O‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Djeyms Fergyuson. Prakticheskoe posobie po razvitiyu
kompetensiy.
2. Kris Anderson. Ted Talks. Slova menyayut mir.
3. Djon K. Makvell. 17 neosporimыx zakonov rabotы v
komande.
4. Mortimer Adler. Iskusstvo govorit i slushat.
5. Svetlana Ivanova. Otsenka kompetensiy metodom intervyu.
Universalnoe rukovodstvo.
19-Mavzu: Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taasurot hosil qilish usul va talablari
Reja:
1.Nizoni hal qilish ko‘nikmalari.
2.Ish joyingizda hamkasblaringiz o‘rtasidagi bahsni siz hal qilishingiz
Nizolarni hal qilish ko‘nikmasi haqidagi kompetension savollarga
javob berish bo‘yicha maslahatlar:
1. Yaxshi misol keltiring:
Nizoni hal qilishda samarali yondashuvni qo‘llaganingizni
ko‘rsatuvchi hikoya tanlang.
Fikringizni aniq va lo‘nda bayon qiling. Masalan, “Men
muntazam tarzda nizolarga duch kelaman va bunday vaziyatda xotirjam
bo‘lishga o‘rgandim hamda muloqot qilish muhim omil ekanini
angladim” qabilidagi umumiy javoblarni bermang.
Arzimas kelishmovchiliklar (“U tushlikka italyan taomini tanovul
qilishni istamadi”) yoki boshqa birortasi tomonidan hal qilingan nizolar
haqida to‘xtalmang. Sizning vazifangiz – o‘zaro muloqot qilish
ko‘nikmangiz va muammolarni hal qila olish qobiliyatingizni namoyon
qilish.
2. Hatti-harakatlaringiz to‘g‘risida aniq ma’lumot taqdim qiling:
Eng esda qolarli va qiziqarli hikoyalar umumiy tasavvurga ega
bo‘lish uchun yetarli qismlardan iborat bo‘lishi kerak. Mazkur nizo nima
sababdan ahamiyatli ekanini va siz uni qanday muvaffaqiyatli hal
qilganingizni tushuntirib bering.
Biroq siz hikoyangiz qisqa bo‘lishi uchun imkon boricha harakat
qilishingiz zarur. Agarda oldindan yorqin misol tayyorlab qo‘ymagan
bo‘lsangiz, chetga chiqib ketish xavfi bo‘ladi. Asosiy fikrdan
chalg‘imang.
Marker bilan belgilangan ro‘yxatdan chetga chiqmang. Matnni
eslab qolishga urinmang.
3. Mashq:
Hikoyangizni mashq qilishingiz uchun vaqt ajrating. Bu, ayniqsa,
nizo va uni hal qilish bilan bog‘liq hikoyaningizni so‘zlayotganingizda
muhim ahamiyat kasb etadi. Suhbat chog‘ida noxush lahzalar
muhoqkmasida o‘zingizni dadil tutishingiz hamda o‘z pozitsiyangizni
bayon qilishda asosli bo‘lishingiz kerak.
Nizoni hal qilish bilan bog‘liq fe’l-atvorga aloqador suhbatdagi
savol va murojaatlar namunasi:
1. Qiyin xodim bilan ishlashingiz kerak bo‘lgan qo‘shma loyiha
haqida so‘zlab bering.
2. Ish joyingizda nizo yuz bergan payt nimalar qilgansiz?
3. Ish joyingizda hamkasblaringiz o‘rtasidagi bahsni siz hal
qilishingizga to‘g‘ri kelgani haqidagi misolni keltiring.
4. Rahbaringiz / hamkasbingiz bilan kelishmagan holatlaringiz
to‘g‘risida aytib bering.
Mijozlar va yuridik firmalar empatiyani yuqori qo‘yishadi.
So‘rovlarga ko‘ra, mijozlar ham, huquqshunoslar ham empatiyani
muvaffaqiyatli yuristlar uchun juda muhim ko‘nikma sifatida
baholashadi.
Qayg‘udosh bo‘lish, insonni tushunishga harakat qilish, emotsional
ishlash – muvaffaqiyatli muloqot kalitidir. Shunday ekan, hayrixoh
bo‘ling, yordam bering, insonning kamchiliklarini, noto‘g‘ri hattiharakatlarini qabul qilishga tayyor ekanligingizni ko‘rsating, bag‘rikeng
bo‘ling.
Garchi yuridik sohaning o‘zida ham empatiyaga ehtiyoj yuqori
bo‘lishiga qaramay, so‘nggi 30 yil ichida insonlar bir-biriga kamroq
qayg‘uradigan va kamroq hayrixoh bo‘lib bormoqdalar.
Talaba-yuristlar orasida ham xuddi shu holatni ko‘rish mumkin.
Ta’lim olishning birinchi yilidan keyin, ularda kommunikabellik va
insonlarga bo‘lgan qiziqishning pasayishi, altruizmning (boshqalar
foydasiga, o‘z manfaatlari bilan hisoblashmasdan, beg‘araz harakat
qilish) tushishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |