17-Mavzu: Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taasurot hosil qilish usul va talablari
Reja:
Ish beruvchilar qadrlaydigan ko‘nikmalar.
Suhbatda jamoada ishlay olish ko‘nikmasini namoyon qilish.
Nima uchun kommunikatsiya ko‘nikmasi ishga oluvchilar tomonidan
yuqori baholanadi?
Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar xodimlarni mahsuldor va yanada
samarali qiladi. Agarda siz birinchi uchrashuvning o‘zidayoq to‘g‘ri
muloqot qilishni va aloqa o‘rnatishni bilsangiz, aksariyat ish vaqtingiz
tejaladi, aks holda, bu vaqt aniqlashtirishga, savollarga javob topishga,
axborotni buzishga, olingan ma’lumotni noto‘g‘ri talqin qilishga,
xatolarni tuzatish va hokazolarga sarf qilinadi.
Kommunikativ ko‘nikmalar, shuningdek, yangi ish joyiga ega
bo‘lishda ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Pirovard natijada,
rezyumengizga (ishga aloqador yozishma ko‘nikmasi) qarab hamda
suhbat (og‘zaki muloqot ko‘nikmasi) davomida sizning q ay darajada
muloqot qila olishingiz darhol ko‘zga tashlanadi. Ham rezyumeda, ham
siz bilan bo‘ladigan birinchi suhbatda o‘zingizning muloqot qila olish
ko‘nikmalaringizni albatta ko‘rsatish zarur, nega deganda, ular saralash
indikatori va intervyuning ikkinchi bosqichiga o‘tishning yo‘llanmasi
vazifasini o‘taydi.
Tashkiliy bixeviarizm bo‘yicha professor Titsian Kasyaro va uning
hamkasblari tomonidan katta yuridik firmaning 154 nafar huquqshunosi
ishtirokida olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, aksariyat yurist larda kasbiy
muloqotga nisbatan ikkilanish yoki nafratlanish hissi kuzatilgan.
Titsiana Kasyaro ularning muloqotga bo‘lgan munosabatini
o‘zgartirish va antipatiyani bartaraf qilishda samara berishi mumkin
bo‘lgan 4 strategiyani ishlab chiqqan:
E’tiborni o‘qishga qaratish
Mushtarak qiziqishlarni belgilab olish
Nima taklif bera olishingiz haqida kengroq o‘ylash
Yanada yuqoriroq maqsadni topish
Rendell Kisser «Soft skills for the effective lawyers» asarida
kommunikatsiya professori Djulin Mirivelning “Ijobiy kommunikatsiya
san’ati” (The art of positive communication) nomli kitobidan insonning
kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi bir nechta tamoyillarni
taklif qiladi. Bular: salomlashish, so‘rash, xushomad qilish, o‘zini
namoyon qilish, rag‘batlantirish, quloq tutishni bilish, ilhomlanish.
Suhbatdosh bilan aloqa o‘rnatishning eng sodda va qudratli yo‘li
– bu uni eshitishdir. Shunchaki eshitish. Balki mana shu e’tibor
bir-birimizga bera oladigan eng muhim narsadir.
Deyali barcha insonlar gapirishni xush ko‘rishadi. Aksariyat
holatlarda o‘zlari haqida gapirishni yaxshi ko‘rishadi. Jamiyatda esa
eshitishni biladigan hamsuhbatlar nihoyatda qadrlanadi. Sizning
vazifangiz faol tinglashni o‘rganish.
Tadqiqotlarga ko‘ra, aksariyatimiz, ya’ni, 96 foiz insonlar o‘zimizni
yaxshi tinglovchi deb hisoblaymiz, vaholangki, izlanishlar bizga
yuborilayotgan axborotning 10 foizinigina eslab qolishimizni namoyon
qiladi.
AQSHning yirik yuridik firmalari mijozlari o‘rtasida olib borilgan
so‘rovnomaga ko‘ra, “tinglash” ko‘nikmasi yurist uchun talab
qilinadigan kompetensiyalarning ahamiyatliligi bo‘yicha
kommunikabellik ko‘nikmasidan keyin ikkinchi o‘rinda turar ekan.
Huquq bo‘yicha professor Neil Xemilton kishining qay daraja yaxshi
tinglovchi ekaningizni baholash maqsadida “Samaradorlik tinglashni
talab etadi: tinglash ko‘nikmasini qanday baholash va takomillashtirish”
nomli maqolasida aksini topgan savollarni ishlab chiqqan.
2015-yildagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “jamoada ishlashni
bilish” ko‘nikmasi liderlik xislatlari bilan teng baholandi – nomzodlarni
baholashda eng qadrlanadigan ko‘nikmalar reytingida ikkinchi o‘rinni
egalladi. Kompaniyaning umumiy sonidan so‘ralganlarning 77,8 foizi
mana shu ikkita sifatni xodimlarni saralashda eng muhimi, deb
tanlashgan.
Darhaqiqat, o‘zini “jamoaviy o‘yinchi” deb atash har qanday
kompaniyada ish joyiga ega bo‘lishda zaruriy sifat bo‘lib qoldi.
HR-menejerlar sizdan jamoaning barcha a’zolari bilan birgalikda
samarali natijalarga erisha olishingiz haqida eshitishni xohlaydilar.
Jamoada ishlash bir nechta sifatlar birikmasini – kommunikativ
ko‘nikmalar, hamkasblar bilan uzoq muddatli munosabatlarni
o‘rnatishni bilish va hamkorlik uchun ochiq bo‘lishni talab qiladi.
Nima uchun jamoada ishlash bugungi ish beruvchilar uchun o‘ta
muhim hisoblanadi?
Deyarli har qanday ish faoliyati kompaniyaning barcha
xodimlaridan hamkorlikda mehnat qilishni yoki, juda bo‘lmaganda,
muntazam natija beruvchi faoliyat yuritish maqsadida qo‘shni xizmatlar
o‘rtasida samarali o‘zaro aloqadorlikni talab qiladi. Shu tufayli ham ish
beruvchilar uchun boshqa insonlar bilan ishlash layoqati yuqori
qadrlanadi. Barchamiz “bemalol aylanib yurgan” va jamoa
tashvishlaridan yiroq hamkasblar bilan ishlash tajribasi ga egamiz, bu
amalda samaradorlik va umumiy ma’naviy muhitga salbiy ta’sir
ko‘rsatishini ham bilamiz.
Sizni jamoada ishlashni biladigan xodim sifatida tavsiflovchi
sifatlar:
Umumiy natijalarga erishishga intilish
Tinglashni bilish
Barcha jamoa a’zolarini hurmat qilish
Hamkasblar mehnatini qadrlash
Kommunikativ ko‘nikmalar
Konstruktiv aks aloqani qabul qilish layoqati
Emotsional tafakkurning yuqori darajasi
Empatiya
Namunali xulq-atvor
Do'stlaringiz bilan baham: |