1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Download 1,09 Mb.
bet10/14
Sana12.04.2022
Hajmi1,09 Mb.
#546968
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3336 26.11.2021

50000 XARAJATLAR
50100 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
50101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50103 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50104 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50106 Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50110 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha foizli xarajatlar
50111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50126 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50600 Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
50601 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50603 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50604 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50606 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50611 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50616 Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50621 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50626 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51100 Muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
51101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51103 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51104 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51105 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51106 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51126 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijoz oldidagi o‘z (talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli) depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning depozit majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
51600 Markaziy bankning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51601 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
51606 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
51611 Markaziy bankning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro, overdraft hisobvaraqda vujudga kelgan overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
52106 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
52111 Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankda ochgan hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek bankning boshqa bankdagi vakillik hisobvarag‘ida vujudga keladigan overdraft — Nostro, overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
52600 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52601 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Mahalliy
52606 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Xorijiy
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning topshirig‘i bo‘yicha yoki bank tomonidan bajarilgan to‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
53100 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53101 Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53106 Boshqa banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53111 Hukumatdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195 Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100 To‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54101 Markaziy bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54106 Boshqa banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54111 Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54115 Investitsion kreditlar uchun olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
54125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195 Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan yoki boshqa banklardan olingan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha bankning foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54198 Boshqa banklardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54200 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54202 Chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
54204 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54206 Chiqarilgan depozit sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma va depozit sertifikatlari bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 balans hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54208 Chiqarilgan veksellar bo‘yicha foizli xarajatlar
54210 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
54222 Subordinar qarz bo‘yicha foizli xarajatlar
54300 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar
54302 REPO bitimlari bo‘yicha Markaziy bankka sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54306 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54312 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54395 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qilingan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan xarajatning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54900 Boshqa foizli xarajatlar
54902 Boshqa foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54904 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55100 Foizsiz xarajatlar
55102 Markaziy bankka to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bank tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bank ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55106 Boshqa banklarga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55110 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirayotgan operatsiyalarda (qimmatli qog‘ozlarni sotishda vositachilik, brokerlik mukofotlari va b.q.) vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55114 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oldi-sotdi hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirayotgan operatsiyalarda (qimmatbaho metallarni sotishda vositachilik, brokerlik mukofotlari va h.k.) vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55122 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Sotib olingan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning veksellar bilan amalga oshiradigan operatsiyalarda (qimmatli qog‘ozlarni sotishda vositachilik, brokerlik mukofotlari va b.q.) vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55126 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Akkreditivlar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv ochish va akseptlar berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditivlar va akseptlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55130 Overdraft bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan taqdim etilgan overdraft bilan bog‘liq xizmatlar uchun qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida overdraft bo‘yicha xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55134 Kreditlar bo‘yicha vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka taqdim etilgan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalar) uchun rasmiylashtirish va ko‘rsatilgan xizmatlarini hisobga olgan holda bankning vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55138 Kredit majburiyatlari bo‘yicha xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklardagi kredit liniyalarini zaxiralagani uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning boshqa banklardagi kredit liniyalarini zaxiralagani uchun to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkazishdagi summa aks ettiriladi.
55142 Menejment bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning olingan ma’lumotlar, maslahatlar va boshqaruv xizmatlari uchun, shu bilan birgalikda Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi so‘rovlari bo‘yicha qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida menejment bo‘yicha bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55146 Sindikat kreditlarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sindikat kreditlarda bosh anderrayter (garantom) hisoblanmagan holda qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning sindikat kreditlarda qatnashishi natijasida qilingan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55150 Vositachilik xarajatlari — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bank tashabbusi bilan mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan vositachilik xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55154 Vositachilik xarajatlari — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bank tashabbusi bilan xorijiy to‘lovlarni amalga oshirishda boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan vositachilik xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning xorijiy to‘lovlarni amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55158 Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55162 Kafolat va kafillik operatsiyalari bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning taqdim etilgan kafolat va kafilliklari uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning kafolat va kafillik operatsiyalarini amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55195 Boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmatlar va vositachilik xarajatlarining hisobi olib boriladi (inkassatsiya, elektron pochta xizmatlari va boshqalar)
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55300 Xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55302 “Spot” bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55304 Valyuta qoldiqlarini qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar
55306 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers bitimlari bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining hisobi olib boriladi. Zararlar o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning debetida xorijiy valyutada tuzilgan bitimlar natijasida ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijobiy qayta baholash natijasida zararlarning kamayish summasi, noto‘g‘ri hisoblangan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55600 Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55606 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55610 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar
55614 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining kamayish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan ko‘rilgan zararlar
55702 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55706 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
55710 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55714 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatlarining zararlardagi ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining kamayishidan vujudga keladigan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatlari va qo‘shma korxonalarning zararlardagi ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining kamayishidan vujudga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan zarar summasi aks ettiriladi.
55718 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55722 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan vujudga keladigan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan vujudga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55800 Investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar
55804 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55806 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan hamda amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning investitsiya bo‘yicha ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55900 Boshqa foizsiz xarajatlar
55902 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55906 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rgan zararlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55995 Boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqda o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56100 Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar
56102 Ish haqi
Hisobvaraqning ta’rifi: xizmatchilarning mehnat ish haqi (mehnat shartnomasi va fuqaro-huquqiy xarakterdagi shartnomalar bo‘yicha bajarilgan), ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar, mukofot to‘lovlari (oylik ish, bajarilgan maxsus ishlar uchun natijalar bo‘yicha va boshqalar uchun), ko‘p yillik ish staji va bank nizomi va qonunchilikka muvofiq bankning boshqa to‘lovlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ish haqiga qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56106 Bank xizmatchilari uchun imtiyozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning xizmatchilari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan xarajatlari, ya’ni mukofot to‘lovlari, (yil yakuni bo‘yicha mukofotlar, ko‘p yillik xizmati uchun, ish staji uchun qo‘shimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), bank xodimlarning o‘qishlari uchun to‘lovlar, shuningdek ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovg‘alar qiymati hamda bank nizomi va qonunchilikka muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib olingan to‘lov hisobiga bank tomonidan to‘lanadigan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xizmatchilarga imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56108 Asosiy rahbar xodimlarga mukofotlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik va bank manfaatlariga muvofiq asosiy rahbar xodimlar (bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari va boshqaruv qarori qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar)ga to‘lanadigan mukofot bilan bog‘liq (qoplash xarakteriga ega bo‘lgan boshqa turdagi) xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy rahbar xodimlarga to‘lanadigan mukofot bilan bog‘liq hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56110 Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiya xizmati ko‘rsatish uchun qilgan xarajatlari hamda ular va ularning bolalari uchun sog‘lomlashtirish lagerlariga, sanator-kurort muassasalariga va boshqalarga o‘rnatilgan tartibda to‘liq yoki qisman to‘lanadigan yo‘llanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologik xizmatlari ko‘rsatish va shifoxonada davolash xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56114 Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga to‘lanadigan ixtiyoriy badallari, bankning ish haqi fondi (FOT)dan budjetdan tashqari Pensiya fondi ajratmalari, ijtimoiy soliq uchun bank xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56118 Ijtimoiy himoya
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda mehnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqa (posobiya) to‘lovlari va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek qonunchilikka va bank nizomiga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonunchilikda o‘rnatilgan balog‘at yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqa) to‘lovlari, moddiy yordam pullari va boshqa to‘lovlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56122 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalarga badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjetiga va boshqa jamg‘armalarga bank ajratmalari, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank xodimlarining sog‘liqni va boshqa ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash bo‘yicha badallari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalarga amalga oshirilgan ajratmalar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilgan summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
56195 Bank xizmatchilari uchun qilingan boshqa xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi ta’riflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga to‘lanadigan (to‘garaklardagi, klublardagi mashg‘ulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga, qonunchilikda o‘rnatilgan me’yordan ortiqcha to‘langan safar va vakolatli xarajatlar summasi va boshqalar) to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56200 Ijara va ta’minot
56202 Ijara to‘lovi
56206 Suv
56210 Elektr energiyasi va isitish
56214 Ta’mirlash va ta’minot
56218 Qo‘riqlash xizmati
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan bank xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qo‘riqchilarga, shuningdek qo‘riqlash signalizatsiyasiga, remontga va bank binosini, mebellarni, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, bankning suv, elektr, isitish tarmog‘i va boshqa kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijara va ta’minot uchun hisoblangan va to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56300 Xizmat safari va transport xarajatlari
56302 Xizmat safari xarajatlari
56306 Yashash xarajatlar
56310 Fraxt xarajatlar
56314 Yoqilg‘i
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlarning xizmat safari bilan bog‘liq (transport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (bank ofislari o‘rtasida jihozlar va boshqa mulklarni ko‘chirish) xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan yoqilg‘i xarajatlari, shuningdek o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun foydalaniladigan bank xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56400 Ma’muriy xarajatlar
56402 Reklama va e’lon xarajatlari
56406 Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari
56410 Pochta, telefon, faks
56414 Hujjat markalari uchun xarajatlar
56418 Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va e’lonlariga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, ma’lumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallari (SWIFT, Internet, teleks va boshqalar)dan foydalanish xarajatlari, shuningdek davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichi (“Norma” tizimi va boshqalar)ga qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ma’muriy xarajatlarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56500 Reprezentatsiya va xayriya
56502 Reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘g‘ridan to‘g‘ri mavqeyi (prestiji) va biznesining rivojlanishiga imkon beradigan reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlarga qilgan, shuningdek taqdimot tadbirlari xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida reprezentatsiya, ko‘ngilochar va taqdimot tadbirlari uchun qilingan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri qilingan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56506 A’zolik badallari
Hisobvaraqning ta’rifi: banklarning klublar, assotsiatsiya, ijtimoiy va boshqa tashkilotlarga a’zolik badallarni to‘lash uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida a’zolik badallari uchun to‘langan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56510 Xayr-ehson va xayriya
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning xayr-ehson qilgan xarajatlari va xayriya jamg‘armalari hamda boshqa notijorat foyda keltirmaydigan tashkilotlarga qo‘yilgan omonatlari, shuningdek tabiiy ofatdan ko‘rilgan talafotlarga qilingan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xayr-ehson va xayriya uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56600 Eskirish xarajatlari
56602 Eskirish — Bank binosi, inshoatlar va boshqa imoratlar
56606 Eskirish — Investitsiya qilingan ko‘chmas mulkning eskirish summasi
56610 Eskirish — Transport vositalari
56614 Eskirish — Mebel va jihozlar
56616 Eskirish — To‘lov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
56618 Eskirish — Nomoddiy aktivlar
56622 Eskirish — Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
56626 Eskirish — Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
56630 Eskirish — Ombordagi asosiy vositalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar uchun hisoblanadigan eskirish xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan eskirish summasining qaytarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56700 Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar
56702 Yuridik va auditorlik xizmati to‘lovlari
56706 Konsalting xizmati uchun to‘lovlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning shartnoma asosida yuristlar va boshqa firmalar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik, auditorlik va maslahatchilik xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik va maslahatchilik xizmatlar uchun qilgan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56710 Sug‘urta
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘z mulkini sug‘urta qilishga, yong‘indan sug‘urta qilishga va o‘z faoliyati bilan bog‘liq boshqa sug‘urta turlariga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sug‘urta uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56714 Soliqlar (foyda solig‘idan tashqari) va litsenziyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning soliqlar hamda mulk solig‘i, Pensiya fondiga ajratmalar kabi yig‘imlar va boshqa soliqlarga (foyda solig‘idan tashqari) xarajatlari, shuningdek bankning litsenziya olish bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlar va litsenziyalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
56718 Jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan o‘ziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56722 Sud jarayoni/aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlari, shuningdek aktivlarni bank nomiga rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni, shuningdek aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqda o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56795 Boshqa operatsion xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56800 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56802 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar
56803 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Investitsion kreditlar
56804 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa banklardan olinadigan hisobvaraqlar
56806 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar
56808 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
56810 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
56814 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
56818 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan veksellar
56822 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar
56824 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — REPO bitimlari
56826 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
56828 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
56830 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Asosiy vositalar
56832 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Nomoddiy aktivlar
56834 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Bankning boshqa xususiy mulklari
56838 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Lizing (moliyaviy ijara)
56840 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar
56842 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kredit va lizing
56895 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa aktivlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning aktivlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56900 Foyda solig‘ini baholash
56902 Foyda solig‘ini baholash
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan foydaga hisoblangan soliqlar (foyda solig‘i, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga solingan soliq va shu kabi boshqa soliqlar) bo‘yicha bank xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish