Beshinchidan, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekt11i (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi (xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda), uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda davom eta-dilar.
Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka egalik huquqi boshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samaralidir. Chunki u firmaning sog‘lom (normal) faoliyatiga putur yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga o‘tib turadi va buning firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.
3-MAVZU: MOLIYAVIY SIYOSAT VA MOLIYAVIY QARORLAR.
1. Moliyaviy siyosat va uning shakllari.
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish;
qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;
qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif berish ham mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui (yig‘indisi) moliyaviy siyosat deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |