Issiqxona — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun koʻchatlar oʻstirishga xizmat qiladi. I. oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va h. k. bilan oʻralgan boʻladi. Yogʻoch yoki temir, poʻlat, alyuminiy kabi metall us-kunalardan tiklanadi. I. larning xil-maxil turlari mavjud. Ular foidalanish muddatlari va davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga koʻra — koʻchat oʻstiriladigan va sabzavot yetishtiriladigan; sabzavotlarni oʻstirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki jihozlarga qarab — soʻkchakli va tuproqli turlarga boʻlinadi. Konstruktiv yechimi jihatdan I. lar nur oʻtkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki va koʻp tomonlama nishabli turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda, asosan, pomidor, bodring , rezavor ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchati, shuningdek, limon va manzarali oʻsimliklar I. da yetishtiriladi. Yozi qisqa boʻlgan oʻrta va shim. mintaqalarda I. da turli sabzavot va boshqa q. x. ekinlari yil boʻyi oʻstiriladi, hosil olinadi va oʻsimliklarning yangi nav hamda duragaylari yetishtirish va boshqa i. t. ishlari olib boriladi. Qishki I. lar yil boʻyi foydalanishga moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish uchun koʻchatlar yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi I. lar yengil kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir nishabli I. tomi (qiyaligi 33—45°) jan. ga, ikki va koʻp ni-shablarniki esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi. I. shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. I. larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi mumkin. Tuproqli I. larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib, tuproq tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay. Qishloq sharoitida xonadonlarni isitish muammosi nimada?
Bu albatta 1-navbatda isitish qurilmalari (pechlar) da yoqiladigan yoqilg'i muammosi. Gaz yo'q yoki quvurdagi bosim juda past. Pechda yoqish uchun ko'mir yo'q. Bo'lganda ham juda qimmat. Natijada pechlarda g'o'zapoya yoki turli daraxtlar kundalarini yoqishga to'g'ri keladi. Ba'zi hollarda sovuqdan saqlanish, qishdan eson-omon chiqib olish uchun hatto kelasi yil bahorda mevasidan bahramand qiladigan, meva berib turgan daraxtlarni ham kesib yoqishga to'g'ri keladi.
Bundan tashqari, pechga yoqish uchun bir amallab topib kelingan o'tin pechda "Gurr ..." etib yonadi-da, xonani biroz isitgach, oradan yarim soat-bir soat vaqt o'tar-o'tmas o'chib qoladi. Pech o'chib qolmasligi uchun esa har yarim soat-bir soatda unga yana yangi o'tin qalab turish kerak. Aks holda qishning uzundan uzoq tunlarida xonani issiq holda saqlash imkoniyati bo'lmay qoladi. Mobodo yarim tunda o'tin tugab qoladigan bo'lsa, ertalabgacha ko'rpaga o'ralib, bir amallab tong orttirishga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |