Uchinchidan, ajab emas (ehtimol), Sizni zamonaviy (amaliy) moliya sohasida karera qilish qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karera qilish uchun ulkan imkoniyatlar borki, kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning uchun inson zamonaviy moliyaning barcha sir-asrorlarini egallashi lozim. Moliyachilarning aksariyat qismi iqtiso-diyotning moliya sohasida – banklarda, sug‘urta kompaniyalarida yoki investi-tsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi. Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxas-sislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat tashkiloti, nomoliya tashkilot-larining moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadilar. Ba’zilar esa akademik karerani afzal ko‘radilar.
Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar). Bundan tashqari, moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karera qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda, bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korpo-ratsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar.
To‘rtinchidan, moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra moliya institutlari ishini to‘g‘ri tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin yaratadi. Biz, fuqaro sifatida, ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Bu qarorlar, oxir oqibat, mamlakat moliyaviy tizimi ishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, depozitlarning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qarshi chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa, buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin?
Beshinchidan, ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun ham “Zamonaviy moliya”ni o‘rganadi va shunga qiziqadi. Zamonaviy moliya qonuniyatlarini bilish dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi qonuniyatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
Moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar uzoq tarixga ega. A. Smitning 1776 yilda chop etilgan “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari borasida tadqiqotlar” kitobini ko‘pchilik iqtisod fani (ilmi)ning ibtidosi deb hisoblaydilar. So‘ngi yillarda zamonaviy moliya nazariyasi moliya sohasiga ixtisoslashgan iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda va takomil-lashtirilmoqda. Bu 1990 va 1997 yillarda iqtisod sohasida Nobel muko-fotiga moliya nazariyasi va amaliyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar sazovor bo‘lganligi bilan ham tasdiqlanadi6.
Do'stlaringiz bilan baham: |