1-modul. Moliyaning fundamental (tub) asoslari


Moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari va bosqichlari



Download 179,88 Kb.
bet11/34
Sana18.04.2023
Hajmi179,88 Kb.
#929903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
1-modul. Moliyaning fundamental (tub) asoslari

2. Moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari va bosqichlari.
Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar.

Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:


1. Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak?
2. Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylash-tirish) kerak?
3. Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’-molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foydalanishi kerak?
4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur?
Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini (pool of wealth) to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga tikadi (yo‘naltiradi, joylashtiradi). Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar (assets) nomini olgan. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi.
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash deb ataladi.
Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan aksiya yoki obligatsiyalarga tikadi (joylashtiradi, qo‘yadi)lar. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati (liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) (net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.
Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln.so‘m turadigan uy egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln.so‘mingiz bor. Bundan tashqari, Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz. Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat), va 5 mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz majburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday resurlari uy xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir (yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki aksiyalarga, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha polislarga egalik qilish yoki pensiya rejalarida ishtirok etish orqali) va soliq to‘laydilar. Bu soliqlar esa, davlat tomonidan sarflanadi.



Download 179,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish