqda mablag‘lar maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi yoki to‘lovchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan vaqtida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘lmagan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan yoki to‘lovchiga qaytarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23208 Moliya vazirligi huzuridagi fondlar bilan bo‘ladigan kliring tranzaksiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmalari hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiya qilinishidan ichki iste’molchilarga va eksport uchun kelib tushgan mablag‘larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahsulot sotuvidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida fondlardan olingan markazlashgan kreditlar bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni so‘ndirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hamda belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23210 Moliya vazirligi huzuridagi fondlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmasi hisobiga kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bo‘nak to‘lovlari va yakuniy hisob-kitoblar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, o‘rnatilgan tartibda xarajatlarga o‘rnatilgan normativlar asosida boshqa tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar)ni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi fondlardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan avans to‘lovlarining summasi, shuningdek yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi (paxta xomashyosi, g‘alla va guruch-sholi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23212 Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lovlari uchun naqd pulda berilgan mablag‘larning va/yoki foydalanilmagan mablag‘larning Moliya vazirligi G‘aznachiligi hisobvarag‘iga qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23214 G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lovlari uchun naqd pulda berilgan mablag‘larning va/yoki foydalanilmagan mablag‘larning G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasi hisobvarag‘iga qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23222 Moliya vazirligi huzuridagi fondlarning maqsadli mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi fondlardan “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelib tushgan mablag‘larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23224 Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bir martalik hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro bir martalik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar hisobi olib boriladi. Boshqa hisobvaraqlarning 23224 hisobvaraq bilan korrespondensiyalanishi qat’iyan man qilinadi.
Hisobvaraqning kreditida Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilardan kelib tushuvchi mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki Moliya vazirligining ko‘rsatmasi bo‘yicha mos hisobvaraqqa yopiladigan o‘zaro hisob-kitobning foydalanilmagan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha unikal kod (xos raqam)larini ko‘rsatgan holda alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23226 Respublika budjetining eksportchi-korxonalar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjetidan eksport qilingan tovarlarning tannarxi bilan ularning markazlashtirilmagan eksport bo‘yicha sotilgan narxi o‘rtasidagi farqni qoplash bo‘yicha maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga kelib tushgan budjet mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli moliyalashtirish ishtirokchilarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar, shuningdek hisobvaraq bo‘yicha qoldiqning Moliya Vazirligining mos hisobvarag‘iga yopilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23230 Aktivlarni qoplash bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bank aktivlarini (kreditlar, lizing, foiz to‘lovlar va boshqalar) qoplash (so‘ndirish) bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraqdagi qoldiq uch ish kunida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi lozim.
Hisobvaraqning kreditida aktivlarni qoplash bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23400 Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
23402 Respublika budjetining mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetining daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar hamda mahalliy budjetlarga noto‘g‘ri o‘tkazilgan tushumlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan mablag‘lar, mablag‘larning qoldiqlarini Respublika budjetining daromadiga o‘tkazish aks ettiriladi, shuningdek Respublika budjetining daromadiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘lar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Respublika budjetining daromadlari moddasi bo‘yicha bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
23404 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti tarkibiga kiradigan muassasa va tashkilotlarni ta’minlash uchun Respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetidan olingan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi (tashkiloti) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23405 Nobudjet tashkilotlar va korxonalar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha respublika budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23406 Hukumat kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan summalar hamda noto‘g‘ri olinganligi sababli qaytarilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23410 Hukumat subsidiyalari fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat qarori bo‘yicha respublika budjetidan qishloq xo‘jaligini, yengil sanoatni va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini dotatsiya bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida narxlarni barqarorlashtirish uchun kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mahsulot turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23416 Maxsus maqsadlar fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan maxsus maqsadlar fondi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maxsus maqsadlar fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha maxsus maqsadlar uchun mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23422 Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Hisobvaraqning ta’rifi: kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan olingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan kelib tushadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishga qilingan sarf-xarajatlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyalashtirish obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23426 Mahalliy budjet mablag‘lari — Tuman/shahar
Hisobvaraqning ta’rifi: tuman/shahar budjetlarining daromadlari hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek tuman/shahar budjetlariga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23430 Mahalliy budjet mablag‘lari — Viloyat
Hisobvaraqning ta’rifi: viloyat budjetining daromadlari, shuningdek davlat budjeti qaramog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek viloyat budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23432 Mahalliy budjet mablag‘lari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Hisobvaraqning ta’rifi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining daromadlari, hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23500 Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
23502 Infokiosklar orqali bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lovlar bo‘yicha infokiosklar orqali bank kartalaridan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun infokiosklar orqali bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan, infokiosklar orqali kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir infokiosk bo‘yicha ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23504 Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aholining depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, jismoniy shaxslarning bank kartalaridan naqd pullar berish uchun lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23506 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: kommunal to‘lovlar bo‘yicha bank kartalaridan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23508 Pulli xizmatlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: pulli xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha bank kartalaridan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23510 Savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: bank kartalaridan foydalangan holda kelib tushgan savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir savdo tashkiloti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23514 Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank kartalaridan foydalangan holda boshqa to‘lovlar (olingan kreditlar va ularning foizlarini to‘lash, homiylik, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yordam ko‘rsatish va boshqalar) bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23516 Xorijiy valyuta sotib olish uchun jismoniy shaxslarning bank kartalaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kartalaridan foydalangan holda kelib tushgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kartalaridan foydalangan holda kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank hisob raqamiga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir konversion operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23520 QR-onlayn axborot tizimi orqali kelib tushgan tushumlar
Hisobvaraqning ta’rifi: QR-kod to‘lash tizimidan foydalangan holda kelib tushgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘ oluvchilarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablag‘ oluvchilarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23600 Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
23602 Chiqarilgan obligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23604 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarini ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob jamg‘arma sertifikatlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23606 Chiqarilgan depozit sertifikatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob depozit sertifikatlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23608 Chiqarilgan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan veksellarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23610 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23696 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi ijobiy farq — mukofot (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotgandagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23698 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi salbiy farq-diskont (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda sotilgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olishgandagi diskont hamda diskont amortizatsiyasi summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23700 Subordinar qarz
23702 Subordinar qarz
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida subordinar qarz qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida subordinar qarz hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23796 Subordinar qarz bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (ijobiy farq) summalari (mukofot) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (ijobiy farq) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning subordinar qarzini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23798 Subordinar qarz bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy farq) diskont summalari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy farq) diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning subordinar qarzini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi diskont summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29800 Boshqa majburiyatlar
29801 Mijozlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank hisobvarag‘i ochilmagan holda mijozlarning bir martalik operatsiyalari (garovga olingan mol-mulkini sotishdan kelib tushgan, yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ustav fondini shakllantirish bo‘yicha badallar va hokazo) bo‘yicha turli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz va operatsiya turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29802 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29803 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29804 Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, inkassatsiya xizmati orqali keltirilgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarining summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 19903 hisobvarag‘idan qayta hisoblanguncha oldindan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblangandan keyin aniqlangan ortiqcha summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek 19903 hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan keyin qayta hisoblash natijasida aniqlangan kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob boshqa bank mijozlarining har biri bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29805 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Ijara to‘lovi (operatsion ijara)
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan majburiyat hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan summaning to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29806 To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan boshqa foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida so‘ndirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlarning qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir foizsiz xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29808 Litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar bo‘yicha hisoblangan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan va/yoki noto‘g‘ri hisoblangan litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar bo‘yicha qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29810 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ bank kartalar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali korporativ bank kartalaridan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali 19910 hisobvarag‘idan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mas’ul xodimlar tomonidan korporativ bank kartalaridan foydalangan holda bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bankning har bir mas’ul xodimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29816 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisobdor kassirlaridagi naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan ortiqcha naqd pullarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ortiqcha naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ortiqcha naqd pullar paydo bo‘lishining haqiqiy sabablari aniqlangandan keyin hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29822 To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan e’lon qilingan, lekin hali to‘lanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning krediti to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan to‘langan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aksiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29824 Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning qabul qilingan naqd pul mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga bir martalik maqsadli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli to‘lovlarni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘tkazilgan maqsadli to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob o‘tkazmalarning maqsadlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29826 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash — Xususiy kapitalni investitsiya qilish
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan korxonalarning aksiyalariga obuna mablag‘larini to‘lanmagan qismi hisobga olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida obuna mablag‘larining to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna mablag‘larining to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob investitsiya qilingan korxonalar bo‘yicha, shuningdek aksiyalar turi va tipi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29830 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlarning bank ustav kapitalini oshirish maqsadida aksiyalarga obuna mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank aksiyadorlarining yangi chiqarilgan aksiyalarga obuna bo‘lish mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlarga aksiyalar sertifikatini berishdagi summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29834 Jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha o‘tkazish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan va to‘lash uchun kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jo‘natilgan/to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul o‘tkazmalari va operatsiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29840 Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 10 yil davomida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holdagi summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet daromadiga o‘tkazilgan yoki o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq boshqalarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29842 Harakatsiz depozit majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida harakatda bo‘lmagan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari, shuningdek o‘rnatilgan muddatda talab qilinmagan boshqa hisobvaraqlarning qoldiqlari (cheklar, veksellar va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning “harakatsiz depozitlar” turkumiga o‘tkazilgan mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlarga to‘langan, boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yoki qayta tasniflangan, 29840 hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29844 Boshqa banklarning mijozlari bilan naqd pulli hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda mijozlar bilan naqd hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o‘z kassasiga ega bo‘lmagan boshqa banklar tomonidan Markaziy bankning ruxsati bilan o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan, shuningdek qaytarilgan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29846 Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida talab qilib olinmagan kreditlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar tomonidan talab qilib olinmagan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 29840 hisobvaraqqa o‘tkazilgan va/yoki mijozlar tomonidan talab qilib olingan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29848 Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: AT “Xalq banki” filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga nafaqalar (14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiya) to‘lanishining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida moliyalashtirilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli berilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29849 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun boshqa banklardan kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
29896 Boshqa majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiyalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30000 XUSUSIY KAPITAL
30300 Ustav kapitali
30303 Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Imtiyozli (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining imtiyozli aksiyalariga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (aksiyador bank uchun), shuningdek ustav kapitalining to‘lanmagan ulushi (aksiyador bo‘lmagan bank uchun) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida aksiyalarga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismining/ustav kapitali ulushining olinishi lozim bo‘lgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyalarga obuna mablag‘ining qolgan qismining/ustav kapitali ulushining olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30306 Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Oddiy (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining oddiy aksiyalariga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (aksiyador bank uchun), shuningdek ustav kapitalining to‘lanmagan ulushi (aksiyador bo‘lmagan bank uchun) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida aksiyalarga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismining/ustav kapitali ulushining olinishi lozim bo‘lgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyalarga obuna mablag‘ining qolgan qismining/ustav kapitali ulushining olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30309 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: obuna uchun qisman to‘langan, yoki, agar to‘liq to‘langan bo‘lsa, hali tegishli sertifikat berilmagan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin hali to‘liq to‘lanmagan ustav kapitali ulushi(noaksiyador bank uchun)ning summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida obuna bo‘lgan aksiyalarning qisman yoki to‘liq to‘langan, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin ustav kapitali ulushining to‘liq to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna bo‘lgan aksiyalarning to‘liq to‘langan va tegishli sertifikatlar berilgan, shuningdek ro‘yxatga olingan va to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30312 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: obuna uchun qisman to‘langan, yoki, agar to‘liq to‘langan bo‘lsa, hali tegishli sertifikat berilmagan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin hali to‘liq to‘lanmagan ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida obuna bo‘lgan aksiyalarning qisman yoki to‘liq to‘langan, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin ustav kapitali ulushining to‘liq to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna bo‘lgan aksiyalarning to‘liq to‘langan va tegishli sertifikatlar berilgan, shuningdek ro‘yxatga olingan va to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30315 Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan imtiyozli aksiyalarning, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30318 Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan oddiy aksiyalarning nominal qiymati, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30321 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan imtiyozli aksiyalari (aksiyadorlik bank uchun), shuningdek qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30324 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan oddiy aksiyalari (aksiyador bank uchun), shuningdek qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30600 Qo‘shilgan kapital
30603 Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshadigan narx bo‘yicha imtiyozli xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek imtiyozli xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30606 Qo‘shilgan kapital — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshuvchi narx bo‘yicha oddiy xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek oddiy xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30900 Zaxira kapitali
30903 Umumiy zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga muvofiq umumiy maqsadlar uchun bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida umumiy zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan ma’lum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi.
30905 Tekinga olingan mulklar
Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlardan bank mulkiga tekinga olingan mulklar qiymati olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyadorlardan tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30906 Devalvatsiya uchun zaxira
Hisobvaraqning ta’rifi: sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida taqsimlanmagan foyda hisobidan o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira fondidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
30907 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyaning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini o‘sgan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning debetida oldin aks ettirilgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini kamaygan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning kreditida oldin aks ettirilgan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30908 Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor qiymatining sezilarli o‘sishi natijasida boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek bankning asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va o‘rnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30909 Pul oqimlarini xedjirlash natijasida hosil bo‘lgan foyda yoki zarar
Hisobvaraqning ta’rifi: pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar (masalan: qat’iy majburiyatlarni xedjirlaydigan xorijiy valyutadagi so‘ndirilmagan kontraktlar)ni qayta baholash natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning krediti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (balansdan tashqari hisobvaraqlar bundan mustasno) oldingi debet qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Hisobvaraqning debetida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zarar summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debeti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (balansdan tashqari hisobvaraqlar bundan mustasno) oldingi kredit qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kontrakt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30910 Respublika korxonalariga berilgan investitsion kreditlardan olingan foyda hisobidan xususiy kapitalni oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: respublika korxonalariga 3 yildan ortiq muddatga berilgan investitsiya kreditlaridan olingan, banklarni daromad solig‘idan ozod qilinishi munosabati bilan bankning xususiy kapitalini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondidan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
30911 Standart aktivlar bo‘yicha zaxira
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga binoan bankning sof foydasidan standart aktivlar bo‘yicha zaxiraga ajratilgan mablag‘larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sof foydadan zaxiraga mablag‘larning tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muayyan maqsadlar uchun zaxiradan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
31200 Taqsimlanmagan foyda
31203 Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘tgan moliyaviy faoliyati davomida olgan taqsimlanmagan foydasi(zarari)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 31206 hisobvaraqdan o‘tkazilgan bankning sof foydasi hamda zaxira kapital hisobvaraqlaridan taqsimlanmagan foydaga o‘tkazilgan, shuningdek hisobot sanasidan keyingi tuzatish summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraq debetida har xil fondlar uchun ajratmalar va e’lon qilingan dividendlarning, 31206 hisobvaraqdan o‘tkazilgan zararlar, shuningdek hisobot sanasidan keyingi tuzatish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
31206 Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: hisobot yilida bank moliyaviy faoliyatining natijalarida olingan sof foyda(zarar)larning summasi hamda ushbu davr davomida e’lon qilingan dividendlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda, 31203 (aktiv-passiv) hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi hamda noto‘g‘ri e’lon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan ko‘rilgan zararlar, 31203 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foydalar summasi, e’lon qilingan dividendlar, shuningdek zaxira kapitali hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob sof foyda va dividendlar hisobi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.