Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishning qonuniy asoslari



Download 20,74 Kb.
Sana26.07.2021
Hajmi20,74 Kb.
#128917
Bog'liq
9 xorij va o'zbekiston fuqarolik jamiyati institutlarining qiyosiy tahlili

Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishning qonuniy asoslari


Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanib, fuqarolar o‘z salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishi, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun keng sharoit yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda manfaatlar muvozanatini taminlashga ko‘maklashmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasida ta’kidlaganidek, fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbarining 2011 yil 14 yanvardagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini fuqarolik jamiyatlari institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda davlat hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqasi, faoliyati tamoyillari, shaklllari va yo‘nalishlarini, ushbu faoliyat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.

Ushbu sohada xorij tajribasiga e’tibor qaratsak, ijtimoiy sheriklikning ikki modelini ajratib ko‘rsatish mumkin – tripartizm va bipartizm. Mehnat munosabatlarini tartibga solishda davlatning roli katta bo‘lmagan mamlakatlarda (AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya) ish beruvchilar birlashmalari va xodimlar tashkilotlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik amal qiladi. Bunday modelda ijtimoiy nizolar kelib chiqqanda davlat hakam yoki vositachi rolida qatnashishi mumkin. Nisbatan rivojlangan tripartizm – uch tomonlama hamkorlik Fransiya, GFR, Shvetsiya va Avstriyada mavjud bo‘lib, unda davlat faol ijtimoiy sherik rolini bajaradi.

Mamlakatimizda ijtimoiy sheriklik huquqiy asoslari, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Jamoat birlashmalari” nomli XIII bobida mustahkamlangan. 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida belgilanishicha, fondlarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari ijtimoiy sheriklik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosida quriladi. Davlat organlari fondlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydilar, fondlarning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Shu bilan birga, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari fondlar faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, fondlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28-moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuzilishi va ish olib borishi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratligi mustahkamlangan.

Ta’kidlash joizki, ushbu qonun hujjatlarida faqat umumiy normalar o‘rnatilgan bo‘lib, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartibi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bu esa tegishli huquqiy asoslar qabul qilinishini taqozo etadi. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish jarayonida buni to‘la aks ettirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Xususan, ushbu qonunda ishlatiladigan asosiy tushunchalar ta’rifini, amalga oshirish mexanizmini, predmetini, ijtimoiy sheriklikning shartnomaviy-huquqiy shaklini, shuningdek, subyektlarini o‘z ichiga oladigan umumiy qoidalar belgilanishi juda muhim.

Fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikning turli xil shakllarini rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tarixiy va madaniy yodgorliklardan birgalikda foydalanish, ularni himoya qilish va tiklash, xalqimizning ma’naviy an’analarini va urf-odatlarini, shuningdek, milliy madaniy o‘ziga xosligini saqlash va uni rivojlantirish, xayriya faoliyatini taraqqiy ettirish qonundan ko‘zlangan maqsadlarga kiradi. Ayni paytda iqtisodiy o‘zgarishlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatini, ijtimoiy-mehnat va ular bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning samarali mexanizmini, jamiyat barcha qatlamlarining manfaatlarini obyektiv hisobga olish, jamoaviy muzokaralar, taraflarning ikki tomonlama konsultatsiyalarini o‘tkazish, kelishuvlar, jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va qabul qilish, jamoaviy mehnat nizolarining oldini olish va nizolarni hal etishga ko‘maklashish kabi vazifalarning huquqiy asoslarini yaratish bugungi kunning talabidir.



Muzokara ishtirokchilarining manfaatlarini hurmat qilish va ularni hisobga olish, shartnomaviy munosabatlarda taraflarning manfaatdorligi, ijtimoiy sheriklikni demokratik asosda mustahkamlash va rivojlantirishda davlatning ko‘maklashishi, ijtimoiy sheriklar va ularning vakillari tomonidan xalqaro normalarga, qonunchilikka amal qilinishi, ijtimoiy sheriklar va ular vakillarining vakolatlari, taraflarning tengligi va munosabatlardagi ishonch, bir-birining ishiga aralashmaslik, ijtimoiy sheriklik sohasiga kiruvchi masalalarni tanlash va muhokama qilish erkinligi, ijtimoiy sheriklar tomonidan majburiyatlarni o‘zaro kelishuv asosida qabul qilishning ixtiyoriyligi, jamoaviy mehnat nizolarini hal qilishda qonunda nazarda tutilgan kelishtiruvchi tadbirlarga amal qilish kabi prinsiplar ham qonunda aks etishi zarur.

Bir so‘z bilan aytganda, Konsepsiyada ilgari surilgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholi turli qatlamlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat organlarining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabati tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishning muhim huquqiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish