1-modul. Moliyaning fundamental (tub) asoslari


Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmaslik, tan olmaslik)



Download 179,88 Kb.
bet34/34
Sana18.04.2023
Hajmi179,88 Kb.
#929903
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
1-modul. Moliyaning fundamental (tub) asoslari

Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmaslik, tan olmaslik). Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi?
Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib beradi. Buning uchun ular tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapi-taldan kutilgan daromadning ma’lum qismidan voz kechishlari zarur. Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar33 riskka toqati yo‘q kishilar34ga kafolatlangan foiz stavkasi olish imkoniyatini beradilar. Biroq, bu stavka risk darajasi yuqori bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi. Aholi orasida riskni tan olmaslik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, risk uchun mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi.


1 Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 356.

2 Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya» fani va «Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin.

3 Bunday ahvolga tushib qolishni sira istamasligimiz mutlaqo aniq!

4 “Portfel” fransuzcha “portefeuille” so‘zidan olingan bo‘lib, a) kitob, daftar, hujjat kabilar solib olib yuriladigan dastali va qopqoqli maxsus sumka; b) nashriyotlarda, gazeta, jurnal muharririyatlarida navbatdagi nashr uchun to‘plangan qo‘lyozma materiallar majmui ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B. 299. Shu munosabat bilan bu yerda “portfel” so‘zi, ko‘chma ma’noda bo‘lsa-da, shunga yaqin ma’noni anlatib, uni “moliyaviy aktivlar majmuini o‘zida mujassam etuvchi maxsus sumka” sifatida talqin qilish mumkin.

5 “Sertifikat” fransuzcha “certificat”, lotincha “sertum” – aniq, to‘g‘ri, rost + “facere”- qilmoq. Bu yerda “biror narsa, voqea haqidagi rasmiy yozma guvohnoma; diplom”. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 488.

6  1990 yilda iqtisod sohasida Nobel mukofoti Garri Markovits (Harry Markowitz), Merton Miller (Merton Miller) va Vilyam Sharpga (WilliamSharpe) moliya nazariyasi va amaliyoti rivojiga ulkan ta’siri bo‘lgan ilmiy hissasi uchun berilgan.

7 “Menejer” inglizcha “manager” – boshqaruvchi. Korxona yoki kompaniya egalari bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchilar. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 579.

8 “Investor” inglizcha “investor”, lotincha “investire” – kiyintirmoq. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs, tashkilot yoki davlat. Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 207.

9 “Industriya” lotincha “industria” – mehnatsevarlik, tirishqoqlik. Sanoat; milliy xo‘jalikning jamiyat iqtisodiy rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhim tarmog‘i. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B.209.

10 “Prokat” ruscha “prokat” – ijara (kira)ga berish yoki olish. U yoki bu narsani ma’lum miqdordagi haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun berib yoki olib turish. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.312.

11 “Effekt” lotincha “effektus” – harakat, faoliyat; natija. Ish, faoliyat va sh.k.ning natijasi. Qarang: o‘sha manba. J.V – B.62.

12 Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 316.,

13 “Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan, to‘plangan” deb tarjima qilinib, jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik ko‘shilmasidan iborat narsa; qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398.

14 Amaliyotimizda bunga qay darajada rioya qilinayotir? Uning natijasi qanday bo‘layapti? Misollar keltira olasizmi? Unga, eng umumiy tarzda, qanday baho bergan bo‘lur edingiz? Nima uchun?

15 «Integratsiya» lotincha «integratio» - tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish. 1. Ayrim qismlarning, elementlarning bog‘liqlik holatini, ularni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2. Yaqinlashish va o‘zaro bog‘lanish jarayoni. 3. Ikki yoki undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.216.

16 «Kontrakt» lotincha «contractus» - bay, bitim, kelishuv. Tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan holda tuzilgan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnoma, bitim. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.403.

17 Moliyaviy vositachilar eng umumiy tarkibiy qismlariga kiruvchi ayrim sub’ektlarning, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, mamlakatimiz amaliyotida mavjud emasligi ularning shunday tarkibiy qismlardan iborat ekanligiga rahna sola olmaydi.

18 «Klassifikatsiya» lotincha «classis» - daraja, razryad + “facere” – qilmoq. Tasnif – tanlab olish; turlarga ajratish. Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish. Qarang: o‘sha manba. J.II. – B.382. O‘sha manba. J. IV. –B.11.

19 «Reyting» inglizcha «rating» - baho, daraja. 1. Nazorat qilish va baholash usuli va tizimi. 2. Erishilgan yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan ko‘rsatkich. 3. Jamoatchilik fikrini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.373.

20 AQSh Markaziy banki (Federal Reserve System – Federal zahira tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi mustaqillikka ega. Uning tarkibiga 7 a’zodan iborat bo‘lgan va Kolumbiya shtatidagi Vashington shahrida joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta mintaqaviy bank kiradi. Biroq, shuni ham qayd etish joizki, boshqaruvchilar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va mamlakatning Senati tomonidan tasdiqlanadi.

21 “Inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi shart” deganda nima nazarda tutilayapti? Ana shu so‘zlar birikmasiga nisbatan mulohazalaringiz nimalardan iborat?

22 “Paket” fransuzcha “paguet” – tuguncha, bo‘g‘cha; xalta. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B.206.

23 “Passiv” lotincha “passivus” – harakatsiz. 1. Korxona va tashkilotlarning barcha qarzlari va majburiyatlari. Qarang: o‘sha yerda. – B.233. Shunday bo‘lsa-da, bu yerda “passiv” so‘zi, asosan, “sust” ma’nosida ishlatilayotganligini qayd etib o‘tish joiz.

24 Manba: The Economist, 2016 yil 17 mart, 111-bet ©2016 The Economist Newspaper Group, Inc.

25 “Nominal” lotincha “nominalis” – nomi yozilgan. 1. Qog‘oz va tanga pullar, qimmatbaho qog‘ozlar, mol va sh.k.ning belgilangan, ustiga yozilgan bahosi. 2. Belgilangan, yozib ko‘rsatilgan (narx, baho, o‘lcham va sh.k. haqida. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.55.

26 “Standart” inglizcha “standard” – me’yor, namuna, o‘lcham. Qarang: o‘sha manba. J.III. -B.568.

27 “Emissiya” lotincha “emissio” – chiqarish. Pul va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.37.

28 “Ekvivalent” lotincha “aequivalens” “aequivalentis” – teng kuchli, teng qiymatli. Biror narsaga teng yoki biror jihatdan mos keladigan va uning o‘rnini bosa oladigan boshqa narsa. Teng, teng bo‘lgan; mos keladigan, o‘rnini bosa oladigan. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.24.

29 “Arbitraj” fransuzcha “arbitrage” – hakamlik sudi. 1. Nizoli masalalarni hal qilish uchun maxsus tashkil etilgan va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi sud organi, hakamlik. 2. Foyda olish maqsadida bir valyuta bozoridan sotib olingan xorijiy valyutalarni kursdagi farqiga qarab ikkinchi valyuta bozorida sotish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B. 94.

30 “Aspekt” lotincha “aspectus” – nuqtai nazar; ko‘rinish. Narsa-hodisa, tushuncha va sh.k.ning o‘rganilishiga asos bo‘ladigan nuqtai nazar. Qarang: o‘sha manba. J.I.– B.109.

31 “Konstruksiya” – lotincha “constructio” – to‘plash, yig‘ish; tuzilish, qurilish. Inshoot, mexanizm, asar va sh.k.ning tuzilishi, qismlarining o‘zaro joylashuvi; murakkab tuzilishli inshoot, mexanizm va sh.k.ning o‘zi. Konstruktor – mashina, mexanizm, inshoot va ularning ayrim qismlari konstruksiyasini, loyihasini tuzuvchi mutaxassis, injener. Qarang: o‘sha manba. J.II. – B.401.

32 “Psixologiya” psixo + yunoncha “logos” – fan, ta’limot. 1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarni o‘rganuvchi fan. 2. Biror faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlar majmui. 3. Kishining ichki dunyosi, kechinmalari, xarakter xususiyatlari, ruhiy holati. Qarang: o‘sha manba. J.III.– B.318.

33 Bunday kishilar toifasiga kimlarni kiritsa bo‘ladi? Ularning shu toifaga kiritilishiga nimalar asos bo‘lishi mumkin?

34 “Riskka toqati yo‘q kishilar” – ular kimlardan iborat? Nega ular shunday deb nomlanadi? Ularning bunday nomni olishlariga nimalar sabab bo‘lgan?

Download 179,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish