1. Mehnat muhofazasini meyoriy taminlash Mehnat muhofazasi


Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa



Download 41,8 Kb.
bet3/3
Sana17.07.2022
Hajmi41,8 Kb.
#818024
1   2   3
Bog'liq
1-1

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta’siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.
Ruxsat etilgan konsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM) – 8 soatli yoki boshqa ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sog‘ligida o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydigan konsenratsiya (daraja, miqdor).
2. Baxtsiz hodisalarini oldini olish bo'yicha umumiy qoidalar
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi, sanoat
sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoida, norma va yo‘riqnomalarining buzilishi ishlovchilarning jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasalliklariga olib keladi. Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta’sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida organizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terining kuyishi, sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish holatlarini aytish mumkin.
Jarohatlanish va baxtsiz hodisa 3 turga bo‘lib baholanadi:
1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish.
2. Ish bilan bog‘liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘lanmagan.
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog‘lanmagan jarohatlanish.
Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi.
Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma’muriyati topshirig‘I bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masalan, ishga borib-kelish vaqtida, xizmat safari vaqtida, boshqa obyektlardagi faoliyatda). Birinchi va ikkinchi turdagi jarohatlar ishlarga (baxtsiz hodisalarga) ishab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ma’muriyat javobgar hisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo‘qotilgan ish kunlari uchun haq to‘lanadi. Agar jarohatlanish ishning mehnat xavfsizligi qoida va normalariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, u holda ishchi ma’muriyat xodimi bilan javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to ‘lov ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi.
Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy holatlarda, mast bo‘lishi natijasida, davlat mulkini o‘g‘irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi. Sanoat sanitariyasi norm alarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa. u o‘tkir zaharlanish deyiladi. Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig'ilsa, u surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi.
Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlarning
sodir bo‘lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisalar har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish natijalariga qarab, kelajakda jarohatlanish, kasb kasalligini qaytarilmasligi uchun zarur bo‘lg an chora-tadbirlar ko‘riladi. Tekshirish, hisobga olish ishlarini kasaba uyushma federatsiyasining nizomiga asosan sex boshlig'i, texnika xavfsizligi muhandisi, jamoat inspektori va bosh muhandis ishtirokida tuzilgan komissiya olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishni tekshirish va hisobga olish» to‘g'risidagi Nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolar bilan mehnat faoliyatiga bog'liq holda yuz bergan hodisalarni hamda xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibi belgilangan. Ushbu Nizomda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani va xodimlar salom atligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish va hisobga olish umumiy qoidalari va tartibi ko‘rsatilgan. Bir kundan kam bo‘lgan ish kuni yo‘qotilgan baxtsiz hodisalarda 3 kun davomida tekshirilib, maxsus forma (N-l) bo‘yicha 4 nusxada akt tuziladi. Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari, bunday hodisalar takrorlanmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilish kerakligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Aktni bosh muhandis tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex boshlig‘iga, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga, uchinchi nusxasi tarmoq kasaba uyushmasi markaziy qo‘mitasiga - texnik nazoratchiga, to‘rtinchi nusxasi korxona mehnatni muhofaza qilish bo‘limiga nazorat o‘rnatish uchun beriladi. Baxtsiz hodisaning asoratlarining ketishini ham, kelib chiqishini ham hisobga olib tuzilgan aktlarni 45 yilgacha saqlash tavsiya etiladi. Tekshirishdan so‘ng korxona ma’muriyati yo‘1 qo‘yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta'minlashga qaratilgan buyruqni e’lon qiladi, baxtsiz hodisaning kelib chiqishida aybdor kishilarning javobgarligi aniqlanadi.
Agar baxtsiz hodisa ikki va undan ortiq ishchilar bilan yoki o‘lim bilan tugagan bo‘lsa, u holda maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi, yuqori tashkilotning vakili, davlat nazorat organlari xodimlari va boshqalar kiradi. Tekshiruv materiallari 15 kunda tayyor bo‘lishi kerak. Bunday baxtsiz hodisalar korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasida, yuqori tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitalarida batafsil ko‘rib chiqiladi.

3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushinchasi, xususiyatlari va tizimlari


Yer kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop muhitning chuqurlashuvida ozmi-ko‘pmi O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki bor. Istiqomat qilayotgan 27 mln.dan ziyod aholining yarmidan ko‘prog‘i ekologik xavfsiz bo‘lmagan muhitda istiqomat qilmoqda. Orol dengizi va uning atrofida ro‘y bergan ekologik inqiroz holati Sovet davrining noekologik agrar va iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun ham davlatimiz, shaxsan Prezident I.A.Karimov, ekologik masalalarni iqgisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topmoqdalar. 


XX asr oxiriga kelib O‘zbekistonda quyidagi taktik va strategik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan: «2005 yilgacha bo‘lgan davrda tabiatni muhofaza kilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishning Davlat dasturi», «O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishning ekologik ta’minlashning milliy harakatlar rejasi», «O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit gigayenasi bo‘yicha milliy harakatlar dasturi», «Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha milliy strategiya va reja».
Bu hujjatlarda davlatimizning jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabat shakli, hozirgi kunda va kelajakda qanday bo‘lishi, O‘zbekistonning ekologik konsepsiyasi, maqsadi va prinsiplari belgilab berilgan. Ekologik maqsad va vazifalarni amalga oshirishning taktik va strategik harakatlar dasturi va yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy maqsadi — kishilarning hayotiy zarur bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitini ta’minlash uchun tabiatni muhofaza qshish va tabiiy resurslardan samarali foydalanshi, ya’ni tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy -ekologik munosabat shaklini qo‘llash.
Biz bilamizki, mustaqillik davrigacha O‘zbekiston hududi Chor Rossiyaga, so‘ngra Sovet Ittifoqining xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o‘lkasi bo‘lib hisoblangan. Shuning uchun ham tabiiy va mineral xom ashyo zaxiralaridan maksimal holda ekstensiv usulda foydalanilgan, ya’ni iqgisodiy munosabat shaklida bo‘lgan. Bunday totalitar tuzumdagi munosabat shaklidan birdaniga ekologik munosabat shakliga, jamiyatda na iqgisodiy, na huquqiy, na ijtimoiy-madaniy asosi yaratilmay turib o‘tishni, hattoki nazariy jihatdan xam amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi tanlagan yo‘li tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni iqtisodiy-ekologik shakli, ya’ni bosqichma-bosqich ekologik munosabat shaklga o‘tishga asos bo‘lmog‘i darkor.
29 avgust 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunida mamlakatimizning ekologik konsepsiyasi berilgan bo‘lib, unda quyidagilarga e’tibor berilgan:
- shaxsning hayotiy zarur extiyoji bo‘lgan kishilarni sog‘ligini muhofaza qilish va insonlarning turmushi uchun optimal holatdagi ekologik sharoitlarni yaratib berish;
- jamiyatning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mo‘’tadil ekologik vaziyatni tashkil etish, aholining sog‘ligini ta’minlash, jismoniy baquvvat avlodni shakllantirish;
- davlatning hayotiy zarur ehtiyojlari bo‘lgan barqaror riojlanish, mintaqaviy iqgisodiy holatni mo‘’tadillashtirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish.
Shunday qilib O‘zbekiston uchun yagona bo‘lgan shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy zarur ehgiyojlaridan biri — ekologik xavfsiz muhit mshliy xavfsizlikning ajralmas bir bo‘lagidir.Respublikamiz ekologik siyosatining asosiy maqsadini bajarmoq uchun organik rivojlanish bilan bir qatorda muhofaza qilish va rivojlanish konsepsiyasini qo‘llashni ma’qul deb topgan. Bu degan so‘z shaxs, jamiyat va davlatning ekologik talablarini mintaqalar bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish talablariga moslashtirish kerak.
Yurtimizda ekologik nazoratga katta e’tibor karatilib kelinmokda. Jumladan, Ekologik nazorat to‘g’risidagi O‘zbekiston Respublikasining konuni bunga yakkol misol bo‘la oladi.
Konunning ekologik siyosatga doir dolzarb moddalaridan misol keltiramiz.
1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Ekologik nazorat tushunchasi
Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir.
4-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash.
Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun intizomiy va moddiy javobgarlik.
Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun intizomiy javobgarlik korxona, tashkilot va muassasalar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ekologik huquqbuzarlik uchun intizomiy choralar qo‘llash uchun xodimlarga tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish vazifalari yuklatilgan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifalar mehnat shartnomalarida yoki mehnat majburiyatlarni taqsimlovchi boshqa hujjatlarda, masalan, mansab yo‘riqnomasida o‘z aksini topishi lozim. Xodim atrof tabiiy muhitga zararli moddalar chiqarish hisobini noto‘g‘ri yuritganligi, tozalash uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzganligi va boshqa mehnat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan ekologik majburiyatlarni bajarmaganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortiladi. 
Suv resurslari va ularni ekologik jihatdan tartibga solish zarurati. Sayyoramizda garchand suv bilan egallangan maydon quruqlikka nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lsada, uning ekologik muammosining yechimini topish juda dolzarbdir. Bunga sabab:
Birinchidan. Suv tirik organizmlar, jumladan, inson massasining 90% dan ortig‘ini tashkil qilgan holda u doimo aylanma harakatda. Aylanma harakatdagi suv chuchuq toza va musaffo bo‘lishi talab etiladi. Aks holda tirik organizmlar nobud bo‘ladi.
Ikkinchidan. Chuchuk suvlar zaxiralari Sayyoramizda bir tekis tarqalmagan. Yer usti suvlari (daryo, ko‘l, suv omborlaridagi suvlar) ning 70% aholi yashashi noqulay bo‘lgan shimoliy sovuq yoki baland tog‘ mintaqalaridadir. Ayrim mamlakatlar (Kanada, Norvegiya, Rossiya)da suv toshqinlari muammosi yuzaga kelayotgan bo‘lsa, ayrimlarida (O‘zbekiston, arab mamlakatlari, Turkmaniston) suv tanqisligi juda katta muammodir. 
Uchinchidan. Toza suv doimo harakatdadir. U ko‘pincha daryolar orqali bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o‘tib boradi. Bu degan so‘z daryo suvining muhofazasi xalqaro muammolar toifasiga kiradi va davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab qiladi.
To‘rtinchidan. Okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera havosida kislorodning kamayishiga sabab bo‘lmoqsa. Chunki kislorodni «ishlab chiqaruvchi» okean yuzasidagi planktonlar ifloslanayotgan okean suvlarida kamayib boryapti.
Beshinchidan. Deyarli barcha xalq xo‘jaligi sohalarida suv ishlatiladi. Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko‘payib bormoqsa. Xo‘jaliqsa ishlatilayotgan suvham, afsuski, toza - chuchuk bo‘lishi kerak ekan. Agrar respublika bo‘lgan O‘zbekistonda xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i - qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jali-gi mahsulotining 95% sug‘oriladigan yerlardan olinadi.
Oltinchidan. Markaziy Osiyoda chuchuk suv zaxirasi - 183 km kub (uvdan Amudaryoda 78 km kub va Sirdaryoda - 36 km kub). Uning aksariyati sug‘orish uchun ishlatiladi va turli sun’iy suv havzalari (kollektor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko‘llar)da va yer ostida yig‘ilib, Orol ko‘li muammosini yuzaga keltirdi. 
Suvdan oqilona foydalanish - suvning foydali xususiyatlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning qonun talablari asosida foydalanshi hisoblanadi.
Suvdan foydalanuvchilar qatoriga barcha mulk shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolar kiradi. Suv munosabati ob’ekti yuqorida sanab o‘tilgan barcha suv fondi toifalaridir. Ularga xalq xo‘jaligining barcha sohalarida umumiy yoki maxsus ravishda suvdan foydalanishga ruxsat beriladi. Umumiy foydalanish - suvning holatiga ta’sir qiladigan inshootlar yoki texnik qurilmalarni qo‘llamagan tarzda suvdan foydapanish. Lgardaulart qo‘llabfoydalanilsa, maxsus foydalanishga tegishli bo‘ladi. Ularning ro‘yxati maxsus davlat boshqaruv organlari tomonidan belgilab qo‘yiladi. Suvdan foydalanish birgalikda va tanho (yuridik shaxslarga butunlay yoki qisman berib qo‘yilsa), birlamchi (tanho foydalanuvchilarga boshqa sub’ektlarga foydalanish uchun berish huquqi bilan) yoki ikkshamchi tarzda amalga oshiriladi.
Suv ob’ektlari, avvalambor, prioritet norma asosida aholining ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish uchun beriladi. Suvlarni foydalanishga berish tartibi (tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan holda) «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 26-31-moddalarida aks ettirilgan. Ushbu talablar suvning ekologik tizimlarda turuvchi unsur sifatida qarashni nazar uvdan foydalanuvchilarning huquqlari quyqsagilardan iborat:
Yuqorida qayd etilgan talablar bajarilmasa, yuridik va jismoniy shaxslarning suvdan foydalanish huquqlari tegishli qonun hujjatlari asosida bekor qilinishi mumkin. Yetkazilgan zarar «Suv va suvdan foydalanshp to‘g‘risida»gi qonunnvdg 39-moddasiga asosan chi-qarilgan Nizom, yo‘riqnomalar asosida Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan belgilangan hollarda va tartibda undirib olinadi. 
Suv qonunchiligiga binoan suv ob’ektlaridan foydalanish:
- aholining iste’moli, maishiy va boshqa ehtiyojlari;
- davolash, kurort va sog‘lomlashtirish;
- qishloq xo‘jaligi ehgiyojlari;
- sanoat maqsadlari va issiqpik energetikasi ehgiyojlari;
- baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari;
- ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari;
Atmosfera xavosi-ekologiya huquqi obekti sifatida - Atmosfera so‘zi dastlab Aristotel tomonidan yoritilgan bulib, «atmos»— par, bug, «sfera» — shar, katlam, ya’ni yer sharini urab turuvchi buksimon katlam degan ma’noni anglatadi. Atmosfera xavosi tarkibiga yerdagi, suvdagi, tog‘ jinslari orasidagi xavo kirmaydi. Tirik organizmlar xar 10 yilda atmosfera xavosini bir sidra tulik uzlashtirib, uz organizmlaridan utkazadilar.
Atmosfera tarkibida nafakat kislorod, balki is gazi, vodorod, suv buglari, nitrat kabi unlab uchuvchi moddalar uchraydi. Undagi xar bir modda uz funksiyasiga ega. Kislorod atmosferada oddiy (02) va- ozon (03) tarikasida uchraydi. Erkin kislorod (02) xavo tarkibida 20-21% ni tashkil kilgan xilda, u asosan dengiz va okean yuzidagi fitoplankton (80%) va yer ustidagi usimlik dunyosi (20%) dan tuyinadi. Uning fiziologik vazifasi tirik mavjudot konining xarakatini gemoglabinlar xisobiga aylantirib turishdan iborat. Undan tashkari kislorod xalk xo‘jaligining barcha soxalarida ishlatiladi, chunki u kimyoviy eng faol va yonishga yordam beruvchi gaz xisoblanadi.
Uglerod oksidi (karbonat angidrid), garchand atmosferada 0,03% ni tashkil etsada, 170 mln. tonna biomassa xosil kilishda va Kuyosh energiyasini ushlab turishda xizmati kattadir. Atmosfera xavosining asosiy sifat kursatkichi aynan 02:S0? nisbatiga karab baxolanadi.
Atmosferada azot — 78 %, argon — 0,9%, kolgan - kseson, geliy, vodorod, neon, qoipton va radonlar juda kam mikdorda uchraydi. Vodorod (N2) tabiiy radioaktiv parchalanishni ta’minlasa, suv buglari (N20) namlikni yer shari buyicha bir tekisda tarkatadi, azot (N9) bosimni ushlab turadi, ozon (O,) ultrabinafsha nurlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer yuzasiga utishini ushlab koladi. Umuman olganda, atmosfera tarkibidagi xar bir tabiiy gaz va buglar ma’lum bir ekologik funksiyalarni bajaradi.
Atmosfera xavosida tabiiy gaz va buglardan tashkdri turli aerozol va ionlar xam bor. Aerozol - turli xil birikmalarning xidi, suvning xavosi, bulutlar, tutun, kuyun (smog), zaxarli xidlar. Ionlar esa radiotulkinlarning tarkalishi, magnit buronlarining sababchisidir. Atmosfera xavosini ifloslantiruvchi moddalar katorida oltingugurt (98%), uglerod oksidi, azot ko‘p mikdorni tashkil etadi. Atmosfera xavosi tarkibining uzgarishi tirik organizmlar, xususan, inson xayotiga juda tez ta’sir etadi. Shuning uchun xam uni iktisodiy-ijtimoiy, xam siyosiy-ma’rifiy, xam huquqiy yullar bilan muxofaza kilish dolzarb masala xisoblanadi. Atmosfera xavosini Ekologiya huquqining aloxida bir ob’ekti kilib olishga va unga oid munosabatlarni ixtisoslashtirilgan qonun xujjatlari asosida tartibga solishga da’vat etadi.
1996 yil 27 dekabrda mustakil O‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera xavosini muxofaza kilish to‘g‘risida»gi qonuni kabul kilindi. Qonunning maksadi — atmosfera xavosini mustaksh tabgshy ob’ekt unsuri sifatida huquqiy jihatdan muxofaza kilgsh. Mazkur Qonunning asosiy vazifalari: atmosfera xavosining tarkibini saklash; turli xil kimyoviy, fiziq biologik va boshqa xil ta’sirning oldini olish; davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur soxadagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdir. Atmosfera xavosi umuminsoniy boylik xisoblanadi va davlat tomonidan muxofaza kilinadi.
Mustakil Respublikamizda atmosfera xavosini ekologik-huquqiy muxofaza kilish nafakat ushbu qonun, balki tabiatni muxofaza kilish, muxofaza etiladigan tabiiy xududlar, suv va suvdan foydalanish, o‘simlik dunyosini muxofaza kilish va undan foydalanish kabi ixtisoslashtirilgan korxonalar, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash to‘g‘risidagi qonunlar, yer, jinoyat, fukaroliq ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar kabi umumlashtirilgan qonunlar va boshqa me’yoriy huquq manbalari asosida olib boriladi.
Download 41,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish